Mavzu: Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yaratish tartibi



Yüklə 2,79 Mb.
səhifə1/45
tarix28.11.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#168377
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Mavzu Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yarati


1-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yaratish tartibi
1.1. Konstruksiyalashning umumiy ma`lumotlari

Texnologik talablar sosini jihozda qayta ishlanayotgan mahsulot sifati belgilaydi. Mahsulotni jihozda bo’lish vaqti qisqa bo`lishi lozim. Ayrim holatlarda, masalan, mahsulotni uzoq vaqt yuqori ishchi haro-ratlar ta’siri ostida bo`lishi uning tarkibidagi tabiiy foydali kompo-nentlarning yo`qotilishiga yoki ularning o`zgartirilgan holatga o`tishi-ga sabab bo`ladi. Bu esa tayyor mahsulotning qiymatini pasaytiradi.


Xizmat ko`rsatuvchi xodimlar uchun qurilmalarni ishlatish va boshqarish qulay bo`lishi va buning uchun katta jismoniy mehnat talab etilmasligi lozim. Jihoz ishini masofadan turib boshqarish maq-sadga muvofiq bo`ladi. Jihozlarni ta’mirlash ishlari oddiy, qulay bo’lishi va yuqori malaka talab etmasligi kerak. Apparatlarning ishchi yuzalari mahsulot qoldiqlaridan oson tozalanishi, mahsulot va yuvish vositalari ta’sirida yemirilmasligi va uzoq vaqt uzluksiz ishlashi uchun mexanik jihatdan mustahkam bo`lishi kerak.
Texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun qurilma iste’mol qiladigan energiya (elektr, issiqlik) sarfi minimal bo`lishi lozim. Bu esa jihozlarning energetik jihatdan tejamkor bo`lishini talab etadi. Birlik hajmda tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan energiya miqdori (kVt•s/tonna, kg) va energetik FIK (foydali sarf-langan energiya miqdorini jihozga berilgan umumiy energiya miqdoriga nisbati) jihozning energetik ko`rsatkichlari bo`lib hisob-lanadi. Energetik ko`rsatkichlarning qiymatlari jarayonning qay darajada tashkil etilganligi, elektr yuritmalarning FIK, atrof-muhitga yo`qotilayotgan issiqlik miqdori va issiqlikni himoya qilish qobig`i-ning sifati haqida tahliliy xulosaga kelish imkonini beradi.
Konstruktiv talablar qurilmani loyihalash, tayyorlash, tashish va o`rnatish bilan bog`liq bo`ladi. Qurilmalar tarkibi unifikatsiyalangan qismlardan, standartlashtirilgan va o`zaro almashinuvchi detallardan iborat bo`lishi lozim. Ushbu konstruktiv elementlar arzon va qayta ishlanayotgan mahsulotga zararli ta’sir ko`rsatmaydigan material-lardan tayyorlanadi. Qurilma va uning detallari minimal massaga ega bo`lishi, ularni tayyorlash texnologiyasi oddiy, ammo mukammal bo`-lishi lozim. Katta o`lchamli apparatlarning tarkibiy qismlarga ajralishi va oson yig`ilishi ularni tashish va montaj qilishni yengillashtiradi.
Qurilmani loyihalash jarayonida ergonomik talablar ham hisobga olinishi lozim. Ergonomika - jihoz ishini boshqarish jarayonida mehnat sharoitlarini inson imkoniyati va qobiliyatiga moslash muam-molarini o`rganadigan fandir. Ergonomik talablar jihoz konstruk-siyasiga operatorning samarali mehnat qilishi uchun yordam beruvchi gigienik sharoit va estetik muhit yaratish talablarini belgilaydi.
Gigienik talablar qatoriga ish joyini yoritilganligi, harorati, namligi, changlar kontsentratsiyasi, shovqin va vibratsiya darajasi kabi ko`rsatkichlar kiritiladi.
Mashinaga ko`rsatiladigan estetik talablar uning shaklini bajarayotgan vazifasiga mosligi, originalligi, o`lchamlarning mutano-sibligi, rangi va boshqa bir qator ko`rsatkichlar bo`yicha dizaynerlik yechimlarining asosini tashkil etadi.
Antropometrik ko`rsatkichlar jihozning boshqaruv organlarini inson gavdasi va boshqarishda ishtirok etuvchi a’zolari o`lchamlariga monand bo`lishini ta’minlaydi. Misol uchun, boshqaruv dastaklari va tugmachalarining shakli, o`lchami va joylashuvi inson qo`lining uzun-ligiga monand bo`lishi lozim. Har bir boshqaruv jarayoni qo`lning tabiiy harakati tufayli, ortiqcha egilishlar va zo`riqishlarsiz bajarilishi kerak.
Mashinaga ko`rsatilgan fiziologik, psixofiziologik va psixologik talablar mashina va operator o`rtasidagi ma’lumot almashinish tezligi insonni ko`rish va eshitish qobiliyatiga mos bo`lishini, boshqarish usullarining soddalashuvini va boshqaruv moslamalarining jismoniy kam kuch bilan surilishini konstruktiv jihatdan ta’minlaydi.
Iqtisodiy talablar texnologik jihozni tayyorlash, montaj qilish, ishlatish va ta’mirlash jarayonlaridagi sarf-xarajatlarning minimal bo`lishini hamda ularning tez qoplanishini ta’minlaydi. Qurilmaning konstruktiv jihatdan mukammalligi uning texnik-iqtisodiy ko`rsat-kichlari ish unumdorligi, ekspluatatsiyaviy sarf-xarajatlar va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi bilan tavsiflanadi.
Jihozning ish unumdorligi deganda uning yordamida vaqt birligi ichida qayta ishlangan yoki tayyorlangan mahsulot miqdori (t/soat, dona/soat, m3/soat va h.k.) tushuniladi. Jihoz ish unumdorligining uning biron-bir konstruktiv kattaligiga (masalan, ishchi hajmiga, qizdirish yuzasiga va h.k.) nisbati qurilma samaradorligini ko`rsatadi.
Barcha texnologik qurilmalar xavfsizlik texnikasi nuqtai nazaridan mukammal bo`lishi lozim. Qurilmalarning harakatlanuvchi qismlari (muftalar, ochiq holatdagi tishli va tasmali uzatmalar, shneklar va h.k.) himoya qobig`i yoki to`ri bilan o`ralishi lozim. Bosim ostida ishlovchi apparatlar prujinali yoki richagli himoya klapanlari bilan ta’minlangan bo`lishi kerak.
Atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog`liq talablar muhim ahamiyatga ega. Texnologik jarayonlar paytida hosil bo`ladigan gazsimon, suyuq va qattiq chiqindilar tegishli tartibda qayta ishlanishi, zararsizlantirilishi va shundan so`ng tashlama shaklida korxonadan chiqarilishi mumkin.
Chiqindilarni qayta ishlash asosida ikkilamchi mahsulotlar tayyorlashni yo`lga qo`yilishi xom ashyodan samarali foydalanish va yopiq texnologik sikllar tashkil etish imkonini yaratadi.
Yuqorida ta’riflangan barcha talablarning texnologik jihozlarda o`zaro uyg`unlikda bajarilishi alohida ahamiyatga ega. Faqat shu yo`l bilangina mukammal konstruksiyali qurilmalarni yuqori texnik saviyada loyihalash va yaratish imkoni mumkin bo`ladi.
Texnologik mashina va jihozlarni loyihalashning asosiy uslublari. Texnologik mashina va jihozlar konstruksiyasining kelajagi va yangilanishi; mashinalarni loyihalash jarayoni; texnologiyaviylik; mashinalarni loyihalashga sistemali yondashish; mashinalar loyihasiga ekspluatatsiyaviy va ishlab chiqarish talablari; mashinalarning maqbul konstruksiyalarini loyihalash va bu jarayonda avtomatlashtirilgan loyihalash sistemalarini (ALS) qo`llash.
Texnologiyaviy jihozlarni loyihalashning umumiy prinsiplari. Texnologik mashina va jihozlar loyihalashga qo`yiladigan asosiy talablar: ishlash rejimlarining texnologiyaviy jarayonga mosligi; texnologiyaviylik; iqtisodiy omil; unifikatsiya va normallikka agregatlash; ishonchli germetizatsiya; ishlamaydigan zonalar bo`lmasligi va kichik materiallar sonini kamaytirish; zanglash va yemirilishga chidamlilik; konstuksiyasining qismlarini barobar mustahkamligi va qattiqligi.
Loyihalash prinsiplari va uslublari. Loyihalashning asosiy bosqichlari: mehnatni muhofaza qilish, ekologik muammolar, energiya va materiallar sarfini kamaytirish. Mashinani loyihalash dav-rida bajariladigan asosiy sxemalar: texnologiyaviy sxema va karta, strukturaviy sxema, kinematik sxema, mashinalarni moylash, avtomatlashtirish va himoyalash sxemalari.
Texnologiyaviy jihozlar elementlarining hisoblash nazariyasi-ning umumiy asoslari. Texnologiyaviy jihozlarning silindrsimon qobiqlari, qopqoqlari va boshqa qismlarni mustahkamlikka hisoblash-da plastina va obolochkalar (qobiqlar) nazariyasini qo`llash; simmet-rik o`qlari bo`ylab joylashgan kuchlar ta’sirida bo`lgan yumaloq va halqasimon plastinkalar hisobi; teng ta’sir etuvchi kuchlar ta’siridagi qabariq qobiqlar hisobi.
Texnologik mashina va jihozlarni loyihalash jarayonida materiallar tanlash. Materiallarga qo`yiladigan talablar: loyihalash jarayonida materiallarning asosiy xususiyatlarini e’tiborga olish; materiallarning kichik va yuqori harorat, kuchlar ta’siri va ish rejimining ta’sirlariga mustahkamligini hisobga olish; materiallarni yoyilishi va zanglash mexanizmi, ularning loyihalashda mashina konstruksiyasiga ta’siri; mustahkamlik koeffitsienti; uzoq muddat ishlash qobiliyatiga vaqt omili ta’siri.
Issiqlik almashinish apparatlari va sig`imli jihozlar. Sig`imli jihozlar turlari, ularning hisoblash va konstruksiyalash uchun zaruriy yagona davlat standarti, tarmoq standarti va me’yoriy hujjatlar.
Silindrik korpuslar hisobi; konussimon qopqoqlar hisobi; elliptik va sferik qopqoqlar hisobi; apparatlarning tayanch yuzalari va mustahkamlovchi qovurg`alarini hisoblash.
Trubali issiqlik almashinish apparatlarining to`la hisobi: kerakli yuzani hisoblash; geometrik o`lchamlarini hisoblash; trubkalar chambaragini mustahkamlik hisoblari; flanetsli birikmalar hisobi; plastinkali issiqlik apparatlarini hisoblash; issiqlik kompensatorlari.
Sekin aylanuvchi ishchi organli mashinalar va jihozlar. Shneklar va presslar. Shnekli ishchi organlarni mustahkamlikka hisoblash; sekin aylanuvchi barabanli apparatlar; bandajlar va oporli roliklarning mustahkamlik hisoblari. Barabanli qobig`larning qattiqligini baholash.
Rotatsion (diskli) mashinalar. Rotatsion (diskli) mashinalarning konstruksiyaviy sxemalari, ishlash va qo`llash sohalari: tez aylanuvchi disklarni mustahkamlikka hisoblash; bolg`ali maydalash uskunalarining disklarini hisoblash; markazdan qochma kuchlar asosida ishlaydigan nasoslar parraklarining hisobi; mexanik aralashtirish qurilmalarini (meshalka) loyihalash va mustahkamlikka hisoblash.
Rotorli mashinalar. Rotorli mashinalar vazifasi va qo`llanish sohalari: mashinalarga asosiy texnikaviy ta’siri, ajratish omili, ish unumdorligi ko`rsatkichi; separator va sentrifugalar rotorlarini mustahkamlikka hisoblash; tez aylanuvchi vallar uchun maxsus tayanch qurilmalari va o`qlarni aylanuvchi qismlarning tebranishini kamaytirish usullari.
Texnologik jihozlarning tebranishdan himoyalash. Tez aylanuvchi ishchi organli mashinalarning dinamik muvozanati; vibratsion himoyalash vositalari.
Konstruktorning vazifalari. Mahsulotga ishlov berishda ta’sir ko`rsatish tavsifiga ko`ra texnologik jihozlar mashina va apparatlarga bo`linadi.
Apparatlarda issiqlik almashinish, diffuziyali (modda almashuv), biokimyoviy, kimyoviy, elektr manbai ta’siridagi, fizik-mexanik va boshqa jarayonlar bajariladi. Mashinalarda mahsulotga ishlov berayotganda ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari tarkibi o`zgarmaydi deb fikran qabul qilinadi. Masalan: kesish, maydalash, ajratish, qo`shish va boshqalar.
Texnologik jihozlarni fikran mashina va apparatlarga bo`ldik. Ammo zamonaviy jihozlarimizda bir nechta mexanik ishlov berish bilan birgalikda isitish, sovutish, modda almashinish, kimyoviy reaksiya jarayonlari tashkil qilinadi. Shuning uchun texnologik jarayonlarni bajaruvchi qurilmalar "Texnologik mashina va uskunalar" yoki "Texnologik jihozlar" deb keng ma’noda ishlatiladi.
Texnologik mashina va jihozlar tarkibiga kiruvchi mashinasozlik, oziq-ovqat mashina va apparatlari, kimyo va boshqa ba’zi bir sanoat jihozlari bilan o`xshash. Masalan; separatorlar, sentrifuga, issiqlik almashinuv apparatlari, rektifikatsiya kolonnalari, quritish apparatlari va boshqa jihozlar ham oziq-ovqat, ham kimyo sanoatida ishlatil-moqda. Texnologik mashina va uskunalarni tayyorlash uchun ularning konstruksiyasini yaratish kerak. Konstruksiyalash uchun ko`plab maxsus ilmiy-tekshirish, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa idoralar birgalikda o`z hissasini qo`shib, yangi texnologik jihozlar yaratiladi.
Bundan tashqari texnologik jihozlarni yaratishda sanoat tarmoqlari va davlat nazorat qilish qo`mitalari ishtirok etadi. Shuning uchun konstruksiyalash jarayonida tasviriy chizmalarni va hujjatlarni tayyorlashda yagona tizimli davlat standartlaridan foydalanish kerak.
Yagona tizimli konstruksiyalash hujjatlari - bu davlat standartlarining o`zaro bog`lanish qoidalari va nizomlari, konstruksiyaning hujjatlarini tayyorlash va ishlatishni, loyihalayotgan jihozni tayyorlaydigan va ishlatadigan korxonalarni bir biri bilan o`zaro aloqalarini bog`laydi. Bundan tashqari jihoz va qurilmalarni tayyorlashda ko`p muhandis va ishchilar, har xil sanoat korxonalari ishtirok etadi. Umumiy standartlar soni va tarmoq standarti quyidagi guruhlarga bo`linadi.
Mahsulotni yaratish ketma-ketligi
1-guruh: Asosiy nizom.
2-guruh: Konstruktorlik hujjatlarda mahsulotni belgilash va sinflarga bo`lish.
3-guruh: Chizmalar chizishning umumiy qoidalari.
4-guruh: Mashina va uskunalarning detal va qismlarining chizmalarini bajarish qoidalari.
5-guruh: Konstruktorlik hujjatlarini ishlatish qoidalari (hisobini olib borish, saqlash, qayta ishlash, nusxasini olish va hokazo).
6-guruh: Ishlatish va ta’mirlash hujjatlari.
7-guruh: Shartli ravishda texnologik va kinematik sxemalarda belgilarni qo`yish nizomi.

Yagona tizimdagi konstruktorlik hujjatlari yordamida:


- maxsus sanoat yo`nalishidagi ishlab chiqarish korxonalarida va ba’zi bir o`zaro bog`langan, o`xshash sanoatlarda ishlatiladigan maxsus chizma va qoidalarga talab qolmaydi va yengillashadi;
- Muqarrar konstruktorlik hujjatlarga ega bo`lamiz va ularni qayta ishlashlar yo`qoladi;
- Bajariladigan konstruktorlik ishlariga vaqt kam sarflanadi;
- Ishlab chiqarishda tayyorlov ishlari tez va yaxshi bajariladi;
- Ishlab chiqarishda har xil mahsulotlarni tayyorlash uchun tezda texnologik tizimni o`zgartirish, ularning hujjatini tayyorlash, unifi-katsiyalash va standartlash osonlashadi;
- Texnik hujjatlarni va ularga bo`lgan ma’lumotlarga EHMda avtomatik ravishda qayta ishlov berish mumkin bo`ladi;
- Hujjatlarning yagona tartibda bo`lishini, saqlash va ko`paytirish ishlarini yaxshilaydi;
2-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Texnologik mashina va jihozlarni konstruksiyalashning umumiy uslublari va konstruksiyalashda ishlatiladigan materiallar harakteristikasi

Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin