M avzu: Ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo’yicha qarorlarni asoslash. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURIZM SOHASINI TIKLASH VA RIVOJLANTIRISH UCHUN QULAY SHART-SHAROITLARNI YARATISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini turizm hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash orqali kamaytirish, mamlakatda sanitariya-epidemiologik vaziyat yaxshilanishiga qarab turizm sohasini jadal qayta tiklash, shuningdek, “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-son Farmoni va “Sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda, turizm sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang. Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Turoperator va turagentlik xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablag‘lar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;
Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Fuqarolar yig‘inlariga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” va “Turizm ovuli” maqomini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 8-ilovaga muvofiq;
Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida nizom 9-ilovaga muvofiq;
Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 10-ilovaga muvofiq;