Mavzu: Ko’prik o’tish joylarini qidiruv va qurishdagi geodezik ishlar Reja


Ko’prik o’tish joylarida geodezik qidiruv ishlari



Yüklə 17,53 Kb.
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü17,53 Kb.
#192970
1   2   3   4   5
Mavzu Ko’prik o’tish joylarini qidiruv va qurishdagi geodezik i-fayllar.org

Ko’prik o’tish joylarida geodezik qidiruv ishlari uch bosqichda: tayyorlov, dala va kameral bosqichlarda amalga oshiriladi. Tayyorlov bosqichida dala ishlari boshlanmasdan avval qidiruv o’tkazila-yotgan joyning mavjud topogrofa – geodezik gidrologik, geologik, geomorfo-logik va iqtisodiy materiallar o’rganib chiqiladi. Birinchi navbatda, kartografik va aerofotografik materiallar to’planiladi. Dastlabki trassalash variantlar o’tkazilib, dala qidiruv ishlarini xajmi belgilanadi. Qidiruv guruhini tarkibi shakllantiriladi va kerakli asbob anjomlar bilan ta’minlanadi.
Muhandislik – geodezik ishlarining dala bosqichi topografik tasvir olish va buning natijasida tafsilotli topografik plan hamda joyning raqamli modelini hosil qilishdan iborat bo’ladi. Bu materiallar ko’prik o’tish joyini tanlashda hamda qo’shimcha inshootlarni (ko’prik, ko’prik oldi, suv qaytargich inshootlari va h.o.) loyihalashda asos bo’ladi.
Tafsilotlar plani 1:10000 masshtabdan mayda bo’lmagan daryo suv sathining eng yuqori qirg’og’idan 200 m masofada chegaralanib tuziladi. Daryo vodiysining tasvirga olinayotgan qismi trassa varianti oqimning yuqoriga va pastiga qarab daryo kengligidan 1,5 marta kattaligida belgilanadi.
Planda ko’prik o’tish joyining morfostvor va gidrostvorlar, suv o’lchash postlari, daryoning suv ko’tarilish chegaralarining hududlari batafsil ko’rsatiladi


Ko’prik o’tish joyining batafsil plani
SHtrix bilan ko’prik o’tish joyi ko’rsatilgan.Maydon batavsil tasvirga olinadi.
Batafsil topografik tasvir olinadigan yirik masshtabli plan ko’prik o’tish joyining oxirgi tanlangan variant yo’nalishini belgilash va ko’prikni qo’shimcha inshootlarini loyihalashda asos bo’ladi. Topografik tasvirning masshtabi katta ko’prik o’tish joylari uchun 1:2000 va boshqa ko’priklar uchun 1:1000 etib qabul qilingan. Tafsilotli va topografik tasvirlarga asos etib, yopiq poligon, dioganal yo’llar va mikrotriangulyasiya tizimlari barpo qilinadi.
Ko’prik o’tish joylarini geodezik ishlari tarkibiga: trassa variantini rejalash (chiziq o’tkazish, trassani belgilash, piketlash, trassa o’qi bo’yicha nivelirlash va h.o.); gidrometrik o’lchash ishlari (morfostvor va gidrostvorlarni rejalash bunda trigonometrik nivelirlash usuli qo’llaniladi). Daryoni bo’ylama kesimini tasvirga olish (bo’ylama kesimda farvator bo’ylab o’zan tagi, oqimning suv yuzasining mejin va yuqori suv vaqtidagi sathi, o’ng va chap qirg’oqlar balandligi, tarixiy kuzatilgan suv sathining balandliklari ko’satiladi); gidrometrik o’lchash ishlarini olib borishda geodezik asoslari yaratiladi (oqim tezligi, oqim sarfi, daryo chuqurliklarini o’lchash, kema qatnovi, muzliklar yo’nalishini aniqlash va h.o.); muhandislik geodezik ishlari uchun geodezik asos yaratish (geologik qazilmalarni planli - balandliklar asoslarga bog’lash, karьerlarni va guruntlarni qirqimini tasvirga tushirish); joydagi mavjud bo’lgan muhandislik inshootlarini o’rganishdagi geodezik ishlar; muhandislik kommunikatsiyalar tutashgan joylarini tasvirga tushirish qidi ruv ishlari kiritiladi.
Qidiruvdagi geodezik ishlarda aerotopografik, aerogidrometrik va yer usti fotogrammetrik usullaridan, elektron taxeometrlardan keng foydalaniladi.

Yüklə 17,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin