Mavzu: Ko’z – optik sistema Reja: Ko’z optik sistemasi va uning tuzilishi



Yüklə 8,62 Kb.
səhifə1/3
tarix20.06.2023
ölçüsü8,62 Kb.
#133196
  1   2   3
Mavzu Ko’z – optik sistema Reja Ko’z optik sistemasi va uning -fayllar.org


Mavzu: Ko’z – optik sistema Reja: Ko’z optik sistemasi va uning tuzilishi

Mavzu: Ko’z – optik sistema
Reja:

    • Ko’z optik sistemasi va uning tuzilishi

    • Ko’z optik sistemasida yuzaga keluvchi nuqsonlar va ko’rish maydoni

    • Ko’zga tutiladigan optik asboblar


Ko’z optik sistemasi va uning tuzilishi
Ko’z optik sistema bo’lib, buyumning tasviri ko’z soqqasining yorug’likka sezgir bo’lgan to’rsimon pardasida hosil bo’ladi. Odam ko’zining shakli shar shakliga yaqin bo’ladi. Ko’zning diametri 2.5 sm chamasida bo’ladi. Ko’z bosh suyagining maxsus chuqurchasida – ko’z soqqasida joylashgan bo’ladi.
Ko’z ko’z soqqasidan, ko’rish nervi va yordamchi qismlardan ( ko’z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar va ularning nervlari, qovoq va kipriklar, yosh bezlari, qon tomirlari kabilardan ) iborat. Ko’z soqqasi ikki qismdan iborat bo’ladi. Bular tashqi va ichki qismlardir.
Ko’z bajaradigan funksiyasiga ko’ra ikki qismdan iborat: ko’zning optik sistemasi va retseptor qismi. Ko’z optic sistemasi ham oz o’rnida to’rt qismga bo’linadi, ular ko’zning shox pardasi, ko’z ichki suyuqligi, gavxar, shishasimon tana.
Bular ko’zga tushadigan yorug’lik nurini sindirib o’tkazadi va uni ko’zning ichki to’r pardasida joylashgan retseptorlarga to’plab beradi. Yorug’lik nurini sindirib o’tkazishda ayniqsa, ko’z gavxari muhim o’rin tutadi.
Ko’z oqsil pardaga o’ralgan ancha murakkab sistema hisoblanadi. Oqsil pardaga tomirli parda va o’lchamlari 0.001 sm dan juda kichik yorug’lik sezgir elementlardan tuzilgan to’rsimon parda kelib tutashgan.
Bu elementlar ko’zni bosh miya bilan bog’lovchi ko’rish nervi tolalarining uchlaridir.
Ko’zning oldingi qismida oqsil pardashaffof muguz pardaga, tomirli parda esa kamalak pardaga aylanadi, kamalak pardaning o’rtasida ko’z qorachig’i deb atalgan teshik joylashgan.
Qorachiqning ortida ikki yoqlama qavariq linza shaklidagi shaffof elastik jism xrustalcha(ko’z gavxari) joylashgan.
Butun ko’z bo’shlig’i shaffof suyuqlik bilan to’lgan. Ko’z suyuqligining sindirish ko’rsatkichi 1.33 ga, muguz pardaning sindirish ko’rsatkichi 1.38 ga va xrustalchaniki o’rtacha 1,44 ga teng.
1-rasm.
Bu yerda: A – suvga oxshagan suyuqlik
L – gavhar
Q – shishasimon jism
I – ko’zning kamalak pardasi
R – ko’zning to’r pardasi
Biz ko’z bilan ko’rayotgan jismning tasviri to’r pardada joylashadi: u haqiqiy, kichiklashgan va teskari tasvir bo’ladi ( biz miyamizning korrektlash ta’siri ostida buyumning joylashishi to’g’risida to’g’ri taassurot olamiz). Ko’zning qorachig’i diafragma rolini o’ynaydi; uning diametri ko’zga tushayotgan yorug’lik miqdoriga qarab o’zgarib turadi. Endi ko’z tuzulishiga yanada chuqurroq yondashsak.
Ko’zning I kamalak pardasi ( yuqoridagi 1-rasmga qarang) yoki ko’z gavxarining muguz pardasi apertura diafragmasi vazifasini o’tashi ma’lum. Kamalak parda ko’z rangini ko’rsatadi; kamalak pardada kattaligi ozgaradigan teshik bo’ladi biz uni yuqorida ko’z qorachig’i deb atadik. Ko’zning old qismidagi suyuqlik sohasida qorachiqning tasviri aslida kirish qorachig’i hisoblanadi.

Yüklə 8,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin