Mavzu: Korxonada menejer mehnatini tashkil etishni takomillashtirish yo'llari Reja



Yüklə 34,31 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü34,31 Kb.
#199589
  1   2   3
Korxonada menejer mehnatini tashkil etishni takomillashtirish yo\'llari




Mavzu: Korxonada menejer mehnatini tashkil etishni takomillashtirish yo'llari
Reja:

  1. Menejer mehnatini tashkil etishning mazmuni

  2. Menejment jarayoni mazmuni

  3. Korxonalarda menejer faoliyatini olib borishda boshqaruv tizimi


Menejer mehnatini tashkil etishning mazmuni, mohiyati va uning funksional vazifalari Menejer deganda biz rahbarni yoki ish boshqaruvchini ko‘z oldimizga keltiramiz, ya‘ni ular maxsus tayyorgarlik ko‗rgan boshqarishning sir-asrorlari qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxasisdir. Menejerlar yollanma boshqaruvchilar bo‗lib aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi. Kompaniya firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatga 14 ega bo‗lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma‘muriy boshqaruvchi kabilarning barchasi ham menejerlar deb yuritiladi. Boshqaruv pog‗onasiga qarab menejerlar ham uch toifaga bolinadi: Yuqori pog‗onadagi menejerlar, o‗rta pogonadagi menejerlar, quyi pog‗onadagi menejerlar. Yuqori pogonadagi menejerlar firma istiqbolini belgilash uning kelajagi uchun ahamiyatli chora tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Bir so‘z bilan aytganda firma andozasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi. O‘rta pog‗onadagi menejerlar firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi, ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati yangi tovarlarni ozlashtirish texnologiyani qollash mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish bilan shug‗ullanadi. Quyi pogonadagi menejerlar quyi boginda, masalan, sex bo‗lim brigada doirasida ishni tashkil etish, kunlik, xaftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi. Togri, korxonani boshqarish mulk egasining vazifasi deyishimiz mumkin. Ammo boshqarish uchun mulk egasi bo‗lish shart emas. Boshqarish vazifasini korxona egasining o‗zi yoki yollangan ammo mulkdor nomidan ish ko‘ruvchi menejer bajaradi. Iqtisodiy aloqalar murakkablashgan sari menejer xizmatiga talab oshadi, o‗z ishining ustasi farang bo‗lgan maxsus ijtimoiy toifa menejerlar toifasi paydo bo‗ladiki, uning alohida ijtimoiy maqomi bor. Ular g‗oyat-murakkab, o‗ta mas‘uliyatli ish bilan shug‗ullanishi, firmaning hayot-momotiga javobgar bo‗lgani uchun yollanib ishlovchilar orasida eng katta xizmat haqi oladilar: Inson yakka holda shaxslararo munosabatlar doirasida hamda ibrat namunasi sifatida namoyon bo‘ladiki, bu uch jihatning birligi uni shaxs maqomiga ko‘taradi. Ana shu jihatlar shaxsning obro‘-e‘tiborini ifodalaydi va o‘z imijini shakllantirishga undaydi. Yaxshi rahbar uchun ma‘lum shaxsiy sifatlar ham zarur. U qat‘iyatli va serg‘ayrat, chuqur bilim va ko‘nikmalar, keng dunyoqarashga ega bo‘lishi kerak. Rahbar o‘ziga kerakli fikrlarni jamlab, xotirada saqlashi kerak. Mutaxassislarning fikricha, 99 foiz ilg‘or g‘oyalar 15 kishilar bilan muloqotda yo‘zaga kelsa, 1 foiz g‘oyalar kishilarni eshita bilishiga qarab yo‘zaga keladi. Buning uchun muloqot olib borishni bilish, o‘rganish, shaxsiy g‘arazlarni unutish, g‘oyalarni tartibga solish, eng asosiysi doimo izlanishda bo‘lish kerak. Aks holda, u o‘z ijobiy imijini yaratishi qiyin kechadi. Shu bilan birga, rahbar bozor sharoitida o‘z haq-huquqlaridan to‘la foydalanishi va zarur hollarda quyidagilarni amalga oshirish kerak: - samarasiz ishlaydigan xodimlardan voz kechish; - o‘z xodimlaridan zaruriy natijalarni talab qilish; - fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lganlarni yangi g‘oyalarga yo‘naltirish va qo‘llab-quvvatlash; - ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida bajarmaydigan xodimlarni ogohlantirish va ularga buyruq berish.
Ruhiyatshunoslik bo‘yicha bilimlar rahbarga zarur. Chunki u xodimlarning ichki xususiyatlarini bilishi kerak. Ba‘zan xodimlar qasddan mehnat intizomini buzadilar. Bunga sabab: moddiy texnik ta‘minotning etarli emasligi, bir nechta vazifani bir vaqtda yuklash, bajarish vaqtining aniq ko‘rsatilmaganligi, mukofotlash shaklining odilona emasligi, jamoat topshiriqlarining haddan ziyod yuklanishidir. Shuning uchun rahbar qo‘l ostidagilarining nuqson va kamchiliklariga sabr-toqat bilan yondashishi kerak. Rahbar ishchanlik va talabchanlikni odamiylik bilan uyg‘unlashtirishi kishilarda yaxshi kayfiyat uyg‘otadi. Rahbarda avtoritar va demokratik boshqarish uslublari mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, avtoritar uslubdan: mustaqil qaror qabul qilish, jur‘at, shaxsiy javobgarlik; demokratik usuldan esa - kishilarni faollikka chaqirish, ijodga, shaxsiy g‘ururni shakllantirishga chaqirishda foydalanish mumkin. Boshqaruv ishini oqilona tashkil etish ma‘lum tamoyillar asosida olib boriladi. Mehnatning ilmiy asoslangan me‘yorlari boshqaruv apparatidagi har bir xodim ishini holisona baholash, moddiy rag‘batlantirishdan samarali Biroq boshqaruv sohasi, hatto, bitta boshqaruv funksiyasi doirasida o‘z ichiga o‘rta xilma-xil ish turlarini oladi. Ayrim mehnat turlarini normallashtirishga yondashish diferensiyalanishi lozim. Menejer mehnatini o‘ziga xos hususiyatini hisobga olgan holda, rahbarlar uchun boshqaruvchanlik me‘yorini ajratib olish maqsadga muvofiqdir. Me‘yoriy miqdor va boshqaruvchanlik me‘yori barcha darajadagi rahbarlar uchun ishlab chiqilishi mumkin. Miqdoriy me‘yorlar yordamida boshqaruv funksiyasi bo‘yicha xodimlarning umumiy soni aniqlanishi, boshqaruvchanlik me‘yori yordamida esa xodimlarni joy-joyiga qo‘yish mumkin.
1. Qulay ish tartibi va sharoiti - boshqaruv mehnatining unumdorligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri menejer mehnat qiladigan ish o‘rnining holati va sharoitiga bog‘liqdir. Ko‘rib chiqilayotgan muammo ahamiyati ijtimoiy va iqtisodiy jarayonni boshqarish tizimida muhim sifat o‘zgarishlari ro‘y berganda bozorga o‘xshash yangi tashkilotlar yuzaga kelishi bilan yanada kuchayadi. Menejerning ish joyini oqilona tashkil etish boshqaruv faoliyatida imkon qadar qulay ish sharoiti tashkil etilishini ta‘minlaydi, ish unumdorligini oshiradi. Hozir turli kategoriyadagi ma‘muriy boshqaruv xodimlari uchun ish joylarini tashkil etishning besh mingdan ortiq innovatsion loyihalari ishlab chiqilgan6. Bulardan tashqari boshqaruv apparatida ish o‘rinlarini tashkil etishda qator iqtisodiy, ergonomik, etik va estetik talablarga rioya etish lozim. Ergonimika aniq faoliyat apparatida inson va mashinaning o‘zaro moslashishini o‘rganuvchi fandir.
2. Mehnatning sanitariya-gigiyenik va estetik jihatdan qulay ish sharoiti- binoda kerakli harorat darajasi saqlanishi, me‘yorida yoritilishi, havo namligi, devorlar rangi, mebellar bir-biriga mos tushgan bo‘lishi kerak. 3. Mebellarning qulayligi, shaxsning antropometrik hususiyatini hisobga olgan holda mebellarni o‘lchami va shakliga ko‘ra tanlab, ularni qulay joyga qo‘yishdan iborat. 17 shunungdek, undan samarali foydalanish texnologiyasi tashkil qilinishi zarur. 5. Mehnat va dam olishning oqilona rejimi- menejerning me‘yorga solinmagan ish kuni unga nisbatan ishga chiqishning moslanuvchan jadvalini tuzish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Menejer mehnati tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining ajralmas qismi, ishlab chiqarish natijalariga ta‘sir qiluvchi va menejment funksiyalarini tezkor bajarishga bog‘liq faoliyatdir. Menejer mehnati aqliy va ijodiy harakterga ega bo‘lib, miqdoriy baholash bilan belgilanmaydi. Boshqaruv mehnati ishchilari bevosita moddiy boyliklar ishlab chiqarishmaydi. Boshqaruv mehnati natijasi mehnat jamoasi faoliyatining yakuniy ko‘rsatkichlari yordamida baholanadi. Boshqaruv mehnatining aniq o‘lchamini baholash qiyin, ayniqsa, u ijodiy harakterga ega bo‘lganda. Boshqaruv mehnati ishlab chiqarishning oddiy elementi emas, balki axborot, turli hujjatlar va boshqaruv qarori hisoblanadi. Menejar hamda texnik ijrochilar axborotni olish, qayta tiklash, uzatish va saqlash bilan shug‘ullanadi. Ba‘zan bir texnik axborotni tayyorlash mobaynida besh va undan ortiq bo‘lgan formalashtirish, mehnatga haq to‘lash, texnologiyani qayta ishlash, ish sifatini hisoblash, tekshirish bilan bog‘liq operatsiyalarga duch kelinadi. Menejer mehnatining farqi shundaki, uning mehnati ilmiy, ijodiy, sertashvish faoliyatdir. Garchand menejer bevosita moddiy boylik yaratmasada, lekin uning mehnati ishlab chiqarishga kiradi. Mehnat jamoalarining ishlab chiqarish faoliyati ko‘rsatkichlari yordamida menejer mehnati faoliyatlari bilvosita baholanadi. Boshqaruvchi mehnati ijodiy, me‘yyorsiz bo‘lgani uchun, aniq mehnat o‘lchovi bilan uni baholash qiyin. Insoniy bilim va fikr cheksiz, uning me‘yyori yo‘q. Menejer mehnati predmeti sifatida – ishlab chiqarishni moddiy-buyum unsurlari, boshqaruv munosabatlari, axborot, turli hujjatlar, boshqaruv qarorlari olinadi. Menejer mehnatida axborotlarni olish, saqlash va qayta ishlashga ketgan mehnat harajatlar salmoqli o‘rin egallaydi. Professional menejer mehnati - ishlab chiqarishni tashkil etuvchi sifatida 18 uning aniq hatti-harakatida, boshqaruv jarayonida menejer amalga ohsiradigan operatsiyalarda namoyon bo‘ladi. Menejer mehnati nisbatan yopiq shaklga ega, chunki masalani qo‘yilishidan tortib, maqsadga erishishga qadar uning zahmati bor. Biror masala yechilgach yangi va yangi masalalar paydo bo‘laveradi, yangi maqsad va yangi boshqaruv jarayoni yangitdan boshlanadi. Maqsad-harakar-natija-maqsad, bu uzluksiz boshqaruv jarayoni umumiy ko‘rinishidir. Shuni ham ta‘kidlash kerakki, bunday taqsimot shartli. Haqiqiy ishlab chiqarish jarayonida bir-biridan farqlanuvchi turli boshqaruv jarayonlari qo‘llaniladi. Menejer mehnati aniq korxonada bir necha ko‘rinishdagi masalani yechishga yo‘naltiriladi. Bular quyidagilar: -ishlab chiqarish uskunalarini ishlatish, ishlab chiqarishni takomillashtirish, ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishga bog‘liq texnik-texnologik jarayonlarni loyihalashtirishga oid texnologik; -iqtisodiy munosabatlarni takomillashritishda va muvofiqlashtirishga bog‘liq iqtisodiy; -boshqaruv tizimlarni takomillashtirish, reklama va axborot ta‘minoti, ularni tayyorlash, kadrlar masalasini oshirishga bog‘liq tashkiliy; -ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish va muvofiqlashtirishga bog‘liq ijtimoiy; Menejer mehnati odamlarni boshqarishga qaratilgan va korxonaning xo‘jalik faoliyatiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Har qanday pog‘onadagi boshqaruvchi o‘z hohishi bilan emas, balki xalq manfaati yo‘zasidan boshqariuvni amalga oshiradi. Huquqiy davlatda har kim jamiyat nazoratidan chetda qolmaydi, hatto yuqori pog‘onadagi boshqaruvchi, prezident ham. Har qanday jamiyat a‘zosi boshariluvchi shaxs sifatida namoyon bo‘ladi, chunki u muayyan bir jamoaga a‘zo, shuningdek, boshqa tomondan ham boshqarilayotgan boshqaruv sub‘yekt hisoblanadi. Shuning o‘zida har bir jamiyat a‘zosi boshqaruvchi bo‘lishi ham mumkin. U mulkdorga va haqiqiy ishlab chiqarish egasiga aylangach, iqtisodiyotni, ijtimoiy-siyosiy va manaviy 19 hayotni boshqarishda bevosita qatnashadi. Turli jamoa a‘zolarining boshqarishdagi o‘rni bir xil emas. Ularning ayrimlari ishga sust yondashishadi va bevosita turli jamoaviy tashkilotlarga a‘zo bo‘lib ko‘rinadi, holos. Biroq, ishlab chiqarishda yetarli malakaga ega shunday professional menejertashkilotchilar mavjudki, ular umumjamoa uchun foydali bo‘lgan maxsus boshqaruv mehnati bilan shug‘ullanadi. Boshqarish jarayonida menejer mehnati insonning aniq faoliyati orqali namoyon bo‘ladi. Boshqaruv sikli maqsad va masalalarni belgilab olishdan boshlanib, ularni yechish va qo‘yilgan maqsadga erishish bilan yakunlanadi.
Belgilangan masala qo‘yilib, maqsadga erishilgach, boshqaruv sikli yangi maqsad va vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi va shu asnoda davom etadi7. Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki bozor iqtisodiyoti munosabatlarida har bir rahbar, menejer har qanday sharoitda ham insonga g‘amxo‘rlik qilishi inson ruhiy holatini hisobga olishi ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish va yo‘naltirishda o‘z jamoasi va jamiyatning manfaatlaridan kelib chiqishi lozim bo‘ladi. Mutlaqo o‘xshash kishilar bo‘lmagani kabi vazifalar ko‘pligi sababli mutlaqo bir xil boshqaruv uslubi ham bo‘lmaydi. Rahbar faqat o‘ziga xos xususiyat va sifatlar vositasida faqat o‘ziga xos uslubda ish yuritadi. Bu ma‘noda uslub rahbarni shaxs sifatidagi xususiyatlarini, balki faoliyati xususiyatlarini ifodalaydi. Kishilarni boshqarar ekan, rahbar jamoaning yakuniy maqsadini ko‘ra biladi va uni shu maqsad sari yo‘naltiradi. Rahbar ishning mohiyatiga tushungan va uni chuqur o‘rgangan holda mutaxassislar faoliyatini mohirona birlashtirish va yo‘naltirishi kerak.8 Boshqaruv funksiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishda zamonaviy menejer: rahbar – boshqaruvchi, rahbar – diplomat, rahbar - murabbiy, tarbiyachi, rahbar – inson, rahbar - innovator sifatida maydonga chiqadi.

Yüklə 34,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin