3. Uzluksiz va diskret ishlovchi sistemalar
Uzluksiz ishlovchi sistema yoki uzluksiz sistema faqat uzluksiz ishlovchi zvenolardan iborat, ya’ni bu zvenolarning chiqish katttaligi kirish kattaligining uzluksiz o‘zgarishiga mos ravishda uzluksiz o‘zgaradi.
Diskret ishlovchi sistema – tarkibida hech bo‘lmaganda bitta diskret ishlovchi zvenoga ega bo‘lgan sistemadir. Diskret ishlovchi zveno deb chiqish kattaligi kirish kattaligi uzluksiz o‘zgarganda ham pog‘onali (diskret) o‘zgaruvchi sistemalarga aytiladi.
4. Adaptiv va noadaptiv sistemalar
Adaptiv, yoki moslashuvchan sistemalar tashqi muhit sharoitlari o‘zgarishlariga moslashish qobiliyatiga ega bo‘lib, shu bilan birga tajriba to‘plab borishi bilan o‘z ishini yaxshilab boradi.
Noadaptiv, yoki oddiy sistemalar bunday qobiliyatga ega bo‘lmaydi. Ular o‘zgarmas holda biror rejimga moslangan bo‘lib, agar biror sababga ko‘ra tashqi ish sharoitlari o‘zgarsa, berilgan boshqarish sifatini saqlab qolish uchun oddiy sistemani inson faktori orqali sozlash zarur bo‘ladi. Adaptiv sistemalarda bu operatsiya boshqarish qurilmasining o‘zi orqali avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Adaptiv ABS larning qo‘llanish sohasi – ishlash xossalari va sharoitlari etarli darajada ma’lum bo‘lmagan ob’ektlarni boshqarishdan iborat.
Chiziqli va nochiziqli avtomatik boshqarish sistemalari
Chiziqli tenglamalar bilan tavsiflanishi mumkin bo‘lgan sistema chiziqli sistema deyiladi. Teskari holda sistema nochiziqli bo‘ladi. Sistema nochiziqli bo‘lishi uchun uning tarkibida hech bo‘lmaganda bitta chiziqli bo‘lmagan zveno bo‘lishi lozim.
Chiziqli sistemalar uchun superpozitsiya prinsipi o‘rinli bo‘ladi, ya’ni sistemaning har qanday tashqi ta’sirlar kombinatsiyasiga reaksiyasi bu ta’sirlar alohida berilgandagi reaksiyalar yig‘indisiga teng bo‘ladi. Bu prinsip yordamida chiziqli differensial tenglamalar bilan tavsiflanuvchi istalgan darajadagi avtomatik boshqarish sistemalari uchun umumiy nazariya ishlab chiqilgan.
Chiziqli bo‘lmagan sistemalar uchun superpozitsiya prinsipini qo‘llab bo‘lmaydi va nochizig‘iy differensial tenglamalarning umumiy nazariyasi ham mavjud emas. Faqatgina bir nechta ko‘rinishdagi nochizig‘iy tenglamalar uchun xususiy metodlar mavjud.
Tabiatdagi barcha real avtomatik boshqarish sistemalari – nochizig‘iy bo‘lib, bu erda mumkin bo‘lgan soddalashtirish, chizig‘iylashtirish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |