Shaxta – foydali qazilmalarni (asosan, kо‘mirni) yer osti usulida qazib
chiqaruvchi konchilik korxonasi.
Rudnik – asosan metall rudalari, kon-kimyo xom ashyo va qurilish
materiallarini yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
Karyer – foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqaruvchi konchilik
korxonasi. Razrez – kо‘mir qazuvchi karyer.
Priysk – qimmatbaho metallrga ega bо‘lgan sochma konlarni qazib
chiqaruvchi konchilik korxonasi.
Promisel – suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi
konchilik korxonasi (neft promiseli).
Konni ochish, qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish
Bilan bog‘liq bо‘lgan barcha ishlar majmuini konni qazib chiqarish deyiladi.
Bu ishlar konni qazib chiqarishning bо‘g‘inlari hisoblanadi. Masalan,
dastlabki koni ochish ishlari, sо‘ng konni bir qismini qazishga tayyorlash ishlari va
bevosita foydali qazilmani qazish ishlari birin-ketin bajariladi.
Qattiq foydali qazilmalarni qazib chiqarishda, dastlab uning bir qismini
massivdan ajratib olish (buzish) lozimdir. Kо‘mir konlarini qazib chiqarishda
massivni buzish, asosan, mexanik usulda, ruda konlarida esa, portlatish usulida
amalga oshiriladi.
Tog‘ jinslari kelib chiqishiga kо‘ra chо‘kindi, magmatik va metamorfik tog‘
jinslariga bо‘linadi.
Chо‘kindi tog‘ jinslari, bu - turli tog‘ jinslarining buzilishi, chо‘kishi va
sementlashishi natijasida hosil bо‘lgan tog‘ jinslaridir.
Magmatik tog‘ jinslari – sovub qolgan magmaning kristallanishi natijasida
hosil bо‘lgan tog‘ jinslaridir.
Metamorfik tog‘ jinslari, bu – magmatik hamda chо‘kindi jinslariga uzoq
vaqt davomida yuqori temperatura va bosim ta’siri ostida hosil bо‘lgan tog‘
jinslaridir.
Ochiq kon ishlari obyekti quyidagilardan iborat: tub joyli tog‘ jinslari
(korenniye), о‘zi hosil bо‘lgan joyda yer qatlami qalinligida joylashgan tog‘
jinslari (metamorfik, magmatik, chо‘kindi) va ularni qoplab turgan nanoslar (qor
erishi, yomg‘ir suvlari yordamida kо‘chib kelib qolgan о‘tirindilar).
Tog‘ jinslarini qazib olish va qayta ishlash jarayonlarida aniq bir texnologik
xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Bu xususiyatlarning eng asosiysi – ularni qazib
olish ishlari hajmi va xalq xо‘jaligida qо‘llashning foydaliligi hisoblanadi.
Tog‘ jinslarining texnologik xususiyatlari: ularni qazib olish va qayta ishlash
uchun jixozlarni tanlashni, kompleks mexanizatsiyalash sxemasini, kon ishlarini
olib borish uchun sarf qilinadigan xarajatlar miqdori va konni qazib olish
samaradorlgini aniqlaydi.
Qazib olish jarayonida tog‘ jinslari turli kо‘rinishdagi qarshiliklarga, asosan zarb,
siljish, zichlanish, kо‘chish va shu kabi qarshiliklarga uchraydi. Bu qarshiliklarga
uchrash oqibatida tog‘ jinsining holati о‘zgaradi. Masalan: mustahkam zich holatda
joylashgan tog‘ jinslari bu kuchlar oqibatida buzilgan holatga о‘tishi mumkin.
Tog‘ jinslari tarkibi katta diapazonda о‘zgaradi.
Tabiatda turli konlarda
mineralogik tarkibiga kо‘ra bir xil xususiyat va xarakteristikalarga ega bо‘lgan
ikkita bir xil tog‘ jinsini topish juda qiyin.
Shuning uchun tog‘ jinslarini aniq bir xususiyat va xarakter doirasida gurux,
kategoriya va sinflarga birlashtirish qabul qilingan.