I guruhga'. 1. Erish va qotish deb nimaga aytlladl?
2. Erish va qotish bilan ichki energiya orasida qanday bog'lanishlar mayjud?
II guruhga: Erish temperaturasida turgan 2 kg muzni suvga aylantirish uchun unga qancha issiqlik miqdori kerak?
Erish temperaturasida 5 kg jismni batamom eritguncha 420 kg issiqlik miqdori sarflandi? Bu jism qaysi moddadan tayyorlangan?
5. O’quvchilarni baholash:O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi
6. Uy vazifalari. Darslikdagi 19- § ni o'qish.
Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob yozish.
«Erish va qotishning texnika va turmushdagi ahamiyati» mavzusida hisobot yozish.
30-dars Sana: 9-sinf Mavzu: Bug’lanish va kondensatsiya. Qaynash Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarga bug'lanish, kondensatsiya, qaynash, to'yingan va to'yinmagan bug' haqida ma'lumotlar berish.
b) O’quvchilarga ekologik tarbiya berish, ehtiyotkorlikka o’rgatish
d) O’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash qobiliyatini oshirish
Dars turi: Yangi bilim berish
Tayanch so'zlar: bug'lanish, bug'lanish issiqligi, kritik temperatura, kondensatsiya, to'yingan bug', to'yinmagan bug', dinamik muvozanat, qaynash, qaynash temperaturasi.
Dars jihozlari: kolba, suv, spirtovka, jadval, maxsus slayd, kodoskop.
Darsda foydalaniladigan metodlar: «Blits savollar», «Modifikatsiya- langan ma'ruza», «Наr kim har kimga o'rgatadi» interfaol metodlari.
Dars rejasi: 1.Tashkiliy qism (3 minut).
2.O’tilgan mavzuni eslash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash(4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)
Darsning borishi Tashkiliy qism. Dars jihozlarini tayyorlash, uy vazifalarini tekshirish maqsadida foydalaniladigan «Blits savollar» metodidan foydalanishga hozirlik ko'rish.
Uy vazifalarini tekshirish. O'qituvchi «Blits savollar» metodidan foydalanib uy vazifalarini tekshirish uchun o'quvchilarga quyidagi savol va topshiriqlar bilan murojaat qiladi:
Erish deb nimaga aytiladi?
Qotish deb nimaga aytiladi?
Erish va qotish temperaturasi haqida nima bilasiz?
Solishtirma erish issiqligi nima?
Turmushda erish va qotishning ahamiyatini aytib bering.
Yangi mavzuning bayoni.
O'qituvchi mavzuni yoritishda «Modifikatsiyalangan ma'ruza» metodidan foydalanadi. Bunda quyidagi asosiy tushunchalarga e'tibor berishi zarur:
bug'lanish;
kondensatsiya;
to'yingan va to'yinmagan bug';
qaynash.
Mavzuni tushuntirish jarayonida tajribaga asoslanadi, dars ko'rgazmali tarzda olib borilsa, uning samaradorligi yana-da ortadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
«Наг kim har kimga o'rgatadi» interfaol metodidan foydalaniladi. Bunda o'quvchilar dars jarayonida o'zlashtirib olgan bilimlarini namoyish etadilar.
«Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 1206-, 1209-, 1212- va 1214- savollar muhokama qilinadi va ularga javob topiladi.