Mavzu: Kreativ pedagogning fikrlashi an’anaviy pedagog fikrlashidan farqli tomonini tahlili. Umumiy tushuncha



Yüklə 27 Kb.
tarix04.10.2023
ölçüsü27 Kb.
#152091
1-amaliy mashg\'ulot


Mavzu: Kreativ pedagogning fikrlashi an’anaviy pedagog fikrlashidan farqli tomonini tahlili.
Umumiy tushuncha: Pedagogning imidji uning sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli yaltiroq bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq kiyinishida aks etadi. Soch turmagi uning erkin ishlashiga halaqit qilmasligi kerak.
Pedagogning kasbiy faoliyatiga mos ish kiyimiga ega bo‘lishi talabalarga u tomonidan ko‘rsatilaigan tarbiyaviy ta’sir samaraorligini oshiradi. Zero, ish kiyimi, eng avvalo, pedagogni tartibga o‘rgatadi, qolaversa, uning tartibliligi talabalar ham namuna bo‘la oladi.
Kasbiy faoliyat pedagogning pardoz maqsadlarida turli yorqin ranglar (qizil, qora, ko‘k, yashil, zarg‘aldoq va b. rangli tirnoq va soch bo‘yoqlaridan) foydalanmasligini taqozo etadi. SHuningdek, pedagog ta’lim muassasasiga o‘ta hashamdor, ochiq, yaltiroq liboslarda kelmasligi zarur. CHunki yorqin ranglar, hashamdor, ochiq, yaltiroq liboslar talabalarning e’tiborini ta’lim olishdan chetga tortadi. Bu esa o‘z-o‘zidan ta’lim sifati va samaradorligiga ziyon etkazadi. Demak, “pedagogik mahorat” tushunchasi o‘tgan asrning 80-90- yillarida ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan.
Amaliy ish: quyidagi matnni o’qib chiqing va Klasterda tushuntiring.
Topshiriq: zamonaviy pedagog imidji mavzusida taqdimot tayyorlang.
Nazorat uchun savollar:
1. “Mahorat” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
2. Pedagogik mahorat nima?
3. Pedagogik mahorat qanday muhim tarkibiy qismlardan iborat?
4. “Pedagogik deontologiya” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
5. Pedagogning kommunikativ qobiliyati nimalarda aks etadi?
6. Pedagogik muloqotning qanday turlari mavjud?
7. Pedagoglar talabalar bilan muloqot jarayonida qanday uslublarni qo‘llaydi?
8. Pedagogik nazokat (takt) nima?
9. Pedagogik nizo nima va unga xos belgilar qaysilar?
10. Pedagogik nizo qanday yo‘llar bilan hal etiladi?


Foydalanilgan adabiyotlar
Yo’ldoshev J.G., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari: T.”Tarbiyachi” 2004
Tolipova J.O. Pedagogik texnologiyalar-do’stona muhit yaratish omili.T Yunisef 2005y
Tolipov U.Q.Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari (o’quv qo’llanma).-T.”Fan” nashriyoti.2006y
Yüklə 27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin