Mavzu. Kreditning taminoti va uning shakllari reja: Kirish Kreditning taminoti va uning shakllari


Kreditning taminoti va uning shakllari



Yüklə 59,8 Kb.
səhifə2/6
tarix13.04.2023
ölçüsü59,8 Kb.
#97563
1   2   3   4   5   6
Mavzu. Kreditning taminoti va uning shakllari reja Kirish Kredi

2.Kreditning taminoti va uning shakllari
Pul bor joyda qarz olish va qarz berish yuzaga keladi, bu ishni banklar bajaradi. Kredit deganda o„z egalari qo„lida vaqtincha bo„sh turgan pul mablag„larini boshqalar tomonidan ma‟lum muddatga haq to„lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan munosabatlar tushuniladi. Bank o„zgalar pulini jamlab uni o„z nomidan kreditga beradi. Buyerda kredit munosabati ikki subyekt o„rtasida yuzaga keladi: biri pul egasi, ya‟ni qarz beruvchi (kreditor) va ikkinchisi, pulga muhtoj, ya‟ni qarz oluvchi (qarzdor). Kredit munosabati amalga oshishi uchun uning zarur unsurlari, ya‟ni kreditning obyekti va subyekti bo„lishi lozim . Kredit munosabatlari. Kredit subyektlari har xil, bularga korxona, firma, tashkilot, davlat va turli toifadagi aholi kiradi. Kreditning obyekti har qanday pul emas, balki faqat vaqtincha bo„sh turgan, egasi tomonidan ishlatilmay va qarzga berilishi mumkin bo„lgan puldir. Bo„sh pul uch xil bo„ladi: Kredit munosabatlari Kredit subyektlari Kreditor Qarz oluvchi Kredit obyekti Qarzga berilgan pul  tadbirkorlar yoki katta puldorlar qo„lidagi pul, ya‟ni pul kapitali;  aholi qo„lidagi pul – ertami kech ehtiyojni qondirish uchun to„plangan pul, egasi qo„lida kapital emas, balki iste‟molini qondirish vositasi;  davlat ixtiyoridagi pul. Bu ham pul kapitali (davlat korxonasi uchun), ham umumiy iste‟mol pulidir. Aytilgan turdagi bo„sh pullar ssuda (qarz) fondini tashkil etadi va uning yuzaga kelishi obyektiv tarzda muqarrardir. Qarzga berilgan pul, ya‟ni kredit harakatini quyidagicha ifodalash mumkin: Kb  Ko Ki  Kfq Buyerda: Kb – kredit berildi; Ko – kredit olindi; Ki – kredit ishlatildi; Kfq – kredit foiz (%) bilan qaytarildi. Shu tarzda bo„sh pullar kreditning asosiy sharti-qarz uchun haq to„lashni ta‟minlaydi. Bu haq qarz qilingan summaga nisbatan foiz hisobida olinganidan u qarz protsenti deb yuritiladi. Qarz protsenti pul bozorida amal qiladi. Kredit to„rt xil funksiyani bajaradi. Birinchidan, pulga tenglashtirilgan to„lov vositalarini (masalan, veksel, chek, sertifikat va b.) yuzaga chiqarib, ularni xo„jalik aylanmasiga jalb qiladi. (veksel – qarz majburiyatnomasi, chek – bankdagi pulni talab qiluvchi hujjat, sertifikat – pul to„langanligi, qarz berilganligini tasdiqlovchi hujjat). Kredit tufayli pul muomalasi doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni naqd pulsiz operatsiyalar bilan almashtiradi. Bu esa ichki va xalqaro bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmni osonlashtiradi va tezlashtiradi. Ikkinchidan, qarz berish orqali pul mablag„larini turli tarmoqlar o„rtasida qayta taqsimlash bilan ishlab chiqarish resurslarining ko„chib turishini ta‟minlaydi. Qayta taqsimlash funksiyasi yordamida korxonalar, tashkilotlar, shaxsiy va davlat sektorining bo„sh pul mablag„lari, daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga muayyan to„lov asosida beriladi. Bu funksiya yordamida ishlab chiqarishdagi mutanosibliklar (pro- 300 porsiyalar) va pul kapitali harakati boshqarilib turiladi. Uchinchidan, qarz berish tufayli muomala xarajatlarini tejash imkoniyati tug„iladi. Ma‟lumki, kredit vujudga kelish davridan boshlab haqiqiy pullar (oltin, kumush) o„rnini kredit pullari – veksellar, banknotalar, cheklar bajarib kelgan. Ayniqsa, oltin (kumush)ning monetar roli va uning yo„qolib borganligi tufayli kreditning bu funksiyasi yordamida naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirib, uning tezkorligi va kam xarajatliligini ta‟minlab kelmoqda. Bu funksiya ssuda kapitaliga aylangan qarzning muomalada bo„lish vaqtining tejalishi uning ishlab chiqarishda bo„lish vaqtini oshiradi va ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydaning ortishiga olib keladi. Xo„jalik subyektlari pul mablag„larining kelib tushishi va ishlatilishi o„rtasidagi vaqt bo„yicha farq faqatgina ortiqcha mablag„lar hajmini emas, balki moliyaviy mablag„larning yetishmovchiligini ham aniqlab beradi. Shu sababli korxona va tashkilotlarning o„z aylanma mablag„- larining vaqtinchalik yetishmovchiligini to„ldirish uchun ssudalarni olish keng tarqalib boryapti. To„rtinchidan, qarz berish, qarzni undirish vositalari orqali iqtisodiy o„sishni rag„batlantirishga erishiladi. Masalan, bank krediti hisobidan qurilayotgan qo„shma yoki xorijiy korxonalar respublikaning va jahon bozorining ehtiyojini qondirsa, bu hol kreditning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi funksiyasining ijobiy amal qilganligidan dalolat beradi. Va aksincha, kredit xalq xo„jaligiga turli yo„llar bilan asossiz ravishda ko„p berilsa va oqibatda pul massasi ko„payib, milliy pul qadrsizlansa yoki olingan xalqaro kreditlardan samarali foydalanilmasa va mamlakat o„zining boshqa daromad manbalari, masalan, oltinini sotish hisobidan kreditni qaytarsa, bu hol kredit funksiyasining salbiy amal qilganligidan dalolat beradi. Kreditga bo„lgan talab qaysi usulda va muddatda, kim tomonidan qondirilishiga va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, kredit bir necha turlarga bo„linadi . Uzoq muddatli kreditlashda kreditlar 3-5 yil muddatda beriladi. 1 yildan 3-5 yilgacha bo„lgan kreditlar o„rta muddatli kreditlar deyiladi. Qisqa muddatli kredit berishda kreditlar bir necha oydan bir yilgacha bo„lgan muddatda beriladi. Bu turdagi kreditlar:  aylanma kapitalni to„ldiruvchi;  qurilish maqsadida olinadigan «oraliq»;  qimmatli qog„ozlar dilerlariga beriladigan. Muddati o„tgan kreditlar (aktivlar) – qarzdor tomonidan kredit shartnomasida ko„zda tutilgan to„lash shartlari va jadvali buzilgan hamda asosiy qarz va unga doir foizlarning navbatdagi to„lovi to„lov muddati yetib kelganidan so„ng to„lanmagan kreditlar. Restrukturizatsiya qilingan kreditlar (aktivlar) – qarzdorning moliyaviy ahvoli yomonlashishi sababli to„lovning dastlabki shartlari o„zgargan kreditlar. Agarda bank tomonidan quyidagi amallarning hech bo„lmaganda bittasi bajarilsa, kreditlar (aktivlar) restrukturizatsiyalangan hisoblanadi: – foiz stavkasining kamaytirilishi yoki hisoblangan foizlarning undirib olinmasligi; – jami asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan voz kechilishi; – kreditni to„lash muddatining kechiktirilishi yoki uzaytirilishi; – foizlarga doir to„lovlarning bir qismi yoki umumiy miqdoridan voz kechish; – oddiy sharoitlarda qarzdorga berilmay, balki kreditni restrukturizatsiyalash zarurligi natijasida qilinishi mumkin bo„lgan boshqa yon berishlar. O„stirilmaydigan kreditlar (aktivlar) – belgilangan tartibga muvofiq foizlar hisoblanishi to„xtatiladigan kreditlar (aktivlar). Yaxshi ta‟minlangan kreditlar – qimmatli qog„ozlar bozorida baholanadigan mulk yoki kreditning asosiy summasi va unga doir foizlarni to„liq qoplash imkonini beradigan miqdorda bank depozitlari ko„rinishidagi garov bilan ta‟minlangan kreditlar. Uzoq muddatli kreditlar asosan asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish va ular bilan bog„liq sohalarni ta‟minlashga ishlatiladi.


Yüklə 59,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin