•
Bola huquqlarini himoya qilishning xalqaro huquqiy asoslari.
O‘zbekiston mustaqillikkka erishgach inson huquqlarini himoya qilish borasidagi
xalqaro huquq normalaridan 70 tasiga qo‘shildi, ya‘ni O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi tomonidan yuqoridagi xalqaro huquq me‘yorlari ratifikatsiya qilindi.
Ratifikatsiya - lotincha ―ratus‖ - ―tasdiqlangan‖ va ―facere‖ – ―qilmoq‖ so‘zlaridan
olingan bo‘lib, xalqaro shartnoma yoki bitimlarni oliy davlat hokimiyati organlari
tomonidan tasdiqlanishi.
Bola huquqlarini himoya qilish yuzasidan ilk xalqaro me‘yoriy huquqiy hujjat
1924 yil Jenevada qabul qilingan ―Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasi‖ hisoblanadi.
BOLALARNI ASRAMOQ KELAJAKNI ASRAMOQDIR
•
Bugungi kunda dunyo aholisining 2 milliard 170 million nafarini bolalar
tashkil qiladi.
•
Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra har yili 10 million bola turli sabablarga ko‘ra
vafot etmoqda.
•
Shulardan 3 million bolalar ochlik qurboniga aylanayotgan besh yoshgacha
bo‘lgan bolalardir.
•
170 million go‘dak oziq-ovqat tanqisligi oqibatida xastalanmoqda.
•
100 million bola maktabga bormaydi (ularning 60 foizi qizlar).
•
BOLALARNI ASRAMOQ KELAJAKNI ASRAMOQDIR
• Suriyada 2 milliondan ziyod bolalar ochlik, kasallik va noqulay shart-
sharoitlardan aziyat chekmoqda. 2,4 mingdan ziyod maktab to‘liq yoki qisman
vayron etilgan, 2,5 mingdan ortig‘I boshqa maqsadlarda foydalanilmoqda.
So‗nggi yillarda ichki nizolar oqibatida 80 mingdan ziyod kishi halok bo‘lgan.
Bir millionga yaqin aholi turli davlatlarda rasmiy qachoq sifatida qayd etilgan.
• Mali (Afrika) davlatida 70 ming bola to‘yib ovqatlanish imkoniyatidan mahrum.
Mamlakat shimolida harbiy harakatlar davom etmoqda.
• Osiyoning janubiy-sharqida joylashgan M‘yanma davlatida ham vaziyat tang. 12
yoshli bolalar ham qurol ko‘tarishga majbur qilinmoqda. 70 ming askarni 18
yoshga to‘lmagan bolalar tashkil qiladi. 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar
majburiy og‘ir mehnatga jalb qilinmoqda. Harbiy harakatlarda minglab bolalar
askarlar uchun jonli to‘siq sifatida
foydalanilmoqda, minalashtirilgan
maydonlarga majburan haydalmoqda.