Texnologik jihozlarning ishchi qismlari uchun konstruksion materiallar tanlash Chervyagi pastki qismida joylashgan reduktorning chervyakli uzatmasi hisoblansin va chervyak g`ildiragi gardishi uchun foyda-laniladigan material tanlansin. Chervyak g`ildiragi joylashgan valdagi burchakli tezlik w2=4,7 rad/sek da burovchi moment T2=730 Nm ga teng. Uzatmaning uzatish soni u=21,4. Uzatish sonining berilgan qiymatga nisbatan xatoligi ± 4%. Uzatmaning harakat yo`nalishi o`zgaruvchan, yuklanish doimiyga yaqin. Reduktorning ishlash mud-dati Lh=15 ´ 103 soat.
Chervyak g`ildirak gardishi va chervyak uchun material tanlaymiz. Ilashma davrida kutilayotgan sirpanish tezligini aniqlaymiz:
4.1-jadvaldan chervyak g`ildiragi gardishi uchun nisbatan tejamliroq
BrA9J3L markali bronza qabul qilamiz, soq=195 N/mm2, sv=490 N/mm2 bo`lib, kokilda quyilgan quyma.
4.1-jadval Chervyak g`ildiragi gardishi uchun foydalaniladigan materiallarning mexanik xossalari