Mavzu: Lug’at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari Reja



Yüklə 72,5 Kb.
səhifə2/6
tarix27.07.2023
ölçüsü72,5 Kb.
#137656
1   2   3   4   5   6
Lug’at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari

Omoformalar ma’nolari har xil bo‘lib, ba’zi grammatik shakllariga ko‘ra bir xillikka ega bo‘ladigan shakldosh so‘zdir. Omoformalar ayni bir so‘z turkumiga ham, boshqa-boshqa so‘z turkumlariga ham mansub bo‘lishi mumkin. Masalan, oqar (oq tusga kir) - buyruq fe’li, II shaxs birlik; oqar ("oqadigan") fe’lning kelasi zamon sifatdosh shakli; yoz - ot, bosh kelishik shaklida, yoz - II shaxs birlikdagi buyruq fe’li va boshqalar.

Bu so‘zlarga boshqa grammatik qo‘shimchalar qo‘shilganda bir-birlaridan tamomila ajralib, omonimlik yo‘qoladi. Masalan: oqaray, oqarsin - oqaradi, oqarsan; yozning, yozni, yozga, yozda, yozdan - yozay, yozgin, yozsin kabi holatlarda omonimlik mavjud emas.
3. Omofonlar fonetik tarkibi ma’lum tovush bilan farqlanadigan, lekin talaffuzda shakldosh bo‘lib qoladigan so‘zlardir. Omofonlardagi o‘zaro farq ular tarkibidagi bitta fonemada bo‘ladi va ular, asosan, jarangli va jarangsiz juftliklar va hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra yaqin bo‘lgan tovushlarning talaffuzda bir xillik kasb etishida ko‘zga tashlanadi. Masalan, sud - sut, tanbur - tambur, tub-tup , yetdi - yetti kabi so‘zlar talaffuzi omofonlarni yuzaga keltiradi.
4. Omograflar yozilishi bir xil bo‘lgan shakldosh so‘zlardir. Omograflar ma’nosi va fonetik tarkibi, talaffuzi jihatidan boshqa - boshqa, faqat yozilish shakli jihatdan bir xil bo‘lgan so‘zlardir. Masalan, tol - daraxt, qurilish jihozi, tok - elektr quvvati, uzum novdasi, to‘r-xonaning yuqori qismi, parda kabi ma’nolarga ega bo‘lgan so‘zlardagi o, o‘ tovushlari talaffuzda qattiq va yumshoqligi bilan farqlanadi, biroq yozilishiga ko‘ra shakldoshlikka ega bo‘ladi. Xullas, talaffuzi va yozilishi bir xil bo‘lgan bunday shakldosh so‘zlarni o‘zak va grammatik qo‘shimchalarining bir xilligi, bir turkumga mansubligi e’tibori bilan omograflar qatoriga qo‘shish mumkin. Tildagi bu kabi shakldoshliklar
so‘z o‘yini sifatida tuyuq, askiya san’atlarida asosiy o‘rin tutadi.

Yüklə 72,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin