Page 564
Ushinskiyning fikricha, tarbiyaning muhim xususiyati barcha vositalar va usullar
yordami bilan bolaga uning kamol topishiga, iroda va xulq atvorning
mustahkamlanishiga ta’sir etishidir.
Ushinskiy tavsiya etgan tarbiya vazifalari bolaning erkin ijodiy faoliyat bilan
shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yib berish, shu faoliyatning o‘sib borishi uchun zarur bo‘lgan
tabiiy va ijtimoiy muhitni boshqarib borish, bolaning faoliyatiga shaxsan tarbiyachi
rahbarlik qilib turishini, ammo bunda bolaning erkini bo‘g‘ib qo‘ymaslik, bolada
foydali odat va axloq masalalarini to‘planib borishiga imkon yaratishdan iborat bo‘ldi.
Ushinskiy bola faoliyatida mehnat va uning tarbiyaviy ahamiyati haqida
Ushinskiyning fikricha, mehnat kishining aqliy va jismoniy jihatdan kamol topishi
uchun zamin yaratadi. Tarbiya ta’lim bilan bog‘langan taqdirdagina, o‘zining ulug‘
vazifasini bajara oladi; yosh avlodni eng qisqa bir muddat davomida insoniyat erishgan
darajaga o‘stirib bora oladi. Shuning uchun ham, Ushinskiy ta’limning umumpedagogik
asoslaridan biri-ta’limning tarbiyaviy mohiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Ushinskiy ta’limni tarbiya bilan bog‘lab borish zarurligini, avvalo, bolalarda bir
butun dunyoqarash va mustahkam e’tiqodni tarbiyalash zarurligini uqtirdi.
Ushinskiy didaktika o‘qitish nazariyasining psixologik asoslarini o‘sha vaqtdagi
ilmiy muvaffaqiyatlarga muvofiq ravishda bayon qilib berdi. Uning ta’limotida diqqat,
iroda, xotira va xisyutrlarni tarbiyalash to‘g‘risida va bu psixik hodisalar
qonug‘iyatlarini ta’limga tadbiq etish to‘g‘risida qimmatli ko‘rsatmalar borligini
ko‘ramiz. Ghunonchi, u har qanday ta’lim jarayonida shakllar yo‘li bilan bolalarning
faol diqqatini rivojlantirish, qanday qilib ongli xotirani tarbiyalash, takrorlash yo‘li bilan
o‘quv materiallarini o‘quvchilar ongida mustahkamlashni tavsiya qildi.
Ushinskiy iroda va uning ahamiyati izohlab, ta’limni iroda bilan bog‘langan,
ixtiyoriy bir jarayon deb ta’riflaydi. Bu jarayonning asosini maqsadga intilish, o‘qishga
bo‘lgan ehtiyojini qondirishga intilish tashkil etadi.
Ushinskiy dars va o‘qitish usullari haqida
Ushinskiy ta’lim -tarbiya ishida o‘quvchilarning faolligiga va tashabbuskorligiga
tayanish kerakligini uqtirar ekan, ta’lim bolalarga mukammal bilim bermog‘i va
malakalar hosil qilishi uchun aniq-ravshan, shu bilan birga, tartibli va izchil bo‘lmog‘i
lozim, deb ta’kidlaydi.
Ushinskiy ta’lim jarayonidagi ko‘rgazmalilik bola bevosita idrok etadigan aniq
obrazlar asosiga bo‘linishini ta’kidladi.
Ushinskiy ko‘rgazmalilik tushunchasiga suratlar, kolleksiyalar, modellar, jadvallar
va boshqa ko‘rgazma qurollarini, biz ko‘rib turgan olamdagi buyumlar va hodisalarni,
shuningdek, bolaning turmush tajribasini va badiiy asarlardan aniq obrazlar orqali
ifodalangan hayotiy voqealarni ham kiritgan.