Yemirilgan tog‘ jinslari bog‘liqlik darajasi
bо‘yicha kategoriyalari.
Yemirilgan tog‘ jinslari bog‘liqlik darajasi bо‘yicha kategoriyaga bо‘linadi:
I kategoriya - sochiluvchan yemirilgan tog‘ jinslari. Bо‘laklar orasidagi
kо‘p qavat oraliqlar soni bilan tavsiflanadi, lekin alohida bо‘laklar siqilishi va ular
orasida ilashish bо‘lishi mumkin. Jinslar sochiluvchan bо‘ladi va tо‘g‘ri kо‘rinishli
qiyalik hosil qiladi. Yumshanuvchanlik koeffitsenti Kp=1,4-1,65 oralig‘ida, ba’zida
undan ham katta bо‘ladi.
II kategoriya- bog‘liqli sochiluvchan yemirilgan tog‘ jinslari. Alohida
tabiiy bо‘lmalar va bо‘laklar orasidagi katta bо‘lmagan oraliqlar (bо‘shliqlik) soni
bilan tavsiflanadi. Yumshanuvchanlik koeffitsenti K
p=1,2—1,3.
III kategoriya — bog‘liqli yemirilgan jinslar. Bir-biri bilan tо‘liq
ajralmagan, massivning tabiiy yoriqligi kо‘rinishda bо‘ladi. Yumshanuvchanlik
koeffitsenti K
p=1,03—,05, ba’zida 1,05-1,1. Pog‘onalar tik qiyalikka ega.
Bо‘laklikni bо‘lakning о‘rtacha chiziqli о‘lchami bо‘yicha topiladi.