Mavzu: Lishayniklar bo`limi (Lichenes). Reja



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə4/4
tarix23.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#134325
1   2   3   4
Mavzu Lishayniklar bo`limi (Lichenes). Reja

Bug`u lishaynigiXaltachasimonlar sinfining, Gimnokarpsimonlar kenja sinfi, Yumaloqmevasimonlar guruhining kladoniya turkumiga mansub bo`lib, asosan tundra zonasida o`sadi. Qishda tundra bug`ulari uchun asosiy yem xashak o`simlik hisoblanadi.
Usnea – Xaltachasimonlar sinfining, Gimnokarpsimonlar kenja sinfi, Yumaloqmevasimonlar guruhining Usnea turkumiga mansub bo`lib bo`lib, butasimon yoki tik ko`tarilib o`suvchi, substratga rizoidlar yordamida birikuvchi qattanalar hosil qiladi. Usneaning markazida zich joylashgan giflardan iborat o`q silindr bor.
Kladoniya – Xaltachasimonlar sinfining, Gimnokarpsimonlar kenja sinfi, Yumaloqmevasimonlar guruhining kladoniya turkumiga mansub bo`lib, qattanalari gorizontal holatda tangachasimon, bargsimon, uzoq vaqt saqlanib turadi.
Parmeliya – Xaltachasimonlar sinfining, Gimnokarpsimonlar kenja sinfi, Yumaloqmevasimonlar guruhining parmeliya turkumiga mansub bo`lib, bargsimon qattanaga ega ekanligi bilan xarakterlanadi.
Lishayniklar yashash sharoiti eng qiyin joylarda tarqalganligiga qaramasdan havoning ifloslanishiga bardosh bera olmaydi. Shuning uchun ham ular shahar sharoitida kam o`sadi. Umuman olganda esa lishayniklarning suvsiz, oziqa muhiti deyarli bo`lmagan joylarda o`sishini hisobga olib, ularni o`simliklarning “pioneer” i deb atashadi.
Lishaynik turlarining ahamiyati katta bo`lib, turli sohalarda ishlatiladi, har xil maqsadlar uchun foydalaniladi. Lishayniklarning tabiatdagi ahamiyati ham beqiyos kattadir. Tundra sharoitida o`sadigan lishayniklar bug`ular uchun asosiy oziqa hisoblanadi. Umuman esa lishayniklar toshlarda o`sib, ularni parchalaydi va tuproq hosil qilishda katta rol o`ynaydi. Shuningdek, lishayniklar qimmatbaho bo`yoqlar, parfumeriya mahsulotlari tayyorlashda ham ishlatiladi. Oziq-ovqat, meditsinada, sanoatida efir moyi olish uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. Ayrim turlari zaharli bo`lib, uni shimolda ovchilar bo`rilarni zaharlashda ishlatadilar.
Nazorat savollari:



  1. Lishayniklarni birinchi bo`lib kim aniqlagan?

  2. Lishayniklar mоrfоlоgik tuzilishiga ko`ra necha xil tipda bo`ladi?

  3. Lishayniklarning ko`payishi necha xil usulda boradi?

  4. Sorediya nima?

  5. Izidiya nima?

  6. Lishayniklarni kimning sistemasiga binoan sistemaga solingan va u nimaga asoslangan?

  7. Lishayniklar bo`limi nechta sinfga bo`linadi?

  8. Suvo`tlarning zamburug` to`qimasida joylashganiga qarab nechta guruhga bo`linadi?

  9. Lishayniklarning tarqalishi va ahamiyati?

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin