Fermer xo’jaliklarining birgalikdagi faoliyati. Fermer xo’jaliklari ixtiyoriylik asosida birlashish, shu jumladan ulush (pay) asosida birlashish, mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash, sotish, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo’jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo’sinidagi va boshqa xil xizmat ko’rsatish bo’yicha jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga hamda boshqa birlashmalarga kirish huquqiga ega.
Fermer xo’jaligi faoliyati natijalarini hisobga olish va nazorat qilish. Fermer xo’jaligi o’zfaoliyatining natijalarini hisobga olib boradi hamda mahalliy statistika va soliq organlarigabelgilangantartibda hisobot taqdimetadi. Fermer xo’jaligi tekshirish huquqini beruvchi tegishli hujjat ko’rsatilishini talab qilish, tekshiruvchilarning o’z vakolatiga kirmaydigan masalalar bo’yicha talablarini bajarmaslik va ularni tekshirish mavzusiga tegishli bo’lmagan materiallar bilan tanishtirmaslikka haqlidir.
Fermer xo’jaligini qayta tashkil etish va tugatish.
xo’jalik faoliyatini davom ettirish istagida bo’lgan merosxo’r bo’lmaganda;
fermer xo’jaligi bankrot deb e’lon qilinganda, shu jumladan elektr energiyasi, yoqilg’i- moylash materiallari, mineral o’g’itlar va xizmatlar ko’rsatuvchilar bilan muntazam ravishda, kamida uch yil o’z vaqtida to’liq hajmda hisob-kitob qilmaganda;
yer uchastkasini davlat ehtiyojlari va boshqa jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yish zarur bo’lgan yohud yer to’g’risidagi qonunlar fermer xo’jaligi tomonidan buzilgan taqdirda yer uchastkasining ijara shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinganda, fermer xo’jaligi tomonidan yer uchastkasidan maqsadsiz foydalanilganda, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun kontraktasiya shartnomasida nazarda tutilmagan ekinlar ekilganda tugatiladi.
Fermer xo’jaligi:
-fermer xo’jaligi fermerning qaroriga binoan;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi.