Mavzu. Leksikologiya haqida ma’lumot



Yüklə 14,69 Kb.
tarix24.10.2023
ölçüsü14,69 Kb.
#160770

1-mavzu. LEKSIKOLOGIYA HAQIDA MA’LUMOT
I. Mavzu yuzasidan savol - javob qilish.
1) leksikologiya deb nimaga aytiladi?
2) tilning lug’at tarkibi deganda nimani tushunasiz?
3) tilning lug’at tarkibi qanday manbalar asosida boyiydi?
4) leksika nima? Leksika atamasining qo’llanilishiga izoh bering;
5) leksikologiyaning qanday tarmoqlarini bilasiz?
6) leksikologiya necha qismdan iborat;
7) semasiologiyada qanday masalalar o’rganiladi?
8) etimologiya nima?
9) onomastikaning qanday tarmoqlari bor?
10) leksikologiyaning asosiy maqsad va vazifalariga nimalar kiradi?
II. Mashq. Quyidagi gaplar tarkibidagi ochiq, toza, shira
leksemalarining bosh va yasama (hosila) ma'nolarini izohlang:
1. Eshik va darchalar ocliiq bo’lsa ham, uyda birov ko’rinmadi. 2. Elmurod ko’nglidagini ochiq aytib qo'ya qoldi. 3. U ichi kirsiz, serkulgi, ochchiqqina yigit edi. 4. A 'zoyi badanlmni doimo toza tutaman. 5. Mana bu durmi? Juda toza ekan. Nuri opamda ham bor-a? 6. Gulnor kelgach, u Yo’lchi bilan qizga shivirladi: -Mana bu juda toza choy. 7. Paxta tersang toza ter, chanog’ida qolmasin. 8. Yigit-qizlar xolaning gaplariga toza kulishdi. 9. Tarvuz yesang, Anorboynikldan ye, shirasi tilingni yoradi. 10. Ovozning shirasi qochgan, keksalik.
III. Mashq. Quyidagi sifat va fe'llarni qavs ichidagi otlar bilan biriktiring.
To’g’ri va ko’chma ma'nolarni aniqlang.
Qattiq (yong’oq, sovuq, uyqu), yumshoq (non, ovoz, suv), iliq (suv, munosabatlar), sovuq (suv, xabar), chuqur (ariq, tekshirmoq), toza (hovli, qalb), egri (tayoq, ish), ochmoq (eshik, ko’ngil, oyna), olmoq (majburiyat, asir, ketmon), ko’tarmoq (tosh, qo'1, ovoz), qurmoq (uy, yo'1).
IV. Kartochka bilan ishlash.
1-kartochka. Semasiologiya deb nimaga aytiladi?
2-kartochka. So’zning semantik tarkibiga nimalar kiradi?
3-kartochka. Leksik ma'no nima?
4-kartochka. Tushuncha nima?
5-kartochka. Leksik ma'noning qanday turlarini bilasiz?
6-kartochka. Bosh ma'no va yasama ma'nolarga ta'rif bering.
7-kartochka. To’g’ri va ko’chma ma'nolarga misollar keltiring.
8-kartochka. Qanday ma'nolar nominativ ma'no, qanday ma'nolar majoziy ma'no deb ataladi?
9-kartochka. Erkin va bog’li ma'nolarning bir-biridan farqini tushuntiring.
10-kartochka. Etimologik leksik ma'noni izohlab bering.
11-kartochka. Qo’shimcha ottenka nima?
12-kartochka. Hissiy bo’yoq deganda nimani anglaysiz? Bunday bo’yoqli so’zlarni misollar asosida tushuntirib bering.
13-kartochka. Uslubiy belgi nima? Shunday belgisi bor bo’lgan so’zlarga misollar toping.
V. Test bilan ishlash.


I test.
Lug’at tarkibidagi qanday so’zIar leksik ma'noga ega? Javoblarning qaysi birini to’g’ri deb bilasiz?
1. Predmet, belgi, miqdor, harakat va holat haqidagi tushunchaiarni bildiruvchi so’zlar leksik ma'noga ega.
2. Barcha so’zlar leksik ma'noga ega.
3. Yordamchi so’zlardan boshqa barcha so’zlar leksik ma'noga ega.
4. Undov va taqlidiy so’zlardan boshqa barcha so’zlar leksik ma'noga ega.
5. Predmet, belgi, miqdorni bildiruvchi so’zlar leksik ma'noga ega.
II test.
Hissiy bo’yoq nima? Qaysi qatorda hissiy bo’yoqli leksemalarga to’g’ri misollar keltirilgan?
1. Zebo, naynov, tirjaymoq, bashara, ilakishmoq, barzangi, chehra, sanqimoq, suluv, satang, jamol, hiringlamoq, sohibjamol, tamtani.
2. Yuz, novcha, badburush, kulmoq, do’mboq, xomkalla, valdiramoq, kazzob, zumrasha, kenjatoy, qishloq, jirillamoq, gazanda, so’tak.
3. Bosh, tasqara, oyimcha, to’ng’illamoq, jilolanmoq, chiroyli, indamas, xursand, daroz, xonimcha, merov, yomon, do’ndiqcha, otaxon.
4. Sovg’a, lavang, azamat, kulmoq, pismiq, qizaloq, go’rso’xta, nayrangboz, irjaymoq, ishshaymoq, mal'un, onaxon, qizlarjon, zumrasha.
III test.
Uslubiy belgi nima? Qaysi qatorda uslubiy belgiga ega bo’lgan leksemadar to’g’ri qayd qilingan?
1. Nido, zebo, chiroyli, novcha, zap, qardoshlik, iqbol, baxt, relyef, ozod, paqqos, chidam.
2. Osuda, nido, mohitabon, lolagun, yashang, o’lib-tirilib, po’rim, do’stlik, qardoshlik, chinor, ruboiy, uchburchak, teorema, shartnoma, tilxat, qaror.
3. Yoron, ishvanoz, picha, jo’n, pul, yuz, konstitutsiya, baxt, o’lguday, suv, tez, vazn, tuyg’u, sarlavha, jamiyat, ittifoq.
4. Ariza, akt, beshak, mujda, ko’z, tog’, o’rmon, ketvorgan, to’zim, kvadrat, kub, semema, morfologiya, bahor, daryo.
Yüklə 14,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin