Mavzu: Kritik darajadan past bahoda qo'shimcha buyurtmalar qabul qilish boyicha qarorlami tahliliy baholash. Tadbirkorlik subyektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam ko‘rsatish hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hamkorlari — nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi nizom 11-ilovaga muvofiq;
Turizm axborot markazlarini barpo etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom 12-ilovaga muvofiq;
“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom 13-ilovaga muvofiq;
“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 14 va 15-ilovalarga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang. Sotishdan tushgan mablag‘larning 50 foizi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan amaldagi va bugungi kunda foydalanilmayotgan sobiq turizm sohasidagi davlat aktivlari va ular egallab turgan yer uchastkalari ro‘yxati 16-ilovaga muvofiq;
(1-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son) Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning mamlakat turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) 17-ilovaga muvofiq;
Turizm sohasida amalga oshirish tavsiya qilinadigan innovatsion biznes g‘oya va startaplar ro‘yxati 18-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Chora-tadbirlar rejasi bajarilishi ustidan doimiy monitoringni olib borilishini hamda monitoring natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) har oy yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar axborot kiritilishini ta’minlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining amaldagi avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi negizida jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan turar joylarni ijaraga berishning yagona Reyestrini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Turar joylarni ijaraga berishning Yagona elektron reyestrini yuritish va ularni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 19-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang. a) Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq chiqish turizmi yo‘nalishi bo‘yicha turoperator va turagent faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘yilgan quyidagi litsenziya talablari:
turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashni tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi 2021-yil 1-avgustdan;
15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish 2024-yil 1-avgustdan kuchga kiradi.
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 477-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/477/0801-son) b) O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK) turizm axborot markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markaz) faoliyatini muvofiqlashtiradi va quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Markaz tizimi orqali boshqa tashabbuskorlar tomonidan tashkil etilgan va tegishli hududlarda faoliyat olib borayotgan markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
barcha markazlarga kerakli metodik va amaliy yordam ko‘rsatish, ularni zarur axborot va targ‘ibot materiallari bilan ta’minlash;
markazlar reyestrini yuritish va monitoringini olib borish;
markazlar faoliyatida mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
v) “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK tomonidan tashkil etilgan markazlar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida davlat mulki obyektlari, shu jumladan ustav fondida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan binolar va yer uchastkalari doimiy foydalanishga bepul asosda ajratiladi;
g) Markaz tashkil etish joyni belgilash O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
d) O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga aeroport, temir yo‘l vokzali hamda davlat mulki obyekti bo‘lgan, shu jumladan ustav fondida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan avtovokzallarda Markaz tashkil etish uchun ajratilgan maydonlardan tekin foydalanish huquqi beriladi;