Mavzu: Korrupsiya va uninga qarshi kurash. Korrupsiya so‘zining lugaviy manosini bilasizmi?



Yüklə 433,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix21.12.2022
ölçüsü433,5 Kb.
#76946
1   2   3   4   5   6   7   8   9
fgkIlB9lumBQi6AHFFxR7aXvh93uMgzG4mQln61N

Bola huquqlari to’g’risidagi Konventsiya muqaddimasidan ko’chirma: 
―Ushbu Konventsiyaga ishtirokchi davlatlar, 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavida e‘lon qilingan printsiplarga 
muvofiq, jamiyat barcha a‘zolarining o‘ziga xos bo‘lgan qadr- qimmati, teng va 
ajralmas hukuqlari e‘tirof etilishi Er yuzida erkinlik, adolat va tinchlikni 
ta‘minlashning asosidir deb hisoblab, 
Birlashgan Millatlarning xalqlari Ustavda insonning asosiy huquqlariga, 
inson shaxsining sha‘ni va qadr-qimmatiga bo‘lgan o‘z ishonchlarini 
tasdiqlaganliklari hamda katta erkinlik asnosida ijtimoiy taraqqiyot va turmush 
sharoitlarini yaxshilash borasida ko‘maklashishga ahd qilganliklarini e‘tiborga 
olib, 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 
va inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro paktlarda har bir inson mazkur hujjatlarda 
ko‘rsatib qo‘yilgan huquq hamda erkinliklarga irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, 
siyosiy yoki boshqa e‘tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, 
tug‘ilishi yoki boshqa holatlar bilan bog‘liq belgilariga ko‘ra har qanday 
tafovutdan qati nazar, ega bo‘lishini e‘lon qilganligi va bunga rozilik 
bildirganligini e‘tirof etib, 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida 
bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb e‘lon qilganligini 
eslatib, 
jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanmish oila va tabiiy muhit uning barcha 
a‘zolari, ayniqsa bolalar o‘sib-ulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari uchun 
jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq oladigan bo‘lishiga 
erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan 


ta‘minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda, 
bolaning shaxsi sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamol 
topishi uchun u oila muhitida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida 
o‘sishi zarurligini e‘tirof etib, 
bola jamiyatda mustaqil hayotga to‘la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining Ustavida e‘lon qilingan g‘oyalar ruhida, ayniqsa tinchlik, qadr-
qimmatni his etish, sabr-toqatlilik, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida 
tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib, 
bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi‖ 1924 yilgi Bola 
huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va 1959 yil 20 noyabrda Bosh Assambleya 
tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida nazarda tutilganligini 
hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy hukuqlar 
to‘g‘risidagi xalqaro paktda (jumladan, 23 va 24-moddalarida), Iqtisodiy, ijtimoiy 
va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda (jumladan, 10-moddasida), 
shuningdek ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari 
bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning ustavlari va tegishli hujjatlarida 
e‘tirof etilganligini e‘tiborga olib, 
Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek, "bola, hali u jismoniy 
va aqliy jihatdan kamolotga etmaganligi bois, alohida muhofaza va g‘amxo‘rlikka, 
shu jumladan tug‘ilguncha va tug‘ilgandan keyin ham lozim darajadagi huquqiy 
himoyaga muhtoj" ekanligini e‘tiborga olib, 
Ijtimoiy va huquqiy printsiplar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bolalar 
himoyasi va baxt-iqboli, ayniqsa bolalarni milliy va xalqaro darajalarda 
tarbiyalashga berish hamda ularni farzandlikka olish paytidagi himoyasi va baxt-
iqboliga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Voyaga etmagan 
bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari ("Pekin 
qoidalari") va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va 
bolalarni himoya qilish to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalariga tayanib, 


jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og‘ir sharoitlarda yashayotgan 
bolalar borligini hamda ular alohida e‘tiborga muhtoj ekanliklarini e‘tirof etib, 
bolaning himoya qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har bir 
xalqning an‘analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini 
munosib tarzda hisobga olib, 
har bir mamlakatda, xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning 
turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini 
e‘tirof etib, 
quyidagilar haqida kelishib oldilar: 
(Konventsiyadagi moddalardan tayyorlangan tarqatma yordamida guruhlar 
ishi tashkil etiladi). 
Bola huquqlarini ta‘minlashda O‘zbekistonRespublikasi BMTning: 
1) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt; 
2) Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro 
pakt; 
3) Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham 
berish to‘g‘risidagi konventsiya; 
4) Irqiy kamsitishlarga barham berish to‘g‘risidagi konventsiya va Qiynoq 
va muomala va jazoning shafqatsiz, noinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi 
boshqa turlari to‘g‘risidagi konventsiyasi kabi boshqa asosiy xalqaro 
shartnomalariga ham tayanadi. 
BMTning oltita asosiy xalqaro hujjatiga qo‘shilgach, O‘zbekiston 
Respublikasi xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan printsiplari va normalariga 
muvofiq tarzda bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muayyan xalqaro 
majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi. 
2008 yilda O‘zbekiston parlamenti bola huquqlariga ham tegishli 
bo‘lgan bir qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi: 
1. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi XMT ning 
konventsiyasini (2008 yil 4 aprelda); 


2. Bolalar mehnatining eng yomon shakllarini taqiqlash va tugatishga 
doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi XMTning konventsiyasini (2008 yil 8 
aprelda); 
3. Birlashgan 
Millatlar 
Tashkilotining 
Transmilliy 
uyushgan 
jinoyatchilikka qarshi konventsiyasini (Nyu-York, 2000 yil 15 noyabr) 
to‘ldiruvchi odam savdosining, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini 
olish hamda unga chek qo‘yish va uning uchun jazolash haqidagi protokolini 
(2008 yil 8 iyulda); 
4. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyaga doir bolalar savdosi, 
bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ 
protokolni (2008 yil 11 dekabrda); 
5. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyaga doir, bolalarning qurolli 
mojarolarda ishtirokiga taalluqli Fakultativ protokolni (2008 yil 12 dekabrda). 
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq yoshlarga bo‘lgan munosabat 
davlatning e‘tibor markazida bo‘lganligini 1991 yil 20 noyabr kuni qabul 
qilingan ―Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to‘g‘risida‖gi Qonunning 
qabul qilinganligi ko‘rsatadi. 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasida 
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha 
chora- tadbirlar Dasturining yaratilishi, 2016 yilda ―Yoshlarga oid davlat 
siyosati to‘g‘risida‖gi Qonunning qabul qilinishi mamlakatda istiqomat 
qilayotgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 60%dan ortiq aholi vakillarining 
ijtimoiy, huquqiy, qonuniy manfaatlari doimo davlatning diqqat markazida 
ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Ushbu qonun 4 bob, 33 moddadan iborat 
bo‘lib, 2016 yilning 15 sentyabridan kuchga kirgan. 

TOPSHIRIQLAR 
BOLA HUQUQlARI TO‗G‘RISIDA BOSH QONUNIMIZDA 
NIMALARGA TO‗XTALGAN? 
XALQARO VA MILLIY QONUNCHILIGIMIZNING FARQlI 
TOMONLARI NIMADA?  



Yüklə 433,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin