FILOLOGIK LUG‘ATLAR: Filologik lug‘atlarda asosiy eqtibor so‘zga yoki so‘z birik-masiga beriladi va ular har tomonlama izohlanadi. Bunday lug‘atlar ham alfavit tartibida tuziladi va izohlanadigan so‘z yoki so‘z birikmasi sarlavha sifatida keltiriladi.
Filologik lug‘atlar ikki xil bo‘ladi: umumiy va maxsus filologik lug‘atlar. Umumiy filologik lug‘atlarda hamma qo‘llaydigan so‘zlarning izohi beriladi. Bular bir tilli, ikki tilli, ko‘p tilli bo‘ladi.
Qomusiy lug‘atlarda so‘z va iboralar alfavit tartibida maqolaning sarlavhasi sifatida qo‘yiladi. Qomusiy lug‘atlar maqsad va vazifasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: umumiy qomusiy (ensiklopedik) lug‘at va biror sohaning (qomusiy) lug‘ati. Qo‘yilgan maqsadga ko‘ra bir tilli filologik lug‘atlar bir qan-cha turlarga bo‘linadi. Masalan, izohli lug‘atlar, maxsus lingvistik lug‘atlar: etimologik lug‘at, morfem lug‘at, frazeologik lug‘at, sinonim so‘zlar lug‘ati, orfoepik lug‘at, chappa lug‘at, atoqli otlar lug‘ati, joy nomlari lug‘ati, mashhur yozuvchilar asarlari lug‘ati kabilar.
2. Umarov E. Eski o‘zbek lug‘atlari. –Toshkent. 1994 y.
3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati.Ikki tomli. 1-t (Moskva: “Rus tili”, 1981.-631-b.).2-t (Moskva: “Rus tili”, 1981.-715-b.).
4. O‘zbek tilining izohli lug‘ati.5 tomlik. I t (Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006 y. -680-b.). II t (2006 y.-672-b.). III t (2006 y.-688-b.).IV t.(2008 y.-608-b.).V t.(2008 y.-592-b.).