Mavzu. Kreditning taminoti va uning shakllari reja: Kirish Kreditning taminoti va uning shakllari



Yüklə 59,8 Kb.
səhifə4/6
tarix13.04.2023
ölçüsü59,8 Kb.
#97563
1   2   3   4   5   6
Mavzu. Kreditning taminoti va uning shakllari reja Kirish Kredi

4.Kreditning shakllari
1. Bank krediti - Iqtisodiyotda juda keng tarqalgan kredit shakli bo„lib, uning obyekti pul mablag„larini bevosita ssudaga berish jarayoni hisoblanadi. Bunda qarz oluvchi sifatida huquqiy shaxslar, aholi, davlat, xorijiy davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Qarz beruvchi sifatida esa faqatgina banklar qatnashadi. 2. Davlat krediti - Kreditlash aholiga sotiladigan davlat zayomlari, obligatsiyalari bilan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, davlat jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi. Demak, davlat bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etadi. 3. Tijorat krediti- Bu sotuvchilarning xaridorlarga tovar shaklida beradigan kreditidir. Bu kredit moliya va tovar krediti shaklida bo„lishi mumkin. Moliya krediti eksportyorlarga ayrim kredit bitimlari bo„yicha, importyorlarga sotib oladigan tovarlariga to„lashi uchun pul qarzi ko„rinishida beriladi. Tovar kreditida tovarlar nasiyaga beriladi, xaridor sotuvchiga o„z qarzini tasdiqlovchi guvohnoma-veksel beradi. Nasiyaga berilgan tovar necha so„m tursa, shu qarz miqdori hisoblanadi. Tovar krediti lizing shaklida ham bo„lishi mumkin. Lizing shartnomalari bo„yicha qimmat turadigan mashina va uskunalar qarzga (ijaraga) olib ishlatiladi.
4. Iste‟molchi krediti - Tijorat banklari tadbirkorlik uchun firmalarga qarz bersa, iste‟molchilarga tovar sotib olish uchun qarz beradi. Buning natijasida iste‟molchi krediti paydo bo„ladi. Bu kredit aholiga iste‟mol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy xarajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, o„zaro yordam qarzlari va boshqa ko„rinishlarda qarz beriladi. Bu faqat iste‟molni qondirishga xizmat qiladi.
5. Xalqaro kredit - Bu muddatli, qaytimli va foiz to„lash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el korxonalarining aksiyalari va boshqa qimmatli qog„ozlariga foyda olish maqsadlarida qo„yiladigan kapital.

Yüklə 59,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin