Mavzu: lqtisodiy tahlilda balansli bog'lanish, zanjirli bog'lanish usullari. Iqtisodiy tahlil metodi


Mavzu: Korxonalarning moliyaviy natijalarini tahlil qilishning ahamiyati tuzilishi va ularning tarkibi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə41/106
tarix18.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#144963
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106
Mavzu: Korxonalarning moliyaviy natijalarini tahlil qilishning ahamiyati tuzilishi va ularning tarkibi.

Korxonalar moliyaviy holati tahlilining ahamiyati,maqsadi va vazifalari

Moliyaviy tahlilning asosiy qismi bo’lib korxonalar moliyaviy xolatining tahlili hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy xolati uning moliyaviy barqarorligi, moliyaviy mustaqilligi, to’lovga qodirligi, o’z mablag’lari bilan ta’minlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlari xolati kabi jihatlarini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu ko’rsatkichlar darajasini o’rganish va tahlil etish hamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham ushbu ko’rsatkichlarni o’z vaqtida tahlil qilib turish – korxonaning moliyaviy axvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustaxkamlash uchun shart sharoit yaratadi. Shu nuqtai nazardan tahlilning ahamiyati nixoyatda katta va beqiyosdir.


Moliyaviy xolat taxlilining maksadi nimadan iborat?
Taxlilning maksadi bulib, moliyaviy borkarorlik darajasini, tulovga kodir ahvolini, o’z va qarz mablag’lari bilan ta’minlanishdarajasini, moliyaviy mustaqillik ahvolini, debitorlik va kreditorlik qarzlarining muayyan davrga bo’lgan holatini o’rganishasosida korxona moliyaviy holatiga baho berish va uni yaxshilash imkoniyatlarini ko’rsatish hisoblanadi.


Taxlilning asosiy vazifalari kuyidagilardir:
1.Korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va o’zgarishiga baho berish;
2.Moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning o’zgarishiga baho berish;
3.Balans likvidligi ko’rsatkichlarini aniqlash va ularning o’zgarishini tahlil qilish;
4.Korxonaning to’lov layoqati koeffisiyentini aniqlash va uning o’zgarishiga baho berish;
5.Moliyaviy koeffisiyentlarni aniqlash va ularning o’zgarishiga baho berish.
6.Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligini o’rganish
7.Debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o’rganish.
8.Foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish bo’yicha tavsiyalar, takliflar berish.
Aktiv va passiblarning tahlili

Buxgalteriya balansi-netto asosida xo’jalikning umumiy moliyaviy holatining tahlili gorizontal va vertikal tahlil usullari orqali amalga oshiriladi.


Buning uchun birinchi navbatda korxonaning aktivlari va passivlari tarkibi va tarkibiy tuzilishi hisoblab olinadi. Shundan so’ng tahlil boshlandi. Tahlilda korxona aktivlari va passivlaridagi umumiy va tarkibiy o’zgarishlar balansning har qaysi tomoni bo’yicha alohida o’rganiladi.
Gorizontal tahlil usuli yordamida aktivning ham, passivning ham tarkibini tahlili har bir bo’limi va har bir moddasi bo’yicha yil oxiridagi summasini yil boshidagi summasiga solishtirib, mutloq va nisbiy o’zgarishlarini aniqlab, baho berish bilan amalga oshiriladi. Ularning tarkibining tahlili bilan bar qatorda tarkibiy tuzilishi ham o’rganiladi. Buning uchun har bir bo’lim va moddalar bo’yicha aniqlangan yil oxiridagi salmog’ini yil boshidagi salmog’iga solishtirib, tarkibiy tuzilish holati tahlil qilindi. So’ngra mutlaq va nisbiy o’zgarishlar asosida moliyaviy ahvolning umumiy holatiga baho beriladi.
Korxonaning holatiga baho berishda balans ma’lumotlari asosida moliyaviy koeffisiyentlarni aniqlash va tahlil qilish katta ahamiyat kasb etadi, chunki ular asosida moliyaviy ahvolni yaxshilash imkoniyatlari aniqlandi. Shular jumlasiga moliyaviy barqarorlik, to’lovga qodirlik koeffisiyentlari kiradi. Endi,shu koeffisiyentlar tahlil qilish usuliga to’xtalamiz.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin