Immunomodulyatorlar — organizmning himoya xususiyatlarini yaxshilaydigan preparatlar bo’lib, ichak mikroflorasi buzilganda bunday preparatlarni qabul qilish tiklanish jarayonini tezlashtiradi. Immunomodulyatorlardan foydalanish faqat shifokor tavsiyasi bo’yicha amalga oshirilishi kerak, afzallikni esa o’simlik asosida tayyorlangan vositalarga berish kerak.
Antigistamin preparatlar. Ichak disbakteriozi fonida rivojlanishi mumkin bo’lgan allergik reaktsiyalar paydo bo’lishining oldini olish uchun ishlatiladi.
Spazmolitiklar. Ko’pincha ich ketishi bilan birga kechayotgan disbakteriozda buyuriladi. Eng mashhur spazmolitik preparat bu No-Shpa hisoblanadi, faqat ich ketishini to’xtatish uchun esa Loperamid tavsiya etiladi. Ichak mikroflorasining buzilishi ich qotish bilan birga kuzatilsa, u holda vaziyatni to’g’irlash uchun maxsus shamchalar qo’llaniladi.