Korxonada menejer mehnatini tashkil etishni takomillashtirish yo\'llari
Menejment jarayoni mazmuni uni funksiyalarda ko‘rinadi. Menejment funksiyasi deyilganda boshqaruvga doir ma'lum masalalarni echishga yo‘naltirilgan bir turli ishlar yigindisi tushuniladi. Boshqaruv organlari va ijrochilar ma'suliyatli boshqarish funksiyasini belgilaydi. Bu vazifalar funktsional bulim to'grisidagi Nizom va mansabdor boshqaruvchilar uchun ko‘rsatmalarda o‘z ifodasini topadi. Boshqaruv jarayonining funksional tahlili har bir funksiya uchun ish hajmi asoslarini tashkil etadi, boshqaruvchilar sonini belgilaydi va boshqaruv tizimini loyihalashtiradi. Boshqaruv organlari asosiy va aniq funksiyalarga bo'linadi. Asosiy funksiya ham ishlab chiqarish jarayonida ham muomala va noishlabchiqarish jarayonida amalga oshadi. Ular quyidagilar: rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat, ragbatlantirish.
Rejalashtirish - bu ijodiy loyihalarning istiqbolini, iqtisodiy sistemani belgilash. Rejalashtirish barcha xo‘jalik sub'ektlari strategiyasida o‘z aksini topadi. Tashkil etish - bu texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqarish sistemalarini tartibga keltirish. Menejmenti tashkil etish, avvalo, eng maqbul tashkiliy tuzilmalar qurish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, boshqarish tizimlari orasidagi munosabatlarni uyushtirish. Muvofiqlashtirish - texnik, iqtisodiy, ijtimoiy masalalarni birga hal etishda barcha boshqaruv funksiyalarining kelishi. Bunda o‘zaro aloqa o‘rnatiladi, amaldagi me'yyor va me'yyoriy hujjatlardan chetlanilsa ogohlantiriladi9. Ragbatlantirish - bu inson omilini keng demokratiya asosida faollashtirish, uning manfaatlari yo‘lida g‘amxo'rlik qilishni boshqarish. Nazorat - bu boshqariluvchi sistema holatining nazorat va hisobga olish, ishni bir me'yorda ta'minlashni boshqarish. Agar boshqariluvchi ob'ekt o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lsa, boshqaruv funksiyalari ham faoliyat ko'rsatadi. Biroq korxona timsolida quyidagi funksiyalarni ajratish mumkin: asosiy ishlab chiqarishni boshqarish, yordamchi
Har bir aniq funksiya menejment funksiyasining tarkibiy qismi bo‘lib, ular o‘z navbatida yana bir necha qismga bo‘linadi. Masalan, asosiy ishlab chiqarishni boshqarish, marketing, rejalashtirish, rag‘batlantirish va boshqalarni o‘z ichiga oladi, hamma funksiyalar o‘zaro aloqada bo‘ladi. Boshqarish funksiyalari - kop qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar boyicha turkumlarga ajratib o‗rganish zaruriyati tug‗iladi. Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, klassifikatsiyasi va mazmunini organish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun ota muhimdir, chunki yuqorida ta‘kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon boladi. Garb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini turkumlashda eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik berishadi: rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish va muvofiqlashtirish, nazorat, rag‗batlantirish (motivlashtirish). Bu funksiyalar boshqaruvning barcha bo‘g‘inlarida va hamma bosqichlarida quyidagi izchillikda amalga oshiriladi. Demak, boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu erda rag‗batlantirish barcha funktsiyalar jarayonida o‗z aksini topadi. Zamonaviy uslub jamoaning har bir a‘zosi oldiga katta talab qo‘yadi va shu bilan birga, o‘z-o‘zidan mamnun bo‘lish, ma‘muriyatchilik, rasmiyatchilikni inkor qiladi. Uslub ijtimoiy rivojlanish qonunlarini, ishlab chiqarishni boshqarish tamoyili va usullarini bilishi asosida shakllanadi va boshqaruv malakasi yig‘indisi kishilarni tashkil etish ko‘nikmasi, shuningdek, shaxsiy tartiblilik bilan xarakterlanadi. Va nihoyat uslub boshqaruv xodimlarining ruhiy va psixologik xususiyatlari, kuchli iroda, qat‘iylik, va qo‘rqmaslik, boshqa kishilar faoliyatini yo‘naltira olish kabilarni qamrab oladi. Bundan tashqari, 22 rahbar tasavvur etish, aniq fikr yuritish, qayishqoqlik, ilmiy fikrni tushuna olish va etkaza olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Rahbar menejment, iqtisodiyot va moliya, huquq, sotsiologiya va pedagogika asoslarini bilishi lozim. Bu fanlar butun menejmentga ilmiy qarashlar tizimini yaratish imkonini beradi. Boshqaruv faqat ilmiy bilimlariga ega bo‘lishni emas, balki boshqarish san‘atini bilishni ham talab qiladi. Boshqaruvni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi, avvalo, o‘z-o‘zini tarbiyalay olishi, o‘zini boshqara olishi zarur. Buning uchun u doimo va muntazam o‘zinio‘zi tarbiyalashi kerak. Rahbar uslubi eshitish va o‘qish, so‘zlash va yozish, ya‘ni axborotni qabul qilish va uni boshqalarga uzatish malakasida ifodalanadi. Rahbar uchun zarur bo‘lgan sifatlar jumlasiga uning tashkilotchilik qobiliyati, ish qobiliyati, kuchi, xushmuomalaligi, irodaliligi kiradi. Boshqarish vazifalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy rahbarda quyidagi sifatlar bo‘lishi kerak: boshqaruvchi, diplomat, murabbiy, tarbiyachi , inson, tadbirkor, innovator. Menejerlar hayot bilan qadam-baqadam yurishlari, o‘z mahsulotlari bilan bozor talablarini hisobga olishlari , talab va taklif o‘zgarishini kuzatib borishlari lozim. Menejer yuksak axloqiy, ishchan o‘z manfaatlarini jamiyat, jamoa manfaatlari bilan birga uyg‘unlashtiruvchi, ahil jamoani tuza oluvchi kishidir. Zamonaviy menejer – yuksak kasb egasi, uzoqni ko‘ruvchi, tejamkor, iqtisodiy toza fikrlovchi shaxs. Menejerlarni tayyorlashga kompleks yondashish – uning o‘quv dasturlarida zamonaviy ishlab chiqarish, boshqarish asoslari kabi bilimlar kerak. Korxona rahbarlari o‘z kadrlarining yuksak kasb mahorati va ma‘navaiyati ustida tinmay g‘amhurlik qilishlari kerak. Kadrlar bevosita ishlab chiqarish jarayonida, o‘quv uslubiy bazaga ega bilim yurtlarida, biznes va menejment maktablarida tayyorlanadi. Qonun doirasida ishlab turib o‘qishga, iumtiyozlar berishga sharoit yaratish kerak. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning strategik yo‘li iqtisodiyot, boshqaruv va ijtimoiy muammolarni yechishda yangicha mulkiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirishni talab qiladi. Inson omili ishtirokisiz eng mukammal mashina 23 va mexanizmlar, texnologiyalarni boshqarish ham samarali natija bermaydi. Bunda asosiy e‘tibor butun xo‘jalik mehanizmi, menejment tizimi va faoliyat borasidagi islohotlarga ajratilib, ularning samarali amalga oshirilishi ko‘p jihatdan boshqaruvchi kadrlar - menejerlarga bog‘liq bo‘ladi. Bozor munosabatlariga o‘tish bilan ishlab chiqarishdagi sifatli tashkiliy o‘zgarishlar, ilmiy-texnik taraqqiyotga erishish, xo‘jalik prospektlarini ijtimoiy ahamiyatining ortishi, jamiyatni demokratlashtirish menejer mehnatini murakkablashtiradi va un tashkillashtirilgan bo‘lishini taqazo etadi. Boshqaruv tizimida rahbar xodimning faoliyati muhim o‘rin egallaydi. Bu esa, o‘z tavsifi bo‘yicha siyosiy va mumtoz faoliyatdir. Rahbar xodim davlat ko‘rsatmalarini ro‘yobga chiqaradi. U xo‘jalik tizimida davlatning vakili hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, haqiqiy rahbar xodim ushbu jamoaning ilg‘or kishisi bo‘lib, u o‘z korxona va tashkilotining foydasini ko‘zlovchi va korxona sha‘nini himoya qiluvchi shaxsdir. Rahbarning boshqa xodimlardan farqi, uning boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, joriy qilishi va ularning bajarilishini nazorat qilishdan iborat. Boshqaruvning murakkablashuvi rahbar xodim roli va ma‘suliyatini oshirmoqda. Bu esa, ularning kasb qobiliyati tayyorgarligini ko‘rsatadi.