Mavzu: Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yaratish tartibi



Yüklə 2,79 Mb.
səhifə2/45
tarix28.11.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#168377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Mahsulot va ularning tuzilishi. Biron jihoz yoki ishlab chiqarish buyumlarini korxonada tayyorlanishiga mahsulot deb ataladi. Mahsulotni ishlab chiqarishda ishlatishiga ko’ra asosiy va yordamchi mahsulotlarga bo`linadi. Asosiy mahsulot ishlab chiqarishda tayyorlab sotiladigan buyum hisoblanadi. Yordamchi mahsulot deb, ishlab chiqarishda asosiy mahsulotni tayyorlash uchun kerakli xom ashyo va buyumlarga aytiladi.
Mahsulot mukammalligiga qarab quyidagilarga bo`linadi: Mahsu-lotning tarkibi qismlari yo`q va mahsulotlarning yig`ilgan to`plami (mashina va uskuna tarkibi qismi) bor. Birinchisi tarkibiy qismi detal, tayyor yig`ilgan qism, tayyor sotib olingan buyum va shu ishlab chiqarishda tayyorlanmaydigan mahsulotga aytiladi.
Jihozlarning qismi deb, bir necha detallarni tayyorlayotgan korxonada har xil uslublarda payvandlash, kleylash, rezbada qotirish, trubalarni aylantirib kengaytirish va boshqa turlar bilan biriktirilishiga tushunamiz.
Kompleks deganda, ikki va undan ko`p tarkibi qismlari bor mahsulotni ishlatiladigan korxonada o`rnatish va ularning bir-biriga bog`liq jarayonlarni bajarishni tushunamiz.
Komplekt ikki va undan ko`p mahsulotlar tayyorlayotgan korxonada ularni ishlatish va yordamchi ishlarni bajaruvchi xarakterga ta’mirlash asboblari, ehtiyoj qismlar, o`lchash qismlari va boshqalar hisoblanadi.
Sanoat qurilmalarini loyihalash jarayonida paydo bo`ladigan qurilmaning tarkibiy qismlari uchun loyiq va mos materiallarni tanlash eng asosiy va o`ta mas’uliyatli masalalardan biridir.
Materiallarni tanlashda ularning quyidagi asosiy xususiyatlari hisobga olinishi kerak;
- mustahkamligi;
- issiqlikka bardoshliligi;
- yemirilishga qarshi kimyoviy chidamliligi;
- fizik xossalari;
- texnologik xarakteristikalari, tarkibi va tuzilishi;
- tannarxi va uni ishlab chiqarish mumkinligi.
Materialning xossalari qo`llanilish sohasiga, ya’ni undagi temperatura o`zgarishi bilan materialning hamma mexanik xossalari - korroziyaga chidamliligi, qayta ishlanishga moyilligi keskin o`zgaradi. Shuning uchun materialni tanlashda korroziyaga chidamliligiga alohida e’tibor berish kerak, chunki bu ko`rsatkichga uning uzoq muddat davomida ishlatilishi uzviy bog`liqdir. Undan tashqari, korroziya natijasida yemiralayotgan material olinayotgan mahsulot sifatini pasaytiradi.
Mexanikaviy chidamliligi jihatdan materialning yaroqligini baholash mezonlari 1.1 - jadvalda keltirilgan:

Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin