Mavzu: lqtisodiy tahlilda balansli bog'lanish, zanjirli bog'lanish usullari. Iqtisodiy tahlil metodi


Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati to‘g‘risida



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə105/106
tarix18.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#144963
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati to‘g‘risida
NIZOM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini mustahkamlash va “So‘m-kupon”ning xarid quvvatini oshirish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar” to‘g‘risida 1994-yil 11-apreldagi 195-son qaroriga muvofiq korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar (bundan keyin korxonalar deb ataladi) tomonidan tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishda chet el valyutasidagi mablag‘larning harakatini nazorat qilishning quyidagi tartibi belgilanadi.
I. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, agar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, chet el valyutasidagi schyotni faqat O‘zbekistonning vakil qilingan banklarida ochishlari mumkin.
2. Korxonalarning xo‘jalik faoliyatidan olingan chet el valyutasidagi barcha mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda ularning chet el valyutasidagi schyotlariga albatta o‘tkazilishi kerak.
II. Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha kontraktlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning bajarilishini nazorat qilish
3. Korxonalar tomonidan ularning xorijiy, shu jumladan MDH mamlakatlaridagi sheriklar bilan litsenziya beriladigan tovarlar eksporti yuzasidan tuzadigan kontraktlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
4. Eksport kontraktlarining hammasi istisnosiz, shu jumladan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilganlari ham, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda vakil qilingan bankda hisobga olinishi kerak.
5. Tovarlarni eksport qiluvchi korxonalar yukning bojxona deklaratsiyasida xorijiy sheriklar bilan hisob-kitoblar, uning orqali amalga oshiriladigan vakil qilingan bankning rekvizitlarini va to‘liq nomini ko‘rsatadilar.
6. Davlat bojxona qo‘mitasi har oyda tegishli vakil qilingan banklarga eksport yuklarni chegaradan tashqariga chiqarishga asos bo‘lgan yukning bojxona deklaratsiyalari reyestrlarini eksport qiluvchi korxonaning nomini, jo‘natilgan tovarlarning nomi va miqdorini, ularning chet el valyutasidagi qiymatini va to‘lov shaklini ko‘rsatgan holda taqdim etadi.
7. Vakil qilingan banklar reyestrlar asosida eksport qiluvchilar schyotiga tushumlarning to‘liqligi, o‘z vaqtida tushganligi va to‘g‘riligini har kuni nazorat qilib boradilar.
Vakil qilingan banklar to‘lovlarning belgilangan muddatda tushmaganligi yoki reyestrlarda ko‘rsatilgandan kam summada tushganligi hollari to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasini, Davlat bojxona qo‘mitasini tegishli choralar ko‘rish uchun har oyda xabardor qilib borishadi.
8. Nomarkazlashtirilgan eksportdan valyuta tushumini majburiy sotish korxonaning tranzit valyuta hisobvarag‘iga kelib tushgan kundan boshlab 5 bank kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin