Agar ko‘pyoqlikni hosil qiluvchi tekisliklarning kesishish chiziqlari o‘zaro parallel bo‘lsa, bunday ko‘pyoqlik prizma deyiladi (2-shakl). Ko‘pyoqliklar qirralarining kesishgan nuqtalari uning uchlari deyiladi. Prizma yon qirralarining asos tekisligiga nisbatan holatiga qarab og‘ma yoki to‘g‘ri prizma deyiladi. Ko‘pyoqlik o‘zini chegaralovchi istalgan yoqqa (tekislikka) nisbatan bir tomonda joylashsa, qavariq ko‘pyoqlik, aks holda, ya’ni tekislikdan turli tomonda joylashsa botiq ko‘pyoqlik deyiladi.

2Rasm.
Asoslari o‘zaro parallel tekisliklarda yotgan ikkita ko‘pburchakdan va yon yoqlari esa ikkala asos uchlaridan iborat uchburchaklar va trapetsiyalardan iborat bo‘lgan ko‘pyoqlik prizmatoid deyiladi (3-shakl).

3rasm.
Agar asoslari teng muntazam qavariq ko‘pburchaklardan iborat bo‘lib, ulardan birini ikkinchisiga nisbatan umumiy normal atrofida
burchakka (n – ko‘pburchak tomonining soni) burilsa, prizmatoid antiprizmaga aylanadi (4-shakl).
Bir jinsli qavariq ko‘pyoqliklar muntazam va yarim muntazam ko‘pyoqliklarga ajraladi. Muntazam qavariq ko‘pyoqliklar o‘zaro teng bir xil muntazam ko‘p burchaklardan iborat yoqlarga, o‘zaro teng ikki yoqli burchaklarga va o‘zaro teng qirralarga ega bo‘ladi. Bu ko‘pyoqliklar asosan besh xil bo‘lib, Platon jismlari deyiladi (5-shakl, a-tetroedr, b-geksaedr, c-oktaedr, d-dodekaedr, e-ikosaedr). Ko‘pyoqliklarning muhim hossalaridan birini Eyler quyidagicha bayon qiladi. Eyler teoremasi. Har qanday qavariq ko‘pyoqlikda yoqlar (m) bilan uchlar (n) sonining yig‘indisidan qirralar () sonining ayirmasi ikkiga teng bo‘ladi, ya’ni m+n–=2