Mavzu: lqtisodiy tahlilda balansli bog'lanish, zanjirli bog'lanish usullari. Iqtisodiy tahlil metodi


Mavzu: Eksport va import operatsiyalarining tahlili. operatsiyalarining tahlili



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə100/106
tarix18.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#144963
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106
Mavzu: Eksport va import operatsiyalarining tahlili. operatsiyalarining tahlili.
Eksport-import tahlili.

2019 yilning 11 oyida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 38,3 mlrd.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,4 foizga yoki 9,6 mlrd. dollarga oshgan (2018y. – 28,7 mlrd, doll.).


Jumladan: eksportning umumiy hajmi 16,3 mlrd. dollarni tashkil etib, 43,3 foizga yoki 4,9 mlrd, dollarga oshgan (2018 y. – 11,3 mlrd, doll.).


Import hajmi 22,0 mlrd. dollarni tashkil etib, 27,0 foizga yoki 4,7 mlrd, dollarga oshgan (2018 y. – 17,3 mlrd. doll.).


Natijada, tashqi savdo aylanmasi manfiy saldosi


-5,7 mlrd.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 228,4 mln.dollarga yoki 3,8 foizga kamaygan (2018y. – -6,0 mlrd.doll.).

Eksportni rag‘batlantirish, xususan mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorga olib chiqishni har tomonlama soddalashtirish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 2019 yil yakuni bilan umumiy eksport hajmi 34 %ga o‘sib, 18,7 mlrd. dollarga yetishi kutilmoqda.


Bunda asosan, jahon tovar-xomashyo bozorlarida asosiy eksport tovarlari uchun yuqori narxlar shakllanishi tovarlar eksporti hajmini 1 mlrd. dollargacha yoki 7 foiz o‘sishiga, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlantirilishi hisobiga esa 1,5 mlrd.dollarga yoki 11 foiz o‘sishiga xizmat qildi. Natijada, o‘tgan davrda tovar va xizmatlar eksport qiluvchi korxonalar soni 1138 taga ko‘payib, hamkor mamlakatlarning eksport geografiyasi 18 ta davlatga kengayib, 177 taga yetdi.




Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 392,3 mln.dollarga yoki 38 foizga, rangli metal va undan tayyorlangan buyumlar - 146,4 mln.dollarga yoki 20 foizga, to‘qimachilik mahsulotlari - 289,7 mln.dollarga yoki 24,6 foizga, xizmatlar - 344,8 mln.dollarga yoki 12,5 foizga va boshqalar - 252,3 mln.dollarga yoki qariyb 2 barobargacha o‘sdi.

Joriy yil yakuni bo‘yicha import hajmi jami 24,0 mlrd doll. (2018 yilga nisbatan 123,7 foiz) tashkil etishi kutilmoqda.


2019 yilning 11 oyida import qilingan tovarlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,5 mlrd.dollariga oshib, 19,8 mlrd.dollarni, xizmatlar importi hajmi 2,2 mlrd.dollarni tashkil etdi.





Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin