1.1.
Bu quyidagi davlatlar:
1- o‘rin. Yangi Zelandiya – 89 ball
2- o‘rin. Daniya — 88 ball.
3- o‘rin. Finlandiya — 85 ball.
4- o‘rin. Norvegiya — 85 ball.
5- o‘rin. Shvetsariya —85 ball.
6- o‘rin. Singapur — 84 ball.
7- o‘rin. Shvetsiya — 84 ball.
8- o‘rin. Kanada — 82 ball.
9- o‘rin. Lyukskemburg — 82 ball.
10- o‘rin. Niderlandiya — 82 ball.
O‘zbekiston
Respublikasining
―Korruptsiyaga
qarshi
kurashish to‘g‘risida‖gi qonunnining mazmun-mohiyati.
Ma‘lumki, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda
demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy
strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta‘minlash,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish
yuzasidan qator chora-tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni
ta‘minlashning huquqiy asoslari shakllantirildi, korruptsiyaga qarshi kurashishning
samarali tizimi yaratildi.
O‘zbekiston
Respublikasining
2008
yilda
Birlashgan
Millatlar
Tashkilotining Korruptsiyaga qarshi Konventsiyasiga (2003 yil 31 oktyabr, Nyu-
York) shuningdek, 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti
doirasida qabul qilingan korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istambul harakat
rejasiga (2003 yil 10 sentyabr, Istambul) qo‘shilishi korruptsiyaga qarshi
kurashning samarali tizimini yaratishda muhim qadam bo‘ldi.
So‘nggi yillarda korruptsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini
takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim me‘yoriy- huquqiy hujjatlar,
jumladan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), ―Huquqbuzarliklar
profilaktikasi to‘g‘risida‖gi, ―Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida‖gi, ―Davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida‖gi, ―Tezkor-qidiruv
faoliyati to‘g‘risida‖gi, ―Elektron hukumat to‘g‘risida‖gi, ―Ichki ishlar organlari
to‘g‘risida‖gi qonunlar qabul qilindi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma‘muriy to‘siqlarni bartaraf
etish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib- taomillarini soddalashtirish,
davlat xaridlari mexanizmlarini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-
axloq qoidalarini tasdiqlashga doir bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Korruptsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ―Korruptsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida‖gi qonuni qabul qilindi va 2017 yilning 3 yanvar kuni O‘zbekiston
Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu qonunni imzoladi.
Ushbu Qonunning maqsadi korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yilning 24 noyabrida qabul
qilingan, Senat tomonidan 2016 yilning 13 dekabrida ma‘qullangan.
Qonun 6 ta bob, 34 ta moddadan tashkil topgan.
Qonunda ―korruptsiya‖, ―korruptsiyaga oid huquqbuzarlik‖, ―manfaatlar
to‘qnashuvi‖ kabi asosiy tushunchalarga izoh berilgan. Shuningdek,
korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy printsiplari keltirib o‘tilgan.
Korruptsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy
manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki
nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi
shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik - korruptsiya alomatlariga ega
bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qilmish;
Manfaatlar
to‘qnashuvi
-
shaxsiy
(bevosita
yoki
bilvosita)
manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlari lozim darajada
bajarishga ta‘sir ko‘rsatayotgan yoxud ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
hamda
shaxsiy
manfaatdorlik
bilan
fuqarolarning,
tashkilotlarning,
jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida
qarama-qarshilik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
Qonunning 4-moddasiga ko‘ra, korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy
printsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
5-modda . Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining
asosiy yo‘nalishlari:
- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish,
jamiyatda
korruptsiyaga
nisbatan
murosasiz
munosabatni
shakllantirish;
- davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini
olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek
qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-
sharoitlarni
bartaraf
etish,
korruptsiyaga
oid
huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun
javobgarlikning muqarrarligi
printsipini ta‘minlash.
Qonunning 3-bobida Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong
va huquqiy madaniyatni yuksaltirish haqidagi moddalar kiritilgan bo‘lib, unga
ko‘ra, 16-moddada: Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish,
jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar korruptsiyaga qarshi kurashish
maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda
korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha zarur chora-
tadbirlar ko‘radi, shu jumladan korruptsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir
tushuntirish ishlarini amalga oshirish, huquqiy tarbiya va ta‘limni, ilmiy-amaliy
tadbirlarni tashkil etish, o‘quv-
uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish yo‘li bilan zarur chora- tadbirlar
ko‘radi.
17-
moddada: Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy
savodxonligini oshirish
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘z mansabdor shaxslarining hamda
boshqa xodimlarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy
savodxonligini, shu jumladan huquqiy bilimlari darajasini oshirish yuzasidan zarur
chora-tadbirlar ko‘radi.
18-
moddada: Ta‘lim muassasalarida korruptsiyaga qarshi kurashish
sohasidagi huquqiy ta‘lim va tarbiya
Ta‘lim muassasalarida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy
ta‘lim va tarbiya belgilangan davlat ta‘lim standartlariga muvofiq amalga
oshiriladi.
Davlat ta‘limni boshqarish organlari va ta‘lim muassasalari korruptsiyaga
qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini inobatga
olgan holda ta‘lim muassasalarida huquqiy ta‘lim va tarbiyaga, mutaxassislarni
kasbiy tayyorlashning sifatini oshirishga, ta‘lim dasturlarini doimiy ravishda
takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Qonunning 4-bobida Korruptsiyaning oldini olishga doir chora- tadbirlari
keltirilgan:
- davlat boshqaruvi sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-
tadbirlar qatorida davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning
hisobdorligini ta‘minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini
oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining va boshqa
xodimlarining o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan
mas‘uliyatini kuchaytirish;
- korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining faoliyati
ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
- davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari
tomonidan
o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarining bajarilishi
samaradorligi mezonlarini, standartlarini va uning sifatini baholash tizimlarini
joriy etish;
- davlat organlari xodimlarining kasbiy hamda xizmatdan tashqari
faoliyatdagi odob-axloqining yagona printsiplari va qoidalarini belgilovchi
odob-axloq qoidalarini samarali amalga oshirish;
19-
moddada davlat boshqaruvi sohasida korruptsiyaning oldini olishga
doir chora-tadbirlar sirasida davlat organlarining mansabdor shaxslari va
boshqa xodimlarining samarali ijtimoiy himoya qilinishini, moddiy ta‘minot
olishini va rag‘batlantirilishini ta‘minlash kerakligi qayd etib o‘tilgan.
Qonunning 26 moddasiga ko‘ra, davlat organlarining xodimlari ularni
korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-
bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida,
shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan
shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma‘lum bo‘lib qolgan har
qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi
organlarni xabardor etishi shart. Bunga amal qilmaslik, qonun hujjatlariga
muvofiq javobgarlikka tortilishga olib keladi.
25-modda (Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va
ularga chek qo‘yishga, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik
uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini ta‘minlashga doir chora-
tadbirlar) va 28-modda asosida (Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar
to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni himoya qilish) korruptsiyaga oid
huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslar davlat himoyasida
bo‘ladi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan
shaxslarni ta‘qib etish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning qoidalari korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida bila
turib yolg‘on axborot bergan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi, ular
qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
32-moddaga ko‘ra, Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro
hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro
shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Korruptsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari chet davlatlarning
vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovlar
yuborish va ularning so‘rovlariga javob berish huquqiga ega.
Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi
davlat organlari korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida olingan mol-
mulkni O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro
shartnomalariga muvofiq qaytarish choralarini ko‘radi.
Topshirislar:O`zbekiston
Respublikasining
―Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida‖gi qonuni qachob qabul silingan.
Karruhsiyaning
xavfli
tomoni
nimada.
Dostları ilə paylaş: |