Mavzu: Lug’at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari Reja



Yüklə 72,5 Kb.
səhifə6/6
tarix27.07.2023
ölçüsü72,5 Kb.
#137656
1   2   3   4   5   6
Lug’at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari

7-§. Antonimlar (yunoncha anti-zid, onoma-nom so‘zidan olingan bo‘lib) o‘zaro zid tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir. So‘zlarning zid ma’noligi boshqa shu kabi hodisadan farqli ravishda leksik (lug‘aviy) antonimlar deyiladi Masalan: oq - qora, kun - tun. Antonimlar ham odatda bir so‘z turkumi doirasida yuzaga keladi va zid ma’nolilik, odatda, faqat ikkita so‘z doirasida sodir bo‘ladi: uzun - qisqa (sifat), kelmoq - ketmoq (fe’l) kabi. Antonimlar bir xil va har xil o‘zakli so‘zlardan ham tarkib topishi mumkin. O‘zakdosh so‘zlarning antonimligi, asosan, zid ma’noli so‘z yasovchi qo‘shimchalar vositasida yuzaga keladi: suvli - suvsiz, xabardor - bexabar kabi. Har xil o‘zakli so‘zlardan tarkib topgan antonimlar esa tub shaklda bo‘ladi: katta - kichik, rost - yolg‘on.
Ko‘p ma’noli so‘zlar o‘z va ko‘chma ma’nolari bilan bir necha antonim juftliklar tarkibida ishtirok etishi mumkin: og‘ir yuk - yengil yuk, og‘ir masala - oson masala kabi.
Bir so‘z o‘zaro sinonim so‘zlar bilan yoki o‘zaro sinonim so‘zlar boshqa sinonimlar bilan ham antonimik munosabat hosil qilishi mumkin. Masalan, xafa so‘zi xursand, shod xushnud kabi so‘zlar bilan
o‘zaro antonim munosabatga kirisha oladi.
Antonimlar nutqda belgi-xususiyat, miqdor, o‘rin, payt ifodolovchi so‘zlarda ko‘p bo‘lib, aniq tushuncha ifodalaydigan lug‘aviy birliklarda kam uchraydi. Bu hol antonimlarning asosan belgi, xususiyat negizida (sifat va ravishlarda) paydo bo‘lishidan darak beradi. Antonimlarga so‘z turkumlari nuqtai nazaridan qaralganda ularning quyidagi turkumlarda uchrashini kuzatish mumkin: 1) ot antonimlar: ota-ona, yigit-qiz, kelin-kuyov; 2) sifat antonimlar: shirin-achchiq, katta-kichik, baland-past; 3) fe’l antonimlar: kulmoq-yig‘lamoq, turmoq-o‘tirmoq; 4) ravish antonimlar: uzoq-yaqin, oz-ko‘p, sekin-tez; 5) ba’zan nutqda baho me’zoni bo‘lgan besh va ikki sonlari ham zidlikka ega bo‘ladi.
Antonimlar nutqda juft holda qo‘llanilib, ma’no ko‘chgan holda yangi tushuncha ifodalash vositasi bo‘ladi. Masalan: bordi - keldi, keldi - ketdi, yaxshi - yomon, oq - qora kabi antonimik juftliklar aslida fe’l va sifatlar bo‘lib, nutq jarayonida otga ko‘chishi mumkin: bordi-keldi uzildi, keldi-ketdi ko‘p bo‘ldi, oq-qorani tanigan kabi.
Antonimlar asosida anglashilgan ma’no zidligi kuchli va kuchsizligi bilan ham farqlanadi. Masalan, oq-qora, issiq-sovuq kabi belgi anglatuvchi so‘zlarga nisbatan ota-ona, chol-kampir singari nom bildiruvchi so‘zlarda ma’no zidligi kuchsizroqdir. Shunga ko‘ra ularni sof va yarim antonimlar sifatida ajratish mumkin. Bulardan tashqari, muayyan matndagina o‘zaro zidlik kasb etuvchi o‘t (olov)-suv, it-mushuk, mushuk-sichqon kabi matniy antonimlar ham mavjud.
Zidlik munosabati faqat so‘zlar doirasida mavjud bo‘lmay, so‘z bilan iboralar o‘rtasida ham uchraydi: qo‘rqoq-yuragida yoli bor, botir-chumchuq pirr etsa, yuragi shirr etadigan kabilar shular jumlasidandir. Budnay antonimlar leksik-fraziologik antonimlar deyiladi.
Antonimlar tildagi kuchli uslubiy vositalardan biri bo‘lib, badiiy ijodda tazod san’atini vujudga keltiradi.

ADABIYOTLAR



  1. М.Мирзаев, С.Усмонов, И.Расулов Узбек тили. Т., «Укитувчи» 1978.

  2. Ш. Шоабдурахмонов, М.Аскарова, А.Хожиев, И.Расулов, , Х.Дониёров Хозирги њзбек адабий тили. Т., «Укитувчи» 1980.

  3. М.Ирскулов Тилшуносликка кириш. Т., «Укитувчи» 1992.

  4. А.Баскаков, А. Содиков, А.Абдуазизов Умумий тилшунослик. Т., «Укитувчи» 1981.

  5. Х.Неъматов, О.Бозоров Тил ва нутк. Т., «Укитувчи» 1993.

  6. У.Турсунов, Ж.Мухторов, Ш.Рахматуллаев Хозирги њзбек адабий тили.. 1-кисм. Т., «Укитувчи» 1979.
  7. N. Turniyozov A.Rahimov O‘zbek tili (ma’ruzalar matni)


  8. www.ziyonet.uz

Yüklə 72,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin