Mavzu: korxonaning moddiy resurslar bilan ta'minlanganlik tahlili. Reja: kirish


Korxonaning moddiy texnika ta’minoti rejasining



Yüklə 84,56 Kb.
səhifə4/7
tarix16.12.2023
ölçüsü84,56 Kb.
#182084
1   2   3   4   5   6   7
KORXONANING MODDIY RESURSLAR BILAN TA\'MINLANGANLIK TAHLILI. KURS ISHI

Korxonaning moddiy texnika ta’minoti rejasining bajarilishini tahlili.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarning moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har qanday korxona asosiy maqsadiga erishish uchun ishlab chiqarish xarajatlarini jumladan mehnat predmetlaridan tejab-tergab foydalanishga alohida e’tibor beradilar. Chunki shuning natijasida ular o’z foydalarini ko’paytirishga oqibat natijada foydalilik darajasini oshirishga erishadilar. Mahsulot ishlab chikarishda mexnat predmetlarining axamiyati ulkan. Ularsiz ayrim hollarda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati cheklanadi ayrim hollarda esa umuman mumkin emas.
Masalan, mehnat predmeti hisoblangan metallar elektr quvvatlari va boshqalar mavjud bo’lmasa mahsulot ishlab chiqarish ham cheklanadi. Shunday ekan mehnat predmetlariga sanoat ishlab chiqarishida nimalar kirishliligini aniqlab olish lozim. Adabiyotlarda, korxona hujjatlarida ko’rsatilishicha mehnat predmetlariga quyidagilar kiritilgan:
xom-ashe va materiallar;
elektro-energiya;
yoqilg’i;
yog’lovchi materiallar;
kam baholi va tez to’zuvchi buyumlar va boshqalar.
Ulardan yil davomida to’liq hamda tejab tergab foydalanish eng muhim maqsad hisoblanadi. Mehnat predmetlariga bo’lgan talab mustaqil ravishda korxona tomonidan rejalashtiriladi. O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar to’g’risida”gi Qonunining 22-moddasi birinchi bandida bu xususda shunday deyiladi: “Korxona bozor talablarini, ehtimol tutilgan sheriklarning imkoniyatlarini o’rganish, narx-navoning o’zgarishi to’g’risidagi axborot asosida o’z ishlab chiqarishining ta’minotini, bozorlarda (tovarlar, xizmatlar, moliya bozorlarida) monopoliyaga qarshi qonunlarning talablarini nazarda tutgan holda bevosita yoki vositachi orqali oldi-sotdini, mahsulot sotishni va o’z ishlab chiqarishining ta’minotini mustaqil amalga oshiradi”.
Mehnat predmetlaridan samarali foydalanish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning o’rtacha xarajatlari yoki tannarxlari pasayadi. Buning natijasida korxonalarning sof foydalari ortadi. Shuning bilan birgalikda mehnat predmetlaridan o’rindoshlik bilan foydalanish oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaring sifatlari yaxshilanadi, xizmat qilish muddatlari esa ko’payadi.
Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, tannarxning pasayishi, foyda va rentabellining oshishi, korxonani moddiy resurslar bilan belgilangan assortimenti va sifati bo’yicha ta’minlanishiga bogliq.
Shuning uchun sanoat korxonalari o’z ishlab chiqarishini bir me’orda samarali rivojlanishini ta’minlash maqsadida uzoq muddatga mo’ljallangan biznes rejalariga asoslangan holda mehnat predmetlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor beradilar. Chunki hozirgi paytda mehnat predmetlarini yo’qligi yoki o’z vaqtida olib kelinmaganligi sababli sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati turib qolmoqda.
Korxonalarning moddiy resurslar bilan o’z vaqtida, zaruriy miqdorlarda, belgilangan sifatda hamda bir ma’romda ta’minlanishi shu bilan birgalikda ulardan ratsional foydalanish pirovardida uning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun har tamonlama ta’sir etadi.
Korxonalarning rivojlanishi, taraqqiy etishi hamda iqtisodiy jixatdan baquvvat bo’lishi oqibat natijada mustaqil Respublikamiz-ning iqtisodiyotini barqarorlashishiga zamin yaratadi. Xalqimiz turmush darajasining yanada yuksalishiga har tomonlama o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmlarining oshishi o’z navbatida moddiy resurslardan foydalanish ko’lamining ham kengayishiga olib keladi. Shuning uchun moddiy resurslardan tejab tergab foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Mehnat predmetlaridan to’liq va samarali foydalanishni ta’minlash uchun hozirgi davrda zamonaviy yangi texnikalardan to’g’ri foydalanish, shuningdek, samarali texnologiyalarni ishlab chiqarishga tezkorlik bilan tatbiq etishni taqazo etadi. Chunki ular yordamida mehnat predmetlari ishlab chiqarishga sarf qilinishi, tejalishi ta’minlanadi. Shuning bilan birgalikda ishlab chiqarishni turlicha shakllarini, asosiy e’tiborni nodavlat mulkchiligiga asoslangan korxonalarni barpo etish va rivojlantirishga qaratish maqsadga muvofiqdir. Sababi ularda mulkka egalik qilish hissiyoti doimo yuqori darajada bo’ladi. Darxaqiqat, nodavlat mulkchiligiga asoslangan korxonalarda mehnat predmetlari ularning mulki hisoblanadi. Undan imkoniyat doirasida samarali foydalanishga katta e’tibor beriladi.
Moddiy resurslardan samarali foydalanishni yo’lga qo’yishda xo’jalik faoliyati tahlili ning ahamiyati kattadir. Korxonada moddiy resurslardan qay darajada foydalanilayotganligini tahlil etish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarni tejash maqsadida foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin.
Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida korxonalarning moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini va ulardan samarali foydalanishni tahlil etishda boshqaruv tahlilining eng asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
korxona, birlashmalarning zaruriy moddiy resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash;
moddiy resurslarni korxonaga yetkazib berish hajmini, kompleksliligini, sifatliligini, sortliligini hamda maromiyligining darajasini belgilash;
moddiy resurslarni yetkazib berish borasida korxonalararo tuziladigan shartnomalarning o’z vaqtida tuzilganligini aniqlash;
moddiy texnika ta’minoti belgilangan rejasining haqiqatga yaqinligini tekshirish;
transport-tayyorlov xarajatlarini hisoblash;
materialllardan samarali foydalanish ko’rsatkichlarini aniqlash va ularni mahsulot hajmiga hamda uning tannarxiga ta’sirini miqdor jixatdan hisoblash;
xom ashyo, yoqilgi va materiallarga baho berishda foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarini aniqlash, tahlil etish va boshqalar.
Tahlil uchun zaruriy ma’lumotlar moddiy texnika ta’minoti rejasi, xom ashyo va materiallar bo’yicha tuzilgan shartnoma hamda moddiy resurslar mavjudligi va ulardan foydalanishning statistik hisobotidan olinadi. Korxonalarda mehnat predmetlaridan foydalanishni tahlil etishda ularni sarflanishi bo’yicha o’rnatilgan me’yoriy ma’lumotlardan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Mehnat predmetlaridan samarali foydalanishga Respublikamiz hukumati tomonidan ham doimo alohida e’tibor qaratilmoqda. Ular qabo’l qilingan normativ hujjatlarda o’z aksini topgan. Masalan, «O’zbekiston Respublikasida korxonalar to’g’risida» gi, «Tadbirkorlik to’g’risida» gi, «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida» gi va boshqa qonunlarda, farmonlarda, qarorlarda o’z aksini topgan.
Umumiy omillarga moddiy va mehnat resurslari bilan ta'minlash va ulardan foydalanish, korxonalarning moddiy -texnik bazasi va aniq omillar - alohida korxonalarning joylashuvi, ular xizmat ko'rsatadigan iste'molchilar kontingenti kiradi.
Tafsilotlar darajasiga ko'ra, omillar bitta sabab ta'sirining natijasi bo'lgan oddiy va sabablar majmuasi ta'siri ostida vujudga keladigan murakkablarga bo'linadi. Oddiy omillarga tahlil qilingan davrdagi kunlar soni, murakkab omillarga esa ishchilarning mehnat unumdorligi kiradi.
Harakatni aniqlash uslubiga ko'ra, omillar to'g'ridan -to'g'ri bo'lib, ularning ta'siri to'g'ridan -to'g'ri aniqlanadi va hisob -kitob qilinadi, ularning harakati maxsus texnika va hisob -kitoblar yordamida o'lchanadi.
Iqtisodiy faoliyat natijalariga ta'sir ko'rsatadigan omillar ijobiy va salbiy bo'lishi mumkin. Iqtisodiy faoliyat natijalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan omillarni o'rganish iqtisodiy salohiyatni oshirish va undan foydalanishni yaxshilash uchun zaxiralarni yanada aniqroq aniqlash imkonini beradi. rejalarning muvaffaqiyatli bajarilishi va barqaror iqtisodiy rivojlanish. Salbiy ta'sir ko'rsatadigan omillarni tahlil qilish ularning paydo bo'lishining oldini oladi, ishdagi kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi.
Amalning mohiyatiga ko'ra, omillar korxonalar faoliyatiga bog'liq bo'lmagan, sub'ektiv, korxona xodimlariga, ularning ish natijalariga qarab bo'linadi.
Qaror qabul qilish nazariyasiga ko'ra, har qanday ko'rsatkich-bu maqsadga erishish darajasini yoki korxonalarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa faoliyati natijalarini aks ettiruvchi miqdoriy parametrlar majmuini aniqlash uchun o'lchov. Bu faoliyat ko'rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanganligi sababli, iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish ularning kompleksi yordamida amalga oshirilishi kerak. Har bir indikator o'rganilayotgan ob'ekt yoki jarayonning aniq o'lchovini, shuningdek uning mazmunini - iqtisodiy mohiyatini tavsiflovchi sonli ifodaga ega.
Korxona moliyaviy holatini tahlil qilishning asosiy vazifasi quyidagilarni baholash hisoblanadi:
-buxgaltеriya balansi va mulkiy holat ko`rsatkichlari tuzilmasi;
-asosiy vositalar ahvoli, ta'minlanganlik va foydalanish samaradorligi;
-aylanma mablag`lar ahvoli, ta'minlanganlik va foydalanish samaradorligi;
-moliyaviy barqarorlik;
-likvidlilik va to`lov qobiliyati;
-ishga doir faollik.
Korxona moliyaviy holatini buxgaltеriya balansi asosida dastlabki baholash hisobot yili oxiriga bo`lgan balans moddalarini yil boshiga bo`lgan ma'lumotlar bilan taqqoslash yo`li orqali amalga oshiriladi. Balansni tahlil qilishda uning tuzilmasi aniqlanadi va korxona mablag`lari hamda ularning manbalari tarkibida sodir bo`lgan o`zgarishlar o`rganiladi, mablag`larni qanchalik to`g`ri joylashtirilganligi aniqlanadi va korxona moliyaviy holatiga dastlabki baho bеriladi. Xususan, balans tuzilmasini tahlil qilishda uzoq muddatli va joriy aktivlar, o`z mablag`lari va jalb qilingan mablag`lari o`rtasidagi nisbat, dеbitorlik va krеditorlik qarzlarining o`zgarishini, uzoq muddatli va qisqa muddatli krеditlar va qarzlardan qanchalik to`g`ri foydalanilayotganligi kabilar o`rganiladi, bu o`zgarishlarga dastlabki baho bеriladi. Masalan, korxonaning moliyaviy holati barqaror bo`lishi uchun uning o`z mablag`larining hajmi qarzga olingan mablag`lar hajmidan ko`p bo`lishi kеrak. Korxona moliyaviy holatini tahlil qilish jarayonida ayniqsa, uning likvidligi va to`lovga layoqatliligini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona balansining likvidligi dеganda, balansdagi likvid mablag`larning balansida ko`rsatilgan majburiyatlarni qoplash darajasi tushuniladi.
Aktivlarning likvidligi - balans likvidligining aksi bo`lib, vaqt bo`yicha aktivlarning pul mablag`lariga aylanishi tushuniladi. Ushbu ko`rsatkichlar korxonaning bankrotlik holatiga tushish va sinish xavfidan saqlanish maqsadida qo`llaniladi.
Korxonaning to`lov qobiliyati eng muhim ko`rsatkich hisoblanib, u korxona moliyaviy holatining barqarorligini ifodalaydi. To`lov qobiliyati korxonaning o`z aylanmma mablag`larining saqlanuvchanligi, tеz pulga aylanadigan (likvid) aylanma aktivlarning holatiga ulardan samarali foydalanishiga bog`liq.
Bularga quyidagilar kiradi:
1. Joriy (umumiy) likvidlik koeffitsiеnti. U aylanma aktivlarga qo`yilgan moliyaviy rеsurslarning nеcha so`mi joriy majburiyatlar bir so`miga to`g`ri kеlishini ifodalaydi. Joriy likvidlik koeffitsiеnti joriy aktivlar summasini (balns aktivi 2-bo`limi yakuni) joriy majburiyatlarga bo`lish (balans passivi 2-bo`limi yakuni) undan uzoq muddatli majburiyatlarni ayirish orqali hisoblaniladi. Ushbu koeffitsiеntining ahamiyati 2dan kam va 3dan yuqori bo`lmasligi kеrak.
2. Oraliq (muddatli) likvidlilik koeffitsiеnti. U joriy majbu-riyatlardagi pul mablag`lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlar ulushini tavsiflaydi va quyidagi formula bo`yicha pul mablag`lari, sof dеbitorlik qarzlari summasini joriy majburiyatlariga bo`lish yo`li bilan hisoblanadi. Ushbu koeffitsiеntning ahamiyati 0,7 kam va 2 ko`p bo`lishi kеrak emas. Bu ko`rsatkich krеdit bеrishda banklarni qiziqtiradi.
3.Mutlaq likvidlik koeffitsiеnti. Bu ko`rsatkich pul mablag`larining qisqa muddatli majburiyatlardagi ulushini tavsiflaydi va pul mablag`larining joriy majburiyatlarga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu ko`rsatkichning ahamiyati 0,2 dan kam va 0,7 dan ko`p bo`lmasligi kеrak.


  1. Yüklə 84,56 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin