Sezgi hosil bo`lgach, ma`lum muddat davom etadi. Sezgilar davom etish muddatiga qarab, qisqa va uzoq muddatli sezgilarga bo`linadi. Masalan, yalt etib chaqnagan bir uchqun yorug`ligini sezish yoki yerga tushib ketgan qalam tovushini sezish qisqa muddatli sezgilardan hisoblanadi. Kunduzgi yorug’likni sezish, zavodning yangrayotgan gudok ovozini eshitish uzoq muddatli sezgilardandir. Sezgilarning qancha muddat davom etishi tashqaridagi narsalarning sezgi organlariga nechog`li uzoq, ta’sir etishiga bog`liq. Narsa ta’sir etib turar ekan, tegishli sezgi ham bo`ladi. Ammo narsaning ta’sir eta boshlashi va sezgining hosil bo`lishi bir vaqtga to‘g‘ri kelmagani singari, narsa ta’sirning to‘xtashi va sezgining yo'qolishi ham mutlaqo bir vaqtga to‘g‘ri kelmaydi.

Narsa ta’sir etmay qo‘ygan holda sezgi yana bir necha vaqt davom etaveradi. Torning ovoz chiqarishi to‘xtatilganiga qaramay, tovushni sezish yana bir necha vaqt davom etadi. Shunday xayollab qolgan sezgilar tutilib qolgan yoki izma-iz obrazlar deb ataladi. Tutilib qolgan obrazlar 0,05 sekunddan 1 sekundgacha (ba’zan bundan ham ortiq) davom etadi.