Qoyali va yarim qoyali, mustahkam, yumshoq va yemirilgan tog‘ jinslari.
Ochiq usulda qazib olishda barcha tog‘ jinslarini umumiy holda quyidagi
guruhlarga bо‘linadi:
1. Qoyali va yarim qoyali tog‘ jinslari (ularning tabiiy holatida);
2. Yemirilgan tog‘ jinslari (birinchi guruhdagi tog‘ jinslarining tabiiy yoki
biror bir kuch ta’siri natijasida о‘zgargan holatda);
3. Mustahkam, yumshoq (bog‘lanuvchan) va sochiluvchan tog‘ jinslari.
Qoyali tog‘ jinslariga metamorfik tog‘ jinslari, shuningdek ba’zi chо‘kindi
tog‘ jinslari kiradi. Ularga kvarsit, granit, bazalt, gabbro, mustahkam izvestnyak va
boshqalar taalluqlidir. Qattiqlik koeffitsiyenti – f=5÷10 dan 15÷20 gacha. Qoyali
tog‘ jinslari portlatish yuli bilan yumshatib qazib olinadi.
Yarim qoyali tog‘ jinslariga metamorfik tog‘ jinslari, asosan tub chо‘kindi
tog‘ jinslari kiradi. Ularga gil va qum gilli slanetslar, mergel (ohakgil), gips, tosh
tuzi, toshkо‘mir va boshqalar misol bо‘la oladi. Qattiqlik koeffitsiyenti f=1,5÷5.
Yarim qoyali tog‘ jinslarini qazib olishda dastlabki yumshatish talab etiladi. Tog‘
jinslari geologiyasi va fizikasidan ma’lumki, massiv 3 tartibli yoriqlikka ega.
Birinchi ikki tartibdagi yoriqlar massivni yirik elementlarga bо‘ladi. Uchinchi
tartibdagi yoriqlar bо‘yicha massivda qoyali va yarim qoyali tog‘ jinslari besh
kategoriyaga bо‘linadi.
Massivning
keltirilgan:
yoriqlar buyicha
klassifikatsiyalanishi
quyidagi jadvalda
Tog‘ jinslari-ning
yoriqlilik
kategoriyasi
Massivning yoriqlilik (bloklilik) darajasi.
Solishtirma
yoriqlilik,m ¹
I
О‘ta yoriqlili (mayda blokli)
>10
II
Kо‘p yoriqlili (о‘rta blokli)
2-10
III
О‘rta yoriqlili (yirik blokli)
1-2
IV
Mayda yoriqlili (juda yirik blokli)
1-0,65
V
Amalda monolit (о‘ta yirik blokli)
< 0,65
Mustahkam tog‘ jinslari qattik gil, bо‘r, toshkо‘mirlarni о‘z ichiga oladi.
Qattiklik koeffitsiyenti f=0,8÷1,5.Ular massivda 10-20 m balandlikda qiyalikni 60-
70º burchakkacha saqlab turadi. Mustahkam tog‘ jinslari qazib olish uchun yetarli
darajada kuch bо‘lganda (0,3-0,4 MPa dan kam bо‘lmaganda) dastlabki
yumshatmasdan kon mashinalari yordamida qazib olish mumkin. Aks holda esa,
qazib olishdan oldin yumshatish zarur bо‘ladi.
Yumshoq tog‘ jinslari qumli gil, yumshoq kо‘mir va boshqalardan iboratdir.
Qattiklik koeffitsiyenti f=0,6÷0,8. Bu turdagi tog‘ jinslarini oldindan
yumshatmasdan barcha kо‘rinishdaga qazib olish mashinalari yordamida qazib
olish oson. Ular 7-15 m balandlikda qiyalik burchagi 50-60º gacha saqlabtura
oladi.
Sochiluvchan tog‘ jinslari ga bir jinsli qumlar taaluqlidir. Ularning
sochilmalarda va massivdagi qiyalik burchagi ichki ishqalanish burchagidan
(=19-37º) oshmasligi kerak. Qumlarda qazib olish ishlari bir muncha kam, ya’ni
bir jinsli silliqlangan bо‘laklar orasidagi bog‘liqlik kuchi amalda mavjud emas.
Faqatgina zich joylashgan turli jinsli qumlarda bо‘laklari orasidagi 0,3-0,5 kgk/sm²
dan oshmagan bog‘lanish mavjud. Qumlarning siljishiga qarshiligi dinamik
ta’sirdakeskin kamyadi.
Portlash, mexanik buzish, maydalash yoki tabiat kuchlari (qulash, nurash va
boshqalar) ta’siri natijasida qoyali va yarim qoyali tog‘ jinslari buzilgan xolatga
о‘tadi va oddiy texnik vositalar bilan tashish va yuklash uchun qulay bо‘ladi.
Buzilgan tog‘ jinslari bо‘lagidagi bog‘liqlik darajasi, bо‘lakligi va
mustahkamligi bо‘yicha tog‘ jinslarining maydalashgacha bо‘lgan
mustahkamligidan farqqiladi. Tog‘ jinslari bog‘liqligi qо‘shilgan bо‘laklarni
orasidagi aloqalar tavsifini oydinlashtiradi. Bog‘liqlik darajasi birinchi navbatda
buzilgan jinslarni yumshanuvchanligiga hamda ishqalanish Ke (tabiiy bog‘lilik
tavsifi), ilashish K3 (mexanik buzish tavsifidagi bog‘liqlik) koeffitsiyentlari va
jinslarning ichki ishqalanish burchagi p kattaliklari bilan kо‘rsatiladigan
bо‘laklikka bog‘liq.