Mavzu: lqtisodiy tahlilda balansli bog'lanish, zanjirli bog'lanish usullari. Iqtisodiy tahlil metodi


Mavzu: Lizing muomalalari samaradorligi tahlili



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə99/106
tarix18.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#144963
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106
Mavzu: Lizing muomalalari samaradorligi tahlili.
Investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalari va usullarini amal qilish sohasi va darajasiga ko’ra 40-50 yilgacha muddat bilan ishlab chiqilishi mumkin. Undagi hisob- kitoblar esa shu davrga mo’ljallangan bashoratlar asosida tizimli amalga oshiriladi. Bunday loyihalar, ko’proq, davlat ahamiyatiga molik va hukumat mablag’lari evaziga moliyalashtiriladigan ob’ektlarni ishga tushirish yoki muayyan sohaning tizimli o’zgartirilishini bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida keng qamrovli va uzoq yillarga mo’ljallangan bashoratlar asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Bunga mamlakat bo’yicha kommunikatsiya tarmog’ini tizimli zamonaviylashtirishga, aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashga mo’ljallangan, makrodarajadagi ahamiyatga ega bo’lgan investitsiya loyihalari (ko’proq, davlat investitsiya loyihalari) misol bo’la oladi.
O’zbekistonda investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya’ni neft va ximiya sanoati, transport, energetika, er osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga va ularni keng qayta ishlashga, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilishi lozim. Mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun, eng avvalo, qulay investitsiya muhiti barpo etilishi shart hisoblanadi. Qulay investitsiya muhiti investorning u yoki bu davlat iqtisodiyotiga mablag’ sarflash uchun shart-sharoitlarning qulayligini, ya’ni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarning yaratilganligini baholashdagi barcha hisob-kitoblar majmuasini o’z ichiga oladi. Investitsiya muhitining jozibadorligi unga ta’sir etuvchi omillar darajasiga bog’liqdir.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ahamiyati benihoya katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljalangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
ikkinchidan, import o’mini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;
uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadalashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;
to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko’maklashadi va h.k.
Milliy iqtisodiyotda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashni muvafaqiyatli amalga oshirish yuqori texnik saviyadagi tayyor mahsulotlar ulushi oshirilishiga imkon beradi. Bu esa quyidagi jihatlarga bog’liq bo’ladi: xorijiy davlatlardagi korxonalar bilan O’zbekistondagi eksport qiluvchi korxonalar o’rtasida kooperatsiya aloqalarining shakllanishiga ko’maklashishi; yuqori texnologiya va ilmtalab qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi soha va soha ichi tizimi yaxshilanishiga xizmat qiladi; eksportning intellektual mulk ob’ektlari litsenziyalarini hamda nou-xau shaklida texnik- tijorat sirlarini sotish, injiniring va lizing sohalarida xizmatlar ko’rsatish kabi turlarini rivojlantirish yo’li bilan respublikamizda erishilgan ilmiy-texnik yutuqlarning jahon xo’jaligi aylanmasiga kirib borishini tezlashtirish; ilmiy ishlanmalarga, xususan, amaliy fan va texnologiyalar transferti sohasidagi ilmiy ishlanmalarga bozor yo’nalishini beruvchi shart- sharoit yaratuvchi innovatsiyalarni qoUlab-quvvatlashning samarali tizimini ishlab chiqish; innovatsiya jarayonini davlat tomonidan va tijorat usulida qo’llab- quvvatlashning eng maqbul uyg’unlashuvi asosiy yo’llarini belgilab olish hamda ilmiy-texnik ishlanmalarni tijorat ahamiyatiga molik natijalar darajasigacha etkazish; o’zbek olimlari va mutaxassislarning chet eldagi etakchi institutlar, tashkilotlar va firmalar bilan hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish;
yuqori darajali marketing tadqiqotlari o’tkazish. Tijorat va texnologiya menejmenti sohasidagi yutuqlarni o’rganish, xorijiy bozorlarning kon’yunkturasi, sig’imi hamda raqobatchilarning narx siyosati, kooperatsiya, qo’shma korxonalar tashkil etish bo’yicha hamkorlar o’idirish yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni o’rganish.

Xulosa qilib aytganda, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholash usullari samarali o’zlashtirish orqali rivojlangan bozor iqtisodiyotini barpo etish bilan bog’liq ko’pgina vazifalarni hal etishga muvaffaq bo’lamiz. Uning amalga oshirilishi birgina qo’shimcha faoliyat va ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishini ta’minlab qolmasdan, balki jamiyat hayotining haqiqiy darajasini ko’rsatib beruvchi aholi turmush farovonligining oshishiga va davlat boyligining ko’payishiga hamda uning iqtisodiy qudratini oshirishga xizmat qiladi.




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin