Mavzu: Eksport-import operatsiyalaridan olingan daromad va xarajatlar tahlili. Import o‘rini bosuvchi ishlab chiqarish, mahalliylashtirish masalalari. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish Harakatlar strategiyasining Iqtisodiyotni rivojlantirish
va liberallashtirish ustuvor yo‘nalishi hamda respublikamizdagi barcha ishlab chiqarish korxonalari uchun teng raqobat muhitini ta’minlash maqsadida mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarga qo‘llaniladigan bojxona hamda soliq imtiyozlari
2018 yilning aprel oyidan bekor qilindi.
Bundan tashqari, mahalliy iste’molchilarga tanlov imkoniyatini berish, halol raqobat, bozordagi adolatli narx va yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida aksariyat import mahsulotlari bo‘yicha bojxona tariflari isloh qilindi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatda mahalliy xomashyolar asosida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda yirik sanoat korxonalari bilan kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirishni ta’minlash maqsadida qo‘yidagi
chora-tadbirlar amalga oshirildi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari faoliyatida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish
va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini kengaytirishni jadallashtirish eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilandi;
2) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilandi;
3) Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalarida hokimning ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimi joriy etildi;
4) Tarmoq xo‘jalik birlashmalari va yirik ishlab chiqarish korxonalarida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarida korxona rahbarining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot-texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi;
5) 2020-2021 yillarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan manzilli dastur ishlab chiqilib, 2020 yilda 1396 ta loyiha doirasida 26,4 trln. so‘mlik (shundan hududlarda 674 ta, 4,1 trln. so‘mlik), 2021 yilda 1644 ta loyiha doirasida 37,6 trln. so‘mlik (shundan, hududlarda 787 ta loyiha, 6,1 trln. so‘mlik) mahalliylashtirilgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi va bunda o‘rtacha mahalliylashtirish darajasi 60-85 foizni tashkil etadi.
(Ma’lumot uchun, mahalliylashtirish dasturiga asosan 2018 yilda 707 ta loyiha doirasida 14,9 trln. so‘mlik va 2019 yil yakuni bilan 873 ta loyiha doirasida 18,9 trln. so‘mlik mahalliylashtirilgan sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi kutiladi) Eksportimport operatsiyalari bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlari sifatida eksportimport operatsiyalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlarning nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganiladi.
Eksportimport operatsiyalaridan olinadigan foyda summasining oshishi birinchidan, korxona iqtisodiy rivojiga ta’sir etsa, ikkinchi tamondan, mamlakat valuta rezervining shakllanishi va uning ortishiga imkon beradi. Korxonada valuta tushumlarining ortishi esa erkin iqtisodiy harakatda bo‘lish va chet el bian aloqalarning rivojlanishida muhim moliyaviy tayanch bo‘ladi.
Eksport operatsiyalari tahlilida eksport hajmidan olingan natija va uning rentabelligiga muhim e’tibor beriladi. Buni quyidagi bog‘lanishlar asosida aniqlashimiz mumkin.
Moliyaviy tahlil investitsiyalar va kreditlarga doir qarorlarni qabul qilishga; subyektning bo‘lg‘usi pul oqimlariga; ularga ishonib topshirilgan resurslarga, majburiyatlarga; rahbar organlarning ishiga baho berishda biznes samaradorligi va boshqaruvning sifat menejmentiga erishishda muhim dastak vazifasini bajaradi. Fan shakllanishining ilk ko‘rinishlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Jumladan uning ilk manbalari Konfutsiylik ta’limotiga, Qadimgi Gretsiyadagi Ksenofot, Aristotel, Qadimgi Rimdagi Varroon, Sanekalar tomonidan yozib qoldirilgan manbalarga borib taqaladi. Tahlil – boshqaruv faoliyatining sifatini oshirish va samaradorligini ta’minlashning muhim dastagi sifatida boshqaruv qarorlarini qabul qilishning barcha bosqichlarida ishtirok etadi.