Mavzu: lqtisodiy tahlilda balansli bog'lanish, zanjirli bog'lanish usullari. Iqtisodiy tahlil metodi


Mavzu: Mehnat sig’imining tahlili



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə19/106
tarix18.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#144963
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106
Mavzu: Mehnat sig’imining tahlili
Ishlab chiqarish rejasi bajarilishining keyingi tahlilini bir ishlovchitomonidan ishlab chiqarish bo‘yicha emas, balki bir ishchi tomonidan ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshiramiz. Buni qator sabablar bilan izohlash mumkin: ishchilar – bevosita mahsulot ishlab chiqaruvchilar bo‘lib, aynan ularning mehnati intensivligi ishlab chiqarish hajmi ortishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, ishlangan vaqtlar ko‘rsatkichlari ishchilar toifasi bo‘yicha mehnat hisobotlarida keltiriladi. Ishchi tomonidan ishlab chiqarish mehnatning ishlab chiqarish quvvati va uning intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Mehnatning ishlab chiqarish quvvati darajasi texnik jihozlanganlik bilan belgilanadi. Mehnatning ishlab chiqarish quvvati ishning mehnat sig‘imi kamayishi bilan birgalikda ortib boradi. Mehnat intensivligi uning vaqt birligidagi miqdori bilan o‘lchanadi, darajasi esa ish vaqtidan foydalanishga bog‘liq. Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulotning o‘zgarishi quyidagi omillarga bog‘liq: 
K – bir yilda bir ishchining o‘rtacha ishlagan kunlari miqdori; 
D- ish kunining o‘rtacha davomiyligi
SI – ishchining o‘rtacha bir soatlik ishlab chiqarishi. 
Demak, bir ishchining o‘rtacha yillik ishlab chiqarishi yil davomida bir ishchi tomonidan ishlangan kunlarning o‘rtacha miqdoriga, ish kunining o‘rtacha davomiyligi va ishchining o‘rtacha soatlik ishlab chiqarishiga bog‘liq bo‘ladi.
Omillarni hisoblash uchun zanjirli o‘rin almashtirish usulidan foydalanish zarur. 
Hisoblash mexanizmi mohiyati quyidagilardan iborat: bir ishchining yillik ishlab chiqarishi yil davomida bir ishchi tomonidan ishlangan kunlar miqdorining ish kunining o‘rtacha davomiyligi va ishchining o‘rtacha soatlik ishlab chiqarishi ko‘paytmasiga teng. Agar ko‘paytmadagi ko‘paytuvchilarni ishora qilingan ketma-ketlikda asta-sekin o‘rin almashtirsak, har bir omilning ta’sirini aniqlash mumkin. Omillar qiymatini o‘rin almashtirishga kirishishdan avval bir ishchining yillik ishlagan kunlarining o‘rtacha soni va ish kunining o‘rtacha davomiyligini hisoblab chiqish lozim.Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, bir ishchining o‘rtacha yillik ishlab chiqarishi o‘tgan yilga nisbatan 73,63 ming so‘mga, rejaga nisbatan esa – na 46,65 ming so‘mga oshgan. Bunda ish vaqtidan foydalanish yomonlashgan: har bir ishchi o‘tgan yilga qaraganda 6 kun, rejaga nisbatanesa – 2 kun kam ishlagan. Ish vaqtidan yo‘qotishlar ish vaqtidan tashqari ishlash hisobiga qisman qoplangan. 
Ish vaqtining davomiyligi ish vaqtidan tashqari ishlash hisobiga o‘tgan yil bilan taqqoslanganda 0,21 soatga, rejaga nisbatan esa–0,1 soatga uzaygan. O‘rtacha soatlik ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 35,62 so‘m, rejaga nisbatan esa – 22,19 so‘mga oshgan. Shunga muvofiq, rejadan tashqari o‘rtacha soatlik ishlab chiqarish va ish kuni davomiyligi uzayishi hisobiga ishchilarning o‘rtacha yillik ishlab chiqarishi o‘sishi bo‘yicha rejaning bajarilishiga erishilgan.
Zanjirli o‘rin almashtirish usulida ishlab chiqarish o‘sishiga uchala omildan har birining ta’sir miqdorini aniqlash mumkinMehnat unumdorligi o‘sishi zaxiralari
 
Bunda mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat sarfi o‘zgarishi nisbatlarining quyidagi variantlarini qo‘llash mumkin, ular ayni vaqtda mavjud iqtisodiy shart-sharoitlarda mehnat unumdorligi o‘sishini ta’minlash bo‘yicha boshqaruv strategiyasini tanlashda hisobga olinishi lozim: 
a) mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarfi kamaygan holda mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortishi sodir bo‘lmoqda; 
b) mahsulot ishlab chiqarish hajmi mehnat sarfiga nisbatan tezroq o‘smoqda; 
c) mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmas mehnat sarfi sharoitida o‘smoqda; 
d) mehnat sarfi kamaygan holda mahsulot hajmi o‘zgarmasligicha qolmoqda; 
Mehnat unumdorligi o‘sishi zaxiralarining asosiy manbalari
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatlaridan foydalanish Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish, mehnatintensivligini oshirish va boshqalar hisobiga mahsulot ishlab chiqarish uchun mehnat sarfini qisqartirish 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin