Scientific progress volume ǀ issue ǀ


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)



Yüklə 451,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix11.04.2023
ölçüsü451,11 Kb.
#96244
1   2   3   4   5
yan-amos-komenskiyning-pedagogik-g-oyalari

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 563
Komenskiyning fikricha, bolaning yosh xususiyatlarni hisobga olish asosiga 
qurilgan ta’limgina uyg‘un bo‘ladi.
Komenskiy barcha bolalarni bilimlarni idrok qilishga qodir deb hisoblab, “barchani 
hamma narsaga o‘rgatish” zarurligini, ta’limning umumiy bo‘lishini talab qiladi.
Komenskiy maktab bolalariga har tomonlama bilim berishi, ularning aql-idroki,
axloqi, his-tuyg‘ulari va irodasini rivojlantirishi lozimligini ta’kidlaydi.
Komenskiy inson rivojlantirishini to‘rt bosqichga: go‘daklik, bolalik, o‘smirlik, 
yetuklik davrlarga bo‘ladi.Komenskiy tug‘ilganidan boshlab 6yoshgacha bo‘lgan 
bolalar uchun alohida onalar maktabini ochishni, ularga onalar rahbarligida ta’lim va 
tarbiya berishni tavsiya etadi. Uning tavsiyasi bo‘yicha, 6 yoshdan 12 yoshgacha 
bo‘lgan bolalar o‘qish ona tilida olib boriladigan maktabda ta’lim oladilar. Ilm olishga 
moyilliga sezilgan 12-18 yoshli yigit qizlar shaharda tashkil etiladigan lotin maktabi 
yoki gimnaziyaga borishlari lozim. Komenskiy olim bo‘lishni xohlagan 18 yoshdan 24 
yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun har bir davlatda akademiyalar tashkil etishni taklif 
qiladi.
Komenskiy barcha bosqichlar uchun (akademiyadan tashqari) ta’limning 
mazmunini ishlab chiqadi. U har bir fanning o‘qitilishini “eng oddiy elimentlardan 
“boshlab, bolalar bilimi rivojini hisobga olgan holda takomillashtirib borishni tavsiya 
etadi.
Konstantin Dmitriy Ushinskiy
Hayoti va pedagogik faoliyati
K. D. Ushinskiy 1824-yilda Tula shahrida tug‘ildi. U Novgorod-Severskdagi 
gimnaziyada o‘rta ma’lumot olgach, 1840-yilda Moskva universitetining adliya 
(yuridik) fakultetida o‘qidi, mustaqil ravishda rus, nemis, fransuz tillarini o‘rgandi. 
Universitetni tamom qilgandan keyin Yaroslavldagi adliya litseyida qomus 
(ensiklopediya), qonunshunoslik, davlat huquqi va moliya fanlari kafedrasiga professor 
lavozimini bajaruvchi qilib tayinlandi.
Ushinskiy bu davrda talabalarda ilm-fanga havas uyg‘otishga, xalqqa muhabbat 
tuyg‘usini shakllantirishga e’tibor berdi.
Ushinskiy Smol’niy institutida ishlash bilan birga, “Jurnal Ministerstva 
prosvesheniya”ga muharrarlik qildi, uni nazariy-metodika jurnaliga aylantirdi, butun 
diqqatini pedagogika, didaktika va psixologiya masalalariga qaratdi.
Ushinskiy pedagogikada xalqchillik tarbiyasi g‘oyasi haqida
Ushinskiy pedagogika tizimiga xalqchillik prinsipini asos qilib oldi, xalq 
manfaatlariga muvofiq tuzilgan tarbiya tizimi bolalarda vatanparvarlik va milliy iftixor, 
mehnatga muhabbat, axloqiy sifatlarni rivojlantirish va mustahkamlashni isbotladi.
Ushinskiy tarbiyaning maqsadi va vazifalari haqida


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601

Yüklə 451,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin