SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ ISSUE 4
ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 562
YAN AMOS KOMENSKIYNING PEDAGOGIK G‘OYALARI
Akmaljon Ikrom o’g’li Axmedov
Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada pedagogika rivoji uchun hissa qo‘shgan
olimlarning buyuk
g‘oyalari yoritilgan.
Tayanch so‘zlar: “Buyuk didaktika”, ”Onalar maktabi“, inson tabiatni bir
qismi,” eng oddiy elementlar”, “bilim olaman desang, takror qil” ko‘rgazmalilik, Yan
Amon Komenskiy.
Buyuk slavyan pedagogi Yan Amon Komenskiy 1592-yilda Chex diniy jamoasida
tegirmonchi oilasida tug‘ildi, jamoadagi maktabda o‘qidi. Komenskiy ota-onasidan erta
judo bo‘ladi, jamoa a’zolari
yordamida universitetga kirib, o‘qishni tamomlagandan
keyin, Fulkenns shahridagi qardoshlik maktabida o‘qituvchi bo‘lib xizmat qildi. So‘ngra
mahalliy jamoada rahbarlik vazifasida ishlaydi, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanib, chex
tilining
xususiyatlarini, xalq og‘zaki ijodini o‘rganadi, qardoshlik maktablaridagi
o‘qitish mazmuni va usullarini takomillashtirish ustida ish olib boradi. 1628-yilda chex
xalqi bilan birga Po’lshaning Leshno shahriga ko‘chib keladi, bu shaharda ham
qardoshlik
maktabini ochib, o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi, o‘ziga olamshumul shuhrat
keltirgan “Buyuk didaktika “ va “Onalar maktabi “ asarlarini nashr qildiradi. Shvetsiya
va Vengriyada bo‘lganda ham maktablarni isloh qilish bilan shug‘ullanadi, “Hislar
vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari “
darsligini, “Insoniy ishlarni
tuzatish haqida umumiy maslahatlar “ asarlarini yozadi.
Komenskiy bola tarbiyasi, insonning tabiat bilan uyg‘unligi haqida.
Komenskiy o‘rta asrdan farqli o‘laroq tug‘ilganidan
boshlab bola egallagan
qobiliyatini xudoning tuhfasi hisobladi va ayni paytda, bu qobiliyat faqat tarbiya
jarayonida rivojlanishini o‘qtirdi. Komenskiy insonning rivojlanishida tarbiyaning o‘rni
benihoya ekanligiga ishonadi va tarbiya tufayligina har qanday
bolani yuksak axloqli
ma’lumotli qilib yetishtirish mumkin degan fikrni bildirdi, bolani yoshlik chog‘idan
jismonan sog‘lom, ma’naviyatli qilib tarbiyalashni talab qildi.
Komenskiy o‘z pedagogik qarashlarida insonni tabiatni bir qismi deb hisobladi va
tabiatdagi barcha mavjudodni yagona bir qonunga bo‘ysunadi, degan g‘oyani olg‘a
suradi. Uning fikricha, ta’limni, bolalarni narsa va mavjudodlar
bilan tanishtirishdan,
ularni idrok qildirishdan boshlash, undan keyin ularga xos xususiyatlarni o‘rganishga
o‘tish zarur.