Mavzu: Leksikagrafiya. Lug'at va uning turlari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə1/2
tarix13.11.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#68923
  1   2
Leksikagrafiya. Lug\'at va uning turlari


Ma’mun universitetining filologiya fakulteti filologiya va tillarini o’qitish ingliz tili ta'lim yo’nalishi 22.5-guruh talabasi Rahmatullayeva Oltinoyning Tilshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi .
MAVZU: Leksikagrafiya. Lug'at va uning turlari
REJA:
1. Leksikografiya - lug’atshunoslikni o’rganuvchi fan 2. Lug’at va uning turlari
3. Lug’at tuzish asoslari va shakllari
Leksikografiya - lug’atshunoslikni o’rganuvchi fan har qanday xalqning betakror milliy boyligi uning o’z so’zlari hamda turg’un iboralaridir. Zamon va makon ta’sirida tilning lug’at boyligi doimiy ravishda rivojlanib boradi. Hayot, turmush tarzi taraqqiyot va kashfiyotlar yangi-yangi so’zlar, tushunchalarni dunyoga keltiradi , ba’zi so’zlar esa eskirib iste’moldan chiqadi.Ana shunday dinamik rivojdagi bebaho boylikni o’z vaqtida tarix zarvaraqlariga muxrlash, tilning oltin sahifalarini durlash bilan to’ldirib boorish faqat matonatli, zahmatkash, fidokor tilshunos siymolar gagina nasib etadi. Bunday buyuklarning nomi abadiy hurmatda bo’ladi.
Buning yorqin isboti uchun bobomiz Mahmud Koshg’iy nomini tilga olish kifoyadir. Uning qariyib 1000 yil ilgari yaratgan turkiy tillar tahliliga bag’ishlangan “Devonu lug’atit turk” asari barcha turkiy xalqlarning betakror boyligi hisoblanadi. Mahmud Koshg’ariyning nomi esa tarix sahifalariga abadiy muxrlandi.
LEKSIKOGRAFIYA (leksika va… grafiya) — 1) lugʻatlar tuzish, amaliy lugʻatchilik. Amaliy lugʻatchilik lugʻatlar tuzish barobarida bir qator ijtimoiy muhim vazifalarni bajaradi: oʻz va oʻzga tillarni oʻrganish; ona tilini tavsiflash va meʼyorlashtirish (izohli, imlo va b. turdagi lugʻatlar yordamida); tillararo aloqa-munosabatni taʼminlash (ikki va koʻp tilli lugʻatlar, soʻzlashgichlar); muayyan til leksikasini ilmiy oʻrganish (etimologik, tarixiy lugʻatlar) va b. L. lugʻat tuzish ishi sifatida turli xalqlarda yozuv taraqqiyotining ilk bosqichlarida u yoki bu tushunarsiz (eskirgan, dialektal, maxsus yoki chet tilga mansub) soʻzning qanday maʼno anglatishini bilish ehtiyoji natijasida paydo boʻlgan. Dastlabki tuzilgan lugʻatlar umumlashgan, universal xususiyatga ega boʻlgan (lugʻatlarning turli shakllari, koʻrinishlari keyingi davrlarda yuzaga kelgan). Oʻzbek Leksikografiyasi tarixi Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asaridan boshlangan deb aytish mumkin. Ushbu lugʻat faqat soʻzlar va ularning maʼnolarini tavsiflab qolmasdan, turkiy xalqlar tarixi, urf-odatlari, geografik joylashuvi kabi keng maʼlumotlar manbai hisoblanadi. Shu bilan birga u dastlabki ikki tilli (turkiycha-arabcha) lugʻatlardandir.
Lug’at tuzish ishining naqadar mashaqqatli ekanligi, tuzuvchilarning fozil, sabrli , har qanday mayda-chuyda elementlarga ham o’ta sinchkovlik bilan yondashuvchilar ekanligini professor M.E. Umarxo’jayev Berlin akademiyasi lug’atshunoslik bo’limida kuzatgan edi. “Worterbuch der deutschen Gegenwartsschrache” lug’ati tuzilishi jarayonini kuzatganda, ustoz lug’atshunos olima Rut Klappenbax va uning rahbarligidagi lug’at tuzuvchilar har bir so’zning fo’netik shakli, morfologik qurilishi va ma’no turlarini bir necha yuzlab, xatto minglab uzoq tarixiy manbalardan olingan tasdiqlovchi misol- kartotekalar orqali hozirgi kundagi aniq holatni ifodalaganlariga guvoh bo’lgan
Zamonaviy Leksikografiya muayyan davr jamiyatidagi bilimlar majmuini aks ettiruvchi lugʻatlarning muhim ijtimoiy vazifasini alohida qayd etadi. Leksikografiya lugʻatlar tipologiyasini ishlab chiqadi. Shu jihatdan bir tilli Leksikografiya (izohli va b. lugʻatlar), ikki tilli Leksikografiya (tarjima lugʻatlar), oʻquv Leksikografiyasi (til oʻrganishga maxsuslashgan lugʻatlar), ilmiy-texnik Leksikografiya (terminologik lugʻatlar) oʻzaro farqlanadi.
Ikki tilli lug'atlar ikkinchi til o'rganuvchilar uchun zarur vositalar bo'lib xizmat qiladi, lekin ularni to'g'ri ishlatish faqatgina bitta tilda bitta so'zni tomosha qilish va siz ko'rib turgan birinchi tarjimani tanlashdan ko'proq narsani talab qiladi.
Ko'p so'zlar boshqa tilda bir nechta mumkin ekvivalentga, jumladan sinonimlarga, turli registrlarga va nutqning turli qismlariga ega . So'zlar va so'z birikmalarida qaltis bo'lishi mumkin, chunki qaysi so'zni qidirish kerakligini bilib olishingiz kerak. Bundan tashqari, ikki tilli lug'atlar ixtisoslashgan atamalardan va qisqartmalardan, talaffuz ko'rsatish uchun fonetik alifbodan va cheklangan miqdordagi hajmda ko'p ma'lumotni taqdim etish uchun boshqa texnikalardan foydalanadi.
Izohli lug’atlarda lug’aviy birliklarning ma’nosi izohlanadi. Agar lig’aviy birlik ko’p ma’noli bo’lsa uning barcha ma’nolari belgilanadi va har bir ma’nosi izohlanadi. Umumiy izohli lug’larda so’zlarningma’nosi izohlanadi, ularning Grammatik, stilistik, frazeologik iborada qatnashishi kabi belgi xususiyatlari ko’rsatiladi. Lug’aviy birlikning ma’nosi izohlanadi shunga misol keltiriladi. Izohli lug’atlarga quyidagi lug’atlarni misol qilib keltirish mumkin.
O’zbek tilining yangi izohli lug’ati, yangi tahrirda chiqarilgan, O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot institute “O’zbek tilining izohli lug’ati” 5 jildli bo’lib, 80 000 dan ortiq so’z va so’z birikmasini o’z ichiga oladi. O’zbek tilining ushbu izohli lug’ati keng xronologik doirada o’zbek tilining butun so’z boyligini emas , balki hozirgi zamon o’zbek tilining keng iste’moldagi so’z boyligini to’plash va tavsiflashni o’ziga maqsad qilib qo’yadi. Chunki o’zbek tili XX asrning 2-yarmida, xususan, keyingi o’z yilda yangi- yangi so’zlar so’z shakllari va ifoda vositalari bilan boyidi shu bilan birga, sifat jihatidan ham ancha o’zgardi.
Shunday qilib, lug’atning asosiy vazifasi hozirgi o’zbek adabiy tilining so’z boyligini to’plash va tavsiflash bilan birga uning meyorlarini belgilash va barqarorlashtirishdan iboratdir. Ayni zamonda u nutq madaniyatining yuksalishiga ham xizmat qiladi.
Lug'atlarning muayyan xalq manaviyati va milliy madaniyatida muhim o'rin egallashi isbot talab qilmaydigan holatdir. Ularda jamiyatning rna'lum davrda erishgan bilinilari aks etadi. Lug'atlar ma'lum ijtimoiy vazifalar bajarishi, jumladan, o'quvchiga muayyan hodisa yolci hola^haqida ma'lumot berishi, uni o'z va o'zga tillardagi so'zlar bilan tanishtirishi, tilni, uning lug'at tarkibini takomillashtirish va tartibga solishga yordam berishi bilan katta ahamiyatga ega bo'lib, doimo zamonaga hamnafas tarzda mukammalashib borishi zarur. Biroq lug'atlar qanchalik zamonaviy, mukammal bo'lmasin, davrdan ma'lum darajada orqada qolib, so'zlar hamda ular ifodalagan narsa va hodisalar o'rtasidagi u yoki bu o'zgarishlar natijasida yuzaga kelgan yangicha munosabatlarni kechikib qayd etadilar.
Bu tushunadi va tabiiy hol.
Har qanday milliy tilning asosiy so'z boyligini, shu tilning tarixan rivojlanishi hamda muayyan lug'atni yaratish chog'idagi turg'un holatini lisoniy tizim va nutqiy faoliyat birligida ifoda qiluvchi katta hajmli filologik lug'atlar ulkan madaniy ahamiyatga molilc ishlar sifatida baholanishga loyiqdir. Shu bilan birga, ularni keng kitobxonlar qo'lidan tushmay, har doim faol qo'llanish muddati esa, abadiy emas.
Leksikadagi taraqqiyot yangi lug'aviy birliklarning naydo bo'lishi, ma'lum lug'aviy birliklarning iste'moldan chiqishi, so'zlarning yangi ma'noiar kasb etishi va ayrim ma'nolarning yo'qolishi kabi hodisalar bilan xarakterlanadi. Ana shunday o'zgarishlar ma'lum darajaga etgach, ularni nazariy va amaliy jihatdan aks ettiruvchi ishlarga ehtiyoj tug'iladi. Amaldagi "O'zbek tilining izohli lug'ati" ham xuddi shunday ehtiyoj, talab tufayli juda katta mehnat evaziga yuzaga kelgan va u ma'lum vaqtga qadar (aytish mumkinki, O'zbekiston mustaqillikka erishguncha, 90- yillar o'rtalarigacha) o"z vazifasini o'tab keldi. Lekin bu lug'at ma'lum sabablarga ko'ra, xususan, lug'atga so'z tanlashdan boshlab, so'z ma'nolarini belgilash, qayd etish, izohlash masalalarida bir qator kamchiliklarga egaligi, o'tgan asrning 70- yillaridan shu vaqtga qadar o'zbek tili lelcsikasida ro'y bergan katta o'zgarishlarni o'zida aks ettirmaganligi, eng asosiysi - hozirgi davrimizga, resnublikaning mustaqillik holatiga mos, muvofiq kelmaydigan siyosiy, mavkuraviy qarashlarni muayyan darajada ifodalanganligi tufayli, hozirgi kun talablariga javob bera olmay qoldi

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin