Mavzu: Kron kasalligi, ichak disbakteriozi


Foydali ichak mikroflorasi organizm uchun juda muhim bo’lgan bir qator funksiyalarni bajaradi, shuning uchun muvozanatdagi har qanday nomutanosiblik sog’liq uchun salbiy oqibatlarga aylanadi



Yüklə 430,25 Kb.
səhifə3/6
tarix25.12.2023
ölçüsü430,25 Kb.
#194741
1   2   3   4   5   6
Allayorova Sarvinoz

Foydali ichak mikroflorasi organizm uchun juda muhim bo’lgan bir qator funksiyalarni bajaradi, shuning uchun muvozanatdagi har qanday nomutanosiblik sog’liq uchun salbiy oqibatlarga aylanadi

  • Ichak shilliq qavatini patogen bakteriyalar va viruslardan himoya qiladi, parazitlar kirib borishini oldini oladi, toksinlar va allergenlarning zararli ta’sirini oldini oladi.
  • Ovqat hazm qilish jarayonida qatnashadi, ovqat hazm bo’lishiga va assimilyatsiyasiga yordam beradi
  • Metabolik jarayonlar uchun zarur bo’lgan hayotiy moddalarni sintez qilishda ishtirok etadi. Bularga fermentlar, aminokislotalar va vitaminlar kiradi. Masalan, oshqozon tayoqchasi 9 xil vitamin ishlab chiqaradi. Shuningdek, mikroorganizmlar yordamida ichakning to’g’ri harakatlanishini ta’minlaydigan va tanani saraton o’smalaridan himoya qiladigan moddalar hosil bo’ladi.
  • Zaharlarni zararsizlantirish (oziq-ovqat bilan iste’mol qilingan va tanada hosil bo’lgan). Ular orasida nitratlar, oqsil metabolizmining toksik mahsulotlari (indol, skatol, fenol) mavjud.
  • Shilliq qavatni yallig’lanish va degeneratsiyadan himoya qiladi (yupqalashishdan).
  • Kalsiy, temir, vitaminlar va boshqa foydali moddalarni yanada samarali singdirilishiga yordam beradi.
  • Ichak shilliq qavatining mahalliy immunitetini shakllantiradi, umumiy inson immuniteti holatiga ta’sir qiladi.

Ichak disbakteriozi sabablari

Ichak disbakteriozidan, afsuski, katta shaharning katta va kichik aholisi aziyat chekadi . Disbakterioz rivojlanishining asosiy sababi bu turmush tarzi:

  • doimiy bir xil ovqatlanish, vitaminlar, minerallar va tolalar yetishmasligi;
  • ovqatlanish rejimini muvozanatsizligi, duch kelganda ovqatlanish;
  • yangi tug’ilgan chaqaloqlarni va hayotning birinchi yilidagi bolalarni sun’iy sut aralashmalari bilan oziqlantirish, bolalar uchun sun’iy oziqlarning aksariyati bifidogen emas;
  • doimiy jismoniy va psixologik stress sharoitida yashash;
  • joydan joyga ko’p ko’chib o’tish, o’zgaruvchan yashash sharoiti;
  • ko’p sonli dorilarni iste’mol qilish.

  • Yüklə 430,25 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin