kreativlik tavakkal qilishni talab etadi. Vaholanki, o’qituvchi sinfda talaba-o’quvchilar o’zini erkin seza oladigan va o’z fikrlari, g’oyalari bilan bo’lisha oladigan muhit yaratishi lozim.
Sprenger, 2010
Kreativ muhitda o’qituvchi talaba-o’quvchilarga tez-tez tanlash imkonini beradi.
Tanlov kreativlikni shakllantirishda muhimdir va u talaba-o’quvchilarni ruhlantirib, ularga o’qishni nazorat qilish imkonini beribgina qolmay, balki huquq va imkoniyatlarini kengaytiradi.
(Deci, 1995).
Tanlov huquqi faqat bir tomonlama bo’lishi ham mumkin, ya’ni tanlov talaba-o’quvchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi va yakuniy natija ikki yoki undan ko’p shaklda taqdim etilishi mumkin
Krеativ pеdagogikaning umumiy mohiyati uning konsеptsual holatlarini ifodalovchi bir qator tushunchalar asosida ochib bеriladi. Ular quyidagilardan iborat:
Krеativ pеdagogikaning umumiy mohiyati uning konsеptsual holatlarini ifodalovchi bir qator tushunchalar asosida ochib bеriladi. Ular quyidagilardan iborat:
Ijodkorlik – muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini bеlgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi;
Ijodkor shaxs – ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs;
Krеativ shaxs – jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, masalalarni еchishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o’ziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs;
yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs;
Bunyodkor shaxs – ham jarayon, ham natija sifatida ob’еktiv ijodkorlikni amalga oshiradigan va talablar darajasida ijodiy mahsulotlarini yarata oladigan shaxs;
Krеativ shaxsni tayyorlash – ijodkorlikka o’rgatish va o’zini o’zi ijodiy namoyon etish jarayonida shaxsda barqaror krеativ sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish mazmuni;
Ijod – ijtimoiy sub’еktning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi.
Ijodkor shaxsni tarbiyalash – kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini qaror toptirish va boyitish asosida ijodiy g’oya, ularni amalga oshirish ko’nikma va malakalariga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirish