Odatda, asosiy talablarga mos va loyiq materiallar bir nechta bo`ladi. Bunday hollarda, qo`shimcha shart va fikrlarni e’tiborga olib, material tanlanadi.
Shuning uchun, qurilmalarni tayyorlash uchun asosiy materiallarni tanlashni loyihachi nuqtai nazaridan ko`rib chiqish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Konstruksion material sifatida temir (Fe) texnik toza holda umu-man qo`llanilmaydi, chunki qimmat turadi va qayishqoqligi yuqori, ayrim hollarda uni yuqori bosimli qurilmalarda qistirma sifatida ham ishlatiladi.
Cho`yan. Temirning uglerod va kremniy, fosfor marganets va oltingugurt bilan ko`p komponentli qotishmasi kulrang cho`yan bo`ladi. Cho`yan tarkibidagi uglerod miqdori 2,8-3,7% bo`ladi. Boshqa komponentlarning esa miqdori quyidagicha:
S=3,0-3,6%; Si=1,6-2,4%; Mn=0,5-1,0%; R < 0,8%; S < 0,12%. Cho`yanlar narxi past va o`rtacha mexanik xossalarga ega bo`lgan-ligi ularni texnikaning turli sohalarida keng qo`llanilishiga olib keladi.
Po`lat. Bu materialsiz texnika xozirgi kundagi yuqori darajaga erishmagan bo`lardi. Bunga sabab, po`latning mustahkamligi, dinamik yuklamalarga bardoshliligi, quyilish, bolg`alanish, shtamplanish va payvandlanish qobiliyatiga egaligi, dastgohlarda qayta ishlanishga moyilligi va arzonligidir.
Po`latlarda uglerod miqdori 1,5% gacha bo`lsa, konstruksion po`latlarda 0,7% dan ortmaydi.
Legirlovchi qo`shimchalar ta’siri. Muhim legirlovchi element-larga quyidagilar kiradi: xrom, nikel, molibden, marganets, kremniy, titan, volfram, vanadiy. Ayrim hollarda alyumin va mislar ham qo`shimcha sifatida po`latlarga qo`shiladi.
Kimyoviy tarkibiga ko`ra po`latlar uglerodli va legirlangan turlar-ga bo`linadi. Bu elementlar po`lat sifatini yaxshilaydi va maxsus xossali bo`ladi.
Legirlangan po`latning kimyoviy tarkibi uchun yagona shartli belgilar (harf va raqamlar) qabul qilingan(1.2-jadval).
1.2- jadval