1.2. Lutfiy lirikasining mavzu va g‘oyalar olami Lutfiy g‘azalnavis sifatida Sharq adabiyotida barqarorlashgan adabiy-estetik
an’analar bilan xalq og‘zaki ijodiyoti tajriba tamoyili va usullarini nihoyatda
mohirlik bilan muvofiqlashtirgan. Shu boisdan ham uning g‘azallarida milliy histuyg‘ular nurlanib, insoniy dard, armon, qayg‘u va shodlik tasviri takrorsiz bir
ta’sirchanlik kasb etgan. Lutfiy nainki g‘azallarida, ruboiy, tuyuq, qit’a, fardga
o‘xshash boshqa janrlardagi she’rlarida ham nafosat hissi shakllangan, did va
saviyasi baland kishilarning – zukko va hayotsevar xalq vakillarining fikru
tuyg‘ularini tarannum etgan. Shoirning;
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,1
Qondur jigarim, xoh inon xoh inonma, -
kabi misralarini o‘qiganda, ularning bundan bir necha asr muqaddam yozilganiga
ba’zan ishonish ham qiyin bo‘ladi. Chunki ular shu darajada sodda, og‘zaki nutqqa
yaqin va kitobiy bezakdorlikdan yiroq va samimiydir. Lutfiy devonidagi bosh
mavzu ishq va asosiy maqsad oshiqning hasbu holini tasvirlashdan iborat bo‘lsada,
shoir deyarli har bir she’rida mavzuga yangicha yondashib, betakror ohanglar
yaratadi, mohiyatiga mos poetik obrazlar topadi, bir-biriga o‘xshamaydigan badiiy
san’atlarni qo‘llaydi. Lutfiy devonida tashbeh, talmeh, tazod, iyhom, xususan,
irsoli masal san’ati namoyon bo‘lgan. Lutfiy ruboiy, tuyuq, qit’alarini ham san’at
namunasi maqomiga ko‘tara olgan. Yaqin-yaqingacha “Gul va Navro‘z ” dostoni
Lutfiy asari deb kelingan edi. Keyingi tadqiqotlar natijasida bu doston muallifi
Haydar Xorazmiy ekanligi aniqlandi. Lutfiy – turkiy she’riyatda maktab yaratgan
san’atkor. Bu ijod maktabidan Alisher Navoiy va Mirzo Bobur saboq olishgan.
Roqim, Amiriy, Sultonxon to‘ra Ado, Tabibiy singari shoirlarning devonlaridan
Lutfiy g‘azallari ilhomida bitilgan muxammaslar joy olgan.Lutfiy she’riyatining ta’siri faqat O‘rta Osiyo bilan chegaralanib qolmasdan, Yaqin va O‘rta Sharq
mamlakatlariga ham yetib borgan. Atoqli turk olimi M. F. Ko‘prulizodaning e’tirof
etishicha, Lutfiyning she’rlari yolg‘iz chig‘atoy shoirlari orasida emas, balki
“Xarobot ” muallifi Ziyo Poshoga qadar bo‘lgan usmonli turk shoirlari orasida ham zavq bilan o‘qilgan.
Muhabbat – Lutfiy g‘azaliyotining asosiy mavzuidir. Shoir mana shu
umrboqiy mavzu atrofida hayot go‘zalligidan zavqlanish, tabiatning fusunkor
manzaralaridan bahramand bo‘lish, odamiylik, yuksak insoniy fazilatlar: mehr-muhabbat, vafo va sadoqat kabilar haqida keng mushohada yuritadi, Olam va odam xususidagi teran mulohazalarini badiiylashtiradi. Lutfiy mumtoz adabiyot
an’analari, xalq og‘zaki ijodining bebaho durdonalaridan bahramand bo‘lib
g‘azaldagi markaziy obraz-ma’shuqani ohori to‘kilmagan baytlarda tavsif etadi.
She’r qahramonining turli holat va kayfiyati, ruhiy kechinmalarini hayotiy misollar
asosida yorqin tasvirlaydi. Shuningdek, g‘azallarida davrning ijtimoiy-siyosiy
masalalari haqida ham fikr yuritadi. Shoir g‘azallarining o‘ziga xos xususiyati
ko‘proq ma’shuqa obrazi tavsifida namoyon bo‘ladi. Bunda ijodkor yorning husn
mulkida yakto ekanligini Parvardigorning yaratuvchanlik xususiyatiga bog‘liq
holda tasvirlaydi:
Haq ul kunkim jamoling bor etibtur,
Jahon husnun borin sizga beribtur.
Pari-yu odami mundoq xo‘b ermas,
Farishta go‘iyo ko‘ktin enibtur.
Quyosh oytek yuzungning xijlatidin,
Qochib, to‘rtunchi ko‘k uzra chiqibtur(58).
Shoir tengsiz husn-u malohat sohibi bo‘lgan ma’shuqani tavsiflashda ilohiy
timsollarga juda ko‘p murojaat etadi. Shu timsollar bilan bog‘liq islomiy
qarashlardan mahorat bilan foydalanadi. Jumladan, Yusuf alayhissalom go‘zallik
timsoli bo‘lsa, ma’shuqa chiroyi shoir nazarida undan-da go‘zaldir:
Zotinda haq izhori kamolot qilibtur,
O‘z nuri bilan suratingizni yaratubtur.
O‘n juzv turur erdi bori husn-u malohat,
Qismat kuni haq to‘qquz ulush sizga beribtur.
Bir juzviki Yusufga tegib erdi, chu bordi,
Oning uchun ul ham sanga meros qolibtur(53).
Lutfiy ma’shuqa ko‘rkining vasfi zaminida Tangrining buyukligini
ulug‘laydi. Olam uning tajalliysi ekan, borliqdagi barcha go‘zalliklar uning irodasi
va sifatlari bilan bog‘liq holda mavjudligini tasavvur etadi. Ijodkorning “Nortek
yangoqing shavqidin jonlar bari afgor erur ” misrasi bilan boshlanadigan g‘azali
shunday mohiyat kasb etadi:
Chu zulfungizdin bog‘ladim zunnor tarsolar bikin,
Imonim ortar dam-badam, bu ne ajab zunnor erur?
Ko‘rsang eshikingda meni behud tushub, ayb etmakim,
Aqlimni g‘orat qilg‘uchi ul g‘amzai ayyor erur.
Iso falakka oshti chun bo‘ldi labing jon berguchi,
Sharmandalikdin ketmasa ko‘kta anga ne bor uchun.
Keldim eshikka, orzum yuzung durur, ko‘rguz chiqib,
Kelginki, Lutfiy hojati uchmoq emas, diydor erur (57). 23
Shoir zunnor timsolidan mahorat bilan foydalanib, uni yor zulfiga tashbeh
etarkan, tarsolar singari bu zunnor – zulfni bog‘laganida haqqa bo‘lgan iymon e’tiqodi tobora ortib borishi sababidan ajablanadi. Ma’shuqa labining jon baxsh etishi oldida shunday a’mol sohibi bo‘lgan Iso Masihning uyalishi talmeh
san’atining ajoyib namunasi bo‘lib, Lutfiy g‘azalda ilgari surgan ilohsevarlik
g‘oyasining badiiy ifodasiga g‘oyatda mos kelgan. Maqtadagi xulosa ham shu
fikrning tadrijiy takomilidir. She’r qahramoni vahdat orzusi bilan yashagani bois u
jannatdan voz kechishga ham tayyor. Malikul-kalom g‘azallarida tabiat tasviri
vositasida she’r qahramoni ichki kechinmalarini badiiy tasvirlash ham yetakchilik
qiladi:
Yoz fasli barcha shod-u ko‘nglumiz g‘amnok erur,
Gul bikin jon ko‘nglaki hijron elindin chok erur (51).
Lutfiy g‘azal yaratishda uslub ravonligi, muxtasarlikka e’tiborni qaratadi.
Shu bois shoirning aksariyat g‘azallari 5-7 baytdan tarkib topgan. Shoirning
qofiya, radif tanlash, so‘zlarning aruz vazni talablariga ko‘ra o‘z o‘rnida
ishlatishdagi mahorati uning g‘azallarida yorqin ko‘zga tashlanadi. Ijodkor
qofiyalarning rang-barang, yoqimli bo‘lishi va radifga mazmun jihatidan
mustahkam bog‘lanishi, ayni choqda radif she’rdagi asosiy g‘oyani bevosita
ifodalashga xizmat qilishiga e’tibor qaratadi. Lutfiy ijodida bir necha so‘zlardan
iborat bo‘lgan radifli g‘azallar ko‘p uchraydi. Biroq bular takror sifatida g‘alizlikni keltirib chiqarmay, g‘azalga musiqiylik, alohida ravonlik va ohang baxsh etadi:
Meni shaydo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul,
Xоg-u rasvo qiladurg‘on bu ko‘nguldur , bu ko‘ngul (146).
Yuqoridagi satrlar bilan boshlanuvchi g‘azalda qo‘llangan “qiladurg‘on bu
ko‘nguldur, bu ko‘ngul ” radifi 5 so‘zdan tarkib topgan bo‘lib, shundan ikki so‘z
takrorlanib kelishi bilan she’r uslubining ravonlashuviga sababchi bo‘lgan. 24
Shuningdek, radif oshiq – she’r qahramoni ko‘nglining ishq asiriga aylanganiga
urg‘u berishga xizmat qilgan. Lutfiy g‘azallarida xalqning uzoq davr mobaynida
hayotiy tajribalari asosida vujudga kelgan maqollar, obrazli iboralar, urf-udumlar
va xalqona ertaklardagi badiiy lavhalarga ishoralar, hikmatli so‘zlar tez-tez uchrab
turadi. Shoir xalq maqollari, hikmatli so‘zlarini g‘azalning janriy xususiyati,
mazmun hamda tasvir taqozosiga ko‘ra yo aynan yoki qisman o‘zgartirgan holda
qo‘llaydi. Ijodkorning “Bir gul qanikim, ollida yuz xor topilmas ”, “Sevingandan
gul o‘z o‘nriga sig‘mas ”, “Suvsizin ne yuz boliq o‘lsa bahrga ne bok emr ”, “Yo
meni tuproq yo rizqi parishon tortadur ” singari qator misralarida shunday holatni
kuzatish mumkin. Lutfiy irsoli masal va talmeh kabi badiiy san’atlardan
foydalanib, xalq og‘zaki ijodiga ham murojaat etadi:
El yuziga boqsalar o‘larmen,
Xurshedni netay yoshursa bolmas (108).
Lutfiy o‘zbek adabiy tili ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan ijodkordir, shoir
so‘zning o‘ziga xos nozik qirralarini teran anglab, badiiy jihatdan barkamol
g‘azallar yaratdi. Shuningdek, ijodkorning tildagi jinsdosh va ko‘p ma’noli
so‘zlardan mahorat bilan foydalanib yozgan tuyuqlari alohida ahamiyatga ega:
Ko‘ngluma bar yonki boqsam, dog‘i bor,
Nar necha dardimni desam, dog‘i bor.
Qilcha tanga bori ishqing yor edi,
Biz sari bo‘ldi firoqing dog‘i bor (349).
Shoir “dog‘i ” so‘zidan dastlab “uaga ”, ikkinchi misrada “tag‘in ” va
to‘rtinchi misrada esa “tog‘ ” ma’nolarini ifodalash uchun foydalangan.
Lutfiy she’riyati, ayniqsa, g‘azallari keyingi asrlarda yashab ijod etgan
shoirlar uchun ilhom manbai bo‘lib qoldi. Alisher Navoiy ijodkor g‘azallaridan
adabiy ta’sirlanib, ularga muxammas va musaddaslar bog‘ladi. Ulug‘ ozarbayjon
shoiri Fuzuliy (XVI asr) va o‘zbek shoirlaridan Munis, Ogahiy, Nodira, Uvaysiy,
Furqat kabi ijodkorlar Lutfiy adabiy merosidan bahramand bo‘lishdi.