So‘zlarning biror maqsadda to‘planib, tartibga solingan yig‘indisi lug‘at deyiladi.
2
Lug‘at tuzishning nazariy va amaliy tamoyillari haqidagi soha leksikografiya (grekcha lexicon - lug‘at va grapho - yozaman) deyiladi.
3
Lug‘at tuzuvchi mutaxassislar leksikografiar deyiladi. Lug‘at tuzish tamoyillari va metodikasini ishlab chiqish, leksikografiar ishini tashkil qilish, lug‘at tuzish uchun asos bo‘ladigan kartotekalar tuzish, ularni sistemalashtirish va saqlash leksikografiyaning vazifasidir.
Tarixiy lug‘atlarning o‘ziga xos jihatlari: Tarixiy lug‘atlar
Ular yolg‘iz so‘zlikning o‘zidan iborat emas, ularda grammatik qoidalar aralash beriladi.
Lug‘atdan joy olgan muayyan guruh so‘zlardan keyin ularning grammatik qoidalari, ko‘p o‘rinda esa so‘zning talaffuzi yoki morfem tuzilishini berish maqsadida unga tegishli fonetik va morfologik qoidalar keltiriladi.
O‘tmishda yaratilgan grammatik asarlarning ko‘pida birinchi bo‘limi lug‘at bo‘lsa, keying bo‘limlar grammatik qoidalarga bag‘ishlangan bo‘ladi.
LUG‘ATLARNING MAQSAD VA VAZIFASIGA KO‘RA TURLARI: Lug‘at turlari
Qomusiy
Filologik
QOMUSIY LUG‘ATLAR: Qomusiy lug‘atlarda fan, texnika va madaniyatning barcha sohalariga oid tushunchalar izohlanadi. ularda tabiat hodisalari, ijtimoiy hayotdagi voqealar, mashhur kishilar haqida ma`lumotlar beriladi.
So‘zning o‘zi haqida faqat uning kelib chiqishini ko‘rsatish bilan chegaralaniladi. Shuning uchun bunday lug‘atlar tushuncha lug‘at deb yuritiladi. Odatda, bunday lug‘atlarda rasmlar, karta va sxemalar ham keltiriladi.
Qomusiy lug‘atlarda so‘z va iboralar alfavit tartibida maqolaning sarlavhasi sifatida qo‘yiladi. Qomusiy lug‘atlar maqsad va vazifasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: umumiy qomusiy (ensiklopedik) lug‘at va biror sohaning (qomusiy) lug‘ati.
Umumiy qomusiy lug‘atlarga "Britaniya lug‘ati", "O‘zbekiston qomusi"misol bo‘ladi. Biror sohaning qomusiy lug‘atlariga "Adabiyot qomusi". "Pedagogik qomus". "Texnik qomus". "Qishloq xo‘jalik qomusi" kabilar kiradi. Qomusiy lug‘at Sharqda "Qomus", G‘arbda esa "Tezaurus" deb ham yuritiladi.