Mavzu: Korxonalarning moliyaviy holatini o'rganishning ahamiyati. Buxgalteriya hisobiga bag'ishlangan asarlar Evropa mamlakatlarida (Gollandiya, Angliya, Fransiya kabi mamlakatlarda) XVI—XVII asrlarda keng ko'lamda yaratila boshlagan. Rossiyada esa XIX asrda paydo bo'lgan. Rossiyada buxgalteriya hisobiga bag'ishlangan birinchi asar bo'lib, V. S. Nemchinov tomonidan 1840-yilda nashr qilingan ikki qismdan iborat bo'lgan «Hisob fani» kitobi hisoblanadi. Bu ma’lumot ham professor M. Q. Pardayevning yuqorida nomi zikr etilgan darsligi asosida bayon qilindi. Shundan keyin buxgalteriya hisobiga bag'ishlangan kitoblar safi Rossiyada kengayib borgan. Tahlilning elementlari XVIII asr oxirlarida hisob m a'lum otlari asosida paydo bo'la boshlagan. Tahlil elem entlari Rossiyada 1880-yildan boshlab chiqa boshlagan «Schetovodstvo» jurnali sahifalaridan o'rin olgan m aqolalarda aks ettirila boshlagan. Ushbu maqolalar asosan buxgalteriya balansining tahliliga bag'ishlangan. Natijada iqtisodiy tahlil faniga asos solingan. M azkur fan ilk m arta «Balarisshunoslik» fani tariqasida paydo bo'lgan. Iqtisodiy tahlil hozirgi shakllangan fan shakliga kelgunga qadar bir qancha evolutsion yo'lni bosib o'tgan. U balansshunoslik, balans tahlili, hisob tahlili, balans va tahlil, iqtisodiy tahlil shakllarida paydo bo'lgan. 8 Bu fan 1940-yillarga kelib, «Xo'jalik faoliyatini tahlil qilish» fani sifatida to‘liq shakllangan va oliy o'quv yurtlarida mustaqil fan tariqasida o'qitila boshlandi. Keyinroq «buxgalteriya hisobi va xo'jalik faoliyatining tahlili» mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlana boshlangan, mustaqillikka erishiganidan keyin respublikamizda iqtisodiy tahlil mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlanmoqda. XX asrning 50-60-yillaridan boshlab, tahlil fanining iqtisodiyot tarnioqlariga mos holda bir qancha turlari vujudga keldi. Bularga sanoat korxonalari faoliyatining tahlili, qishloq xo'jalik korxonalari faoliyatining tahlili, savdo korxonalari faoliyatining tahlili hamda boshqa sohalar korxonalari faoliyatining tahlili kabilarni misol qilib ko'rsatish m um kin. O'tgan asrning 80-yillaridan boshlab iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish bo'yicha ijodiy ishlar olib borildi va natijada u fan shaklida tashkil topdi. Ushbu fan nazariyasini birinchi bo'lib Moskvalik olimlar М. Г. Bakanov va A. D. Sheremet 1987-yilda «Teoriya ekonomicheskogo analiza» nomi bilan yaratishgan. Shundan keyin bu fan Ukrainalik, Belorussiyalik va O'zbekistonlik olimlar tomonidan ham darslik sifatida yaratildi. Mazkur fan MDH davlatlari oliy o'quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o'rganib kelinmoqda. O'zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining tashkil topishida va shakllanishida Samarqandlik va Toshkentlik olimlarning xizmati kattadir. Shunday olimlar qarotida I. T. Abdukarimov, Y. Abdullayev, A. V. Vahobov, A. T. Ibrohimov, M. Q. Pardayev, A. A. Abdiyev, N. F. Ishonqulov kabilarni ko'rsatish mumkin. Bu olimlarning darslik va o'quv qo'llanmalari oliy o'quv yurtlari talabalari uchun iqtisodiy tahlil fani bo'yicha asosiy o'quv quroli bo'lib qo'llanilib kelinmoqda.
Yaratilgan o'quv adabiyotlari orasida A. V. Vahobov, A. T. Ibrohimov, N. F. Ishonqulov tomonidan «M oliyaviy va boshqaruv tahlili» darsligi alohida o'rinni egallaydi, chunki u «Ta’lim to'g'risida» va «K adrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi qonunlar talablariga to'liq mos holda tayyorlangan. Samarqandlik olimlardan iqtisodiy tahlil fani bo'yicha o'quv qo'llanma va darsliklar yaratishda professor I. T. Abdukarimov va professor M. Q. Pardayevning xizmati kattadir. Professor M. Q. Pardayev tomonidan yaratilgan «Iqtisodiy tahlil nazariyasi» darsligi hozirgi paytda O'zbekistondagi oliy o'quv yurtlarining «Iqtisodiyot», «Buxgalteriya hisobi va audit» yo'nalishlari talabalari uchun asosiy o'quv adabiyoti sifatida foydalanib kelinmoqda. 9 1.2. Bilish nazariyasi va tahlil Inson o'z bilinii tufayli borliq, tabiat va jamiyatni hamda o'zinio‘zi o'zgartiradi. Inson, uning ongi va bilimi to'g'risidagi fanlar orasida falsafaning maxsus bo'limi «Gneseologiya» muhim o'rinni egallaydi.
Gneseologiya umumiy bilish nazariyasi bo'lib hisoblanadi, ya’ni buni «Bilish falsafasi» deb ham atashadi. «Gneseologiya» yunoncha so'z bo'lib, «gnosis» - bilish, «logos» - nazariya ma’nosini anglatadi. Demak, gneseologiya - bilish nazariyasi, bilish to'g'risidagi ta’limot ma’nosini bildiradi. «Olam va odam» tizimida dunyoni anglash, subyekt va obyektlar orasidagi munosabatlar dialektikasi «Bilish nazariyasi» orqali namoyon bo'ladi. Bilish nazariyasi orqali jam iyatda sodir bo'lgan va bo'layotgan hodisa va jarayonlam ing o'zaro aloqasi va bog'liqligi, harakati va o'zgarishi o'rganiladi, baho beriladi hamda ular orasidagi qonuniyatlar ochilib, xulosalar chiqariladi. Demak, hodisa va jarayonlar o'zaro bog'liqlikda, o'zgarishda, rivojlanish va taraqqiy etishda ekanligi hamda biror-bir qotib qolgan jarayon yo'qligi ushbu nazariya orqali isbotlangan.
Bilish nazariyasi barcha fanlar uchun ham nazariy, ham uslubiy asos bo'lib xizmat qiladi. Iqtisodiy tahlil fani va, shu jumladan, uning asosiy turlaridan biri bo'lgan «Qishloq xo'jalik korxonalari faoliyatining tahlili» fani ham o'z faoliyatida dialektikaning barcha jarayonlar va hodisalar uzviy bog'liqlik va aloqada, doimiy harakat va o'zgarishda, rivojlanish va taraqqiyotda degan tamoyillariga asoslanadi, shuning uchun u ham barcha ishlab chiqarish tarmoqlarida va shu jum ladan qishloq xo'jalik korxonalari faoliyatida sodir bo'lgan va bo'layotgan iqtisodiy jarayonlar va ularning natijalarini ifodalovchi ko'rsatkichlarni bir-biri bilan uzviy bog'liqlikda, harakatda va doimiy o'zgarishda deb qaraydi.