У* - uglerodli asbobsozlik po`latlar markalarida. Dastlabki ikki raqam uglerodning o`rtacha miqdorini (konstruksion po`lat uchun foizning yuzdan bir ulushi miqdorida, asbobsozlik va zanglamaydigan po`latlar uchun foizning o`ndan bir ulushi miqdorida); harflar legirlovchi elementlarni, harflarning o`ng tomonidagi raqamlar esa elementlarning o`rtacha miqdorini ko`rsatadi.
Masalan, X18Н12M2T markali po`latda 18% xrom, 12% nikelli, 2% molibden va 1% ga yaqin titan borligini ko`rsatadi. Yuqori legirlangan po`lat. Tarkibida 18-20% xrom va 8-10% nikeli bo`lgan po`latlar yuqori legirlangan po`latlar deb yuritiladi. Ular korroziya va issiqlikka bardoshligi, mustahkamliligi uchun turli sanoatlarda keng qo`llanilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimiz korxonalarida jihozlarni tayyorlashda quyidagi legirlangan po`latlar ishlatiladi: 1X18Н9T, 1X18Н11Б, X16Н25M6, XН35ВT, X22Н26, 1X18Н12M2T, 1X18Н12M3T, X18Н9T va boshqalar.
Rangli materiallar. Mashinasozlik va kimyo sanoatida rangli materiallardan alyuminiy, mis, nikel, qo`rg`oshin, titanlar qurilmalar tayyorlashda ishlatiladi. Rangli materiallardan tayyorlangan qurilma devorlarining temperaturasi quyidagilardan oshmasligi kerak:
Alyuminiy uchun
−
200 0C
Mis va uning qurilmalari uchun
−
250 0C
Nikel uchun
−
500 0C
Qo`rg`oshin uchun
−
140 0C
Titan uchun
−
1200 0C
Alyuminiy - kumushsimon, oq, yengil va bolg`alanuvchan, korroziyaga bardoshli metaldir. Kimyoviy qurilmalarni tayyorlashda AOO (99,7%), A1 (99,5%), A2 (99,0%), u hamda uning AD1, AD2 qotishmalari ishlatiladi.
Agressiv muhitlar ta’siriga alyuminiy juda chidamli, shu jumladan kontsentratsiyalangan azot, fosfor va sirka kislotalar, quruq xlor va vodorod xloridlar, oltingugurt bug`lariga ham uzoq muddat davomida bardosh bera oladi.
Mis - pushti qizil rangli metall. Eng qimmat, konstruksion materiallardan biri bo`lib, texnik toza holda 5 xil markada ishlab chi-qariladi. Kimyoviy qurilmalarda, asosan M2 (99,7%) va M3 (99,3%) markalari keng miqyosda ishlatiladi.
Mis alyuminiyga o`xshab himoya qiluvchi oksid qoplama hosil qilmaydi. Shuning uchun, kislota va tuzlarga nisbatan korrozion chidamlikka ega emas. Lekin past va kriogen temperaturalarda mustahkamligi ortib boradi. Masalan, -196 0C da misning mustah-kamlik chegarasi 20 dan 38 kg/mm2 gacha ortadi. O`ta past tempera-turalarda ishlaydigan qurilmalar uchun mis kabi konstruksion mate-rialning o`rnini hech qanday material bosa olmaydi.
Qo`rg`oshin - ko`kimtir, kulrang bolg`alanuvchan metall. Bir vaqt-larda bu material qurilmalar tayyorlashda katta va muhim ahami-yatga ega bo`lgan. Bunga sabab, unda tuz va sulfat kislotaga chidamli himoya qoplamasining hosil bo`lishidir. Lekin uning juda yumshoq-ligi, oson va past temperaturada erishi, katta zichligi va qimmatligi borgani sari kamroq qo`llanishiga sabab bo`lmoqda.
Hozirgi kunda uning o`rniga zamonaviy temir qotishmalar ishlatil-moqda. Sanoatda qo`rg`oshinning 6 xili: СВ, СO, С1, С2, С3, С4, С5 markalari keng qo`llaniladi. Ular tarkibidagi qo`rg`oshin miqdori 99, 90-99, 95%.
Qo`rg`oshinni sanoatda qo`llashda shuni nazarda tutish kerakki, uning mustahkamligi juda pastdir.
Nikel - kumushsimon, oq metall, qiyin eriydi va havoda o`zgarmaydi. Mashinasozlik va kimyo sanoatining qurilmalari uchun NO markali, 99,99% nikel ishlatiladi. U juda mustahkam, issiqlik va korroziyaga chidamli va yaxshi texnologik xossali bo`lganligi mashi-nasozlik sohasi uchun qulay material hisoblanadi.
Titan - kumushrang, yengil, qiyin eruvchan metall. Zichligi po`latnikidan 2 marta kam bo`lishiga qaramasdan, uning mustahkam-ligi po`latnikiga tengdir. Titan azot, fosfor, xrom va sirka kislotalarga, nitrit, nitrat, xlorid va sulfidlarga nisbatan kimyoviy chidamli. 200 0C temperaturada gazlarni yutish qobiliyatiga ega. Titan 40% li H2SO4 kislotasida qattiq korroziyaga uchraydi. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, titandan tayyorlangan qurilma, po`latdan tayyorlanganga nis-batan 8-10 barobar qimmatdir.
Latun - mis va ruxdan iborat qotishma. Ko`p komponentli latun tarkibiga mis va ruxdan tashqari, alyuminiy, kremniy, qo`rg`oshin, nikel, temir, marganets va qalaylar kiradi.
Latun bosim ostida yaxshi ishlov beriladigan, ancha mustahkam, qayishqoqligi (plastikligi) yuqori va korroziyaga chidamli. Undan tashqari, latunning elektr o`tkazuvchanligi juda yuqori. Temperatura pasayishi bilan latunning xossalari yaxshi tomonga o`zgaradi. Mashinasozlik va kimyo sanoatida, qurilmalar tayyorlashda Л60, Л62 va Л68 markali latunlar keng qo`llaniladi.
Bronza - mis va qalaylardan iborat qotishma. Ushbu kimyoviy elementlardan tashqari uning tarkibiga kremniy, alyuminiy, berriliylar ham mavjud.
Bronza mustahkamligi, qayishqoqligi, korroziyaga bardoshligi, antifriktsion xossalari bilan ajralib turadi.
Plastmassalar - yuqori korrozion bardoshlikka va mustahkam-likka ega yangi konstruksion materialdir. Plastmassalarni ishlab chiqa-rish jarayonida mustahkamligini, qayishqoqligini, rangini, yumshash temperaturasini, issiqlik o`tkazuvchanligini yaxshilash va arzonlash-tirish maqsadida unga plastifikator, to`ldiruvchi, rang beruvchi moddalar qo`shiladi.
Plastmassalar 2 guruhga bo`linadi: