Mavzu: lqtisodiy tahlilda balansli bog'lanish, zanjirli bog'lanish usullari. Iqtisodiy tahlil metodi


Mavzu: Innovatsiyalar va boshqa investitsion loyihalaming moliyalashtirish manbalari tahlili



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə98/106
tarix18.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#144963
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106
Mavzu: Innovatsiyalar va boshqa investitsion loyihalaming moliyalashtirish manbalari tahlili.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarini
moliyalashtirishning o’rni va ahamiyati
Har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishi investitsiyalarni uzluksiz amalga oshirishni talab qiladi. Investitsiya kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosiy negizini tashkil etar ekan, o’z navbatida, bu takror ishlab chiqarishga investor tomonidan investitsiya resurslarining iqtisodiyot sohalariga o’zi ko’zlagan maqsadni, asosan, daromad olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida joylashtirilishini anglatadi.
Dunyo tajribasi ko’rsatishicha, keng iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish natijalari investitsiyalarni, xususan, turli sohalardagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va usullarini samarali amaliyotga tadbiq etish bilan ko’proq ta’minlanishi mumkin ekan. Amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining hajmi va miqdoriga qarab iqtisodiyotda yuz berayotgan o’zgarishlar va siljishlar haqida xulosalar chiqarish mumkin. Umuman, bugungi kunda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va usullari to’g’risida ko’plab gapirilmoqda.
Odatda, har qanday investitsion tadbirkorlik muayyan maqsadga yo’naltirilgan, mukammal darajada yaratilgan investitsiya g’oyasiga asoslanadi. Mukammal darajada shakllantirilgan va asoslangan investitsiya g’oyasi investitsiya loyihasining qaror topishiga olib keladi.
Qandaydir faoliyatlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan huquqiy- boshqaruv va moliyaviy-hisob hujjatlari tizimi yoki bunday faoliyatlar tizimini bayon etuvchi hujjatlar to’plami sifatida qaraladi.
Investitsiya loyihasi tushunchasini uning yo’naltirilgan maqsadini amalga oshirish uchun texnologik jarayonlarni, texnik va tashkiliy hujjatlashtirish jarayonini, ob’ektlarni barpo etish va ishga tushirish jarayonini, moddiy,
moliyaviy, mehnat resurslarining harakatini, shuningdek, tegishli boshqaruv qarorlari va tadbirlarni o’zida mujassamlashtiruvchi tizim sifatida talqin qilish maqsadga muvofiqdir.
To’liq shakllangan, yakuniga etgan investitsiya loyihasini tuzish va amalga oshirish umumiy holda quyidagi bosqichlarni o’z ichiga qamrab oladi:



  • investitsiya g’oyasini shakllantirish;

  • investitsion imkoniyatlarni tadqiq etish;

  • investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash;

  • shartnoma hujjatlarini tayyorlash;

  • loyiha (ishchi) hujjatlarini tayyorlash;

  • qurilish-montaj ishlari;

  • ob’ektni ishga tushirish va investitsiya loyihasi (iqtisodiy ko’rsatkichlar) monitoringini olib borish.

Investitsiya loyihasi o’z maqsadi, yo’nalishi, amal qilish sohasi, muddati va chegarasiga ega bo’lgan alohida faoliyat turi hisoblanadi. U tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy jihatdan to’liq va mukammal hisob-kitoblar yordamida asoslangan yuridik hujjat hisoblanadi.


Investitsiya loyihasining boshqa hujjat va «loyiha»lardan asosiy farqi shundaki, u haqiqiy hujjat sifatida qaror topishi uchun uning barcha tomonlari maxsus usullar yordamida keng va aniq hisob-kitoblar bilan baholanadi. Shuningdek uning amalga oshirilishi muayyan miqdordagi mablag’larni safarbar etishga asoslanadi.
Investitsiya loyihasi investitsiya g’oyasining shakllanishidan vujudga kelar ekan, uning murakkab jarayonlar asosida yaratilishida turli tadqiqotlar va tahlil etish ishlarini olib boruvchi mutaxassislarning asosiy o’rin egallashlarini alohida e’tiborga olmoq zarurdir. Investitsiya loyihasining o’ziga xos xususiyati uning amalga oshirilishi moliyalashtirishning turli shakllariga mos tushishi bilan izohlanadi. Bunda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun turli manbalardan mablagriami jalb etish mumkinligi uning qulayligini, foydaliligini, samaradorligini va afzalligini oshiradi.
Investitsiya loyihasi mazmun-mohiyatini investitsiya tushunchasiga bog’lagan holda tushunish o’rinlidir va shunga muvofiq, uni, bozor iqtisodiyoti talablarini inobatga olgan holda, kelajakda foyda (daromad) olish maqsadida kapital qo’yilmalami amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan uzoq muddatli kompleks tadbirlar majmui, deb baholash mumkin. Shu bilan birga investitsiya loyihasi resurslar va muayyan vaqt bilan cheklanadi hamda qo’yilgan maqsadga erishishni ko’zda tutadi. U cheklangan davr davomida, belgilangan byudjet hisobidan, qo’yilgan vazifalarni hal qilishga qaratilgan aniq maqsadni nazarda tutadi. Investitsiya loyihasi boshqa tadbirlar majmuasidan o’zining maqsadi, belgilangan vaqt mobaynida amalga oshirish imkoniyatlari hamda hayotiy tsiklga egaligi bilan ajralib turadi.
Umuman olganda, investitsiya loyihasi investitsion tadbirkorlik va tashabbusning mevasi, natijasi sifatida yaratilgan investitsion hujjat bo’lib, investitsiyalar bilan ta’minlangan har qanday tadbirlar majmuasi hisoblanadi. Ya’ni u cheklangan muddat va vaqt mobaynida foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadidagi bir-biri bilan bog’liq, bir-biri bilan aloqadorlikdagi murakkab tadbirlar yig’indisidir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin