Mavzu: Leksikagrafiya. Lug'at va uning turlari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə2/2
tarix13.11.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#68923
1   2
Leksikagrafiya. Lug\'at va uning turlari

Lug’atlarning turlari
Filologik lug‘atlarga turli sohalarga oid lug‘atlar ham kiradi. Bularda fan, texnika, ishlab chiqarishning ma`lum sohasiga oid so‘z-terminlar izohlanadi. Soha lug‘atlari ichida eng keng tarqalgani terminologik lug‘atlardir. Bunday lug‘atlar bir tilli, ikki tilli, ko‘p tilli bo‘ladi. Bir tilli terminologik lug‘atlarda bir tilning ma`lum sohaga oid terminlari izohlanadi. Bunga O.S.Axmanovaning "Slovar’ lingvisticheskix terminov" (1966) va D.E.Rozental, M.A.Telenkovalarning "Spravochnik lingvisticheskix terminov" (1972) nomli kitoblari, H.Hasanovning "Geografiya terminlari lug‘ati" (1964). H.Homidiy, Sh.Abdullayeva, S.Ibrohimovalarning "Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati" (1967), Olim Usmon tahriri ostida nashr qilin-gan "Ijtimoiy-siyosiy terminlar lug‘ati" (1976) kabilarni kiritish mumkin.
Ikki tilli terminologik lug‘atlarga N.T. Hotamovning "Adabiyotshunoslikdan qisqacha ruscha-o‘zbekcha terminologik lug‘at"i (1969). Sh. Bayburov va N. Takanayevning "Pedagogikadan qisqacha ruscha-o‘zbekcha terminologik lug‘at"i (1963) kabilar kiradi
Lug‘atlarning turi yuqoridagilari bilan cheklanmaydi. Tematik, differensial, yangi so‘zlar, qisqartma so‘zlar, chastota, qofiya lug‘atlari ham mavjud. Masalan, tematik lug‘atlarda so‘zlar ma`nolariga ko‘ra gurahlanadi. Bunday lug‘atlar biror fikrni ifodalash uchun eng qulay so‘zlarni topish imkoniyatini beradi. Bunga ingliz tili asosida tuzilgan Roje (Roget) lug‘ati, Muhammad Yoqub Chingi tomonidan tuzilgan "Kelurnoma" nomli (XVIII asr) lug‘atning oxirgi XV bobi misol bo‘ladi.
Xalqning oqsib borayotgan talablarini qondirish maqsadida lug‘atning yangi-yangi turlari yaratilishi tabiiydir.
Hozirgi tilshunoslikda tezauras lug‘at (grekcha thesayros - manba) yoki ideografik lug‘at tuzish masalasi ustida ish olib borilmoqda. Tezauras lug‘at ma`lum so‘z bilan ma`nolari bog‘lanuvchi barcha so‘zlarni qamrab oladi.
Lug‘at - so‘z xazinasi, undan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish inson bilimini kengaytirish, lug‘at boyligini oshirishda hamda fikrni to‘g‘ri va ravon ifodalashda muhim omildir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
  • A.AAsqarov va H.Zohidovlarning "Lotincha-o‘zbekcha-ruscha normal anatomiya lug‘ati" (1964)
  • Bayburov va N. Takanayevning "Pedagogikadan qisqacha ruscha-o‘zbekcha terminologik lug‘at"i (1963)
  • www.ziyouz.com
  • www.Wikipedia.com

E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT
Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin