Ishlab chiqilgan mahsulot sifatini boshqarish Mahsulot sifatini boshqarish deganda, buyumlarni iste'molchilar talablariga butunlay mos keluvchi sifat tasniflari bilan ishlab chiqarishni ta'minlovchi maqsadga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Mahsulot sifatini baholash va uni boshqarish zaruriyati:
mahsulot sifatini oshirgani uchun xodimlarni rag’batlantirishda;
sifat to’g’risida axborot yig’ishni tashkil etishda va hokazo hollarda vujudga keladi.
Sifatli tovardeganda uning mustahkamligi, chidamliligi, iste'mol xususiyatlari, tashqi ko’rinishi standartlashtirilganlik darajasi, tayyorlanish texnologiyasi va boshqalarni o’zida jam etgan tovar tushuniladi.
Mahsulot sifati mazkur tovardan, ma'lum ijtimoiy ehtiyojning mazkur iste'mol qiymatidan qoniqqanlik darajasini ifodalaydi. Mahsulot sifati xom-ashyo, ishlab chiqarish vositalarining sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samarada namoyon bo’ladi.
Xom-ashyo sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samara: